Tayanch sinflarda nazariy atamalarning o'rgatilishi

Tayanch sinflarda nazariy atamalarning o'rgatilishi

O'quvchilarga / Adabiyot
Tayanch sinflarda nazariy atamalarning o'rgatilishi - rasmi

Material tavsifi

Tayanch sinflarda nazariy atamalarning o'rgatilishi Reja: 1Adabiy ta'limda adabiy-nazariy tushunchalarning o'rni va ahamiyati. 2.Adabiy -nazariy tushunchalarni o'rganishda adabiy tanqidchilik materiallardan foydalanish. 3.Adabiy-nazariy tushunchalar asosida o'quvchining ijodkorlik faoliyaitini shakllantirish. Umumta'lim maktablari uchun chiqarilgan darsliklarda fanni nazariy jihatdan tuzulishi uchun va amaliy foydasi xususida imkon qadar nazariy atamalar haqida izohlar berib o'tadi. O'qituvchi adabiyot faniga daxldor nazariy tushunchalardan imkon qadar xabardor bo'lishi lozim.Shuningdek, bunday atamalarni o'quvchilarga oddiy informatsion tariqasida o'rgatmaslik mumkin emas.Balki nazariy tushuncha orqali adabiy hodisalarga mantiqiy jihatdan odilona va keng ko'lamda munosabat bildirishga harakat qiladi. Har bir tilning lug'at tarkibida boshqa tildan ma'lum miqdorda so'z va iboralar o'zlashgan bo'ladi.Bu narsa ayniqsa turli fanlarga oid atamalarga xos hodisadir.Fanlarni o'zlashtirishda o'quvchilar ko'pincha atamalarga duch keladilar.Shuning uchun ularga atamalarni tushunib olish va nutqda qo'llashga o'rgatish muhim metodik masalardan biridir. O'quvchi ta'lim jarayonida olgan bilimlarini hayotga tadbiq etishga harakat qilishi tabiiydir.Shu sababdan darslkda mavjud bo'lgan adabiy turga mansub bo'lgan janrlarga xos xususiyatlardan kelib chiqib munosabat bildirish va qaysi mavzuda, voqelikning ko'lamiyozuvchining individual xususiyatlarini alohida ta'lidlab o'tish bevosita ilmiy atamalar asosida tahlil qilinsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu boisdan tahlil jarayonida o'quvchining mustaqil tadrijiy tafakkurini shakllantirish va masalarni har tomonlama taftish qilish ko'nikmasini hosil qilish lozim bo'ladi. O'quvchilarga adabiyotshunoslikka oid nazariy tushuncharni o'rgatish bilan bir qatorda ijodkor nima sababdan roman yoki hikoya janrida hayotiy muammolar va mavzularni tasvirlashga harakat qilgan kabi janr imkniyatlarini rivojlanishi va takomillashishi taraqqiyot jarayonlarini ham tushuntirib borsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, lirik turga mansub bo'lgan janrlarning o'ziga xos xususiyatlari va afzallik tomonlarini ham ta'kidlash kerak.Misol tariqasida Navoiy,Bobur, Ogahiy kabi mumtoz shoirlarimiz ijodida g'azal yoki ruboiy janrida qalam tebratganligi va mazkur janrlarda ijodkorlarning pozitsiyasi qay yo'sinda tasvirlanganligi va janr talablariga javob bera oladimi kabi mulohazalarini nazariy atamalar asosida bayon etsa ko'zda tutilgan vazifani ado qilgan bo'ladi. Ta'limning ayrim bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni berishning mazmuni,hajmi va izchilligi masalalari alohida tadqiq etilishi kerak.Ta'lim bosqichlarida adabiy materiallar qanday berilishi kerak,ularga oid bo'lgan nazariy tushunchalarning mazmuni va hajmi qanday bo'lishi kerak, degan savollar amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bu jarayonda bevosita adabiy-nazariy tushunchalarni o'rganish bilan birga,ularni o'rganish va o'zlashtirishga yordam beradigan adabiy -tanqidiy qarashlardan foydalanish ham bor.Matbuotda ,gazeta va jurnalarllarda,adabiy-tanqidiy yo'nalishdagi kitoblarda bunday qarashlarga keng o'rin beriladi.Ularda tegishli badiiy asarlarning ilmiy baholari va sharhlari keltirilgan bo'ladi.Bunday ishlar o'quvchilarning umumiy dunyoqarashiga,badiiy asarni to'g'ri anglashlari va o'zlashtirilishiga,undagi o'ziga xoslikni tezroq va teranroq tushinib olishlarig imkon yaratadi.Buning natijasida esa ularning ma'naviy olamlari yanada boyiydi,badiiy-estetik rivojlanishlarida qo'shimcha omil paydo bo'ladi,eng muhimi ularning adabiy savodxonligi ko'tariladi. Adabiyot darslarini tashkil etishda adabiy-tanqidiy maqolalardan klassik adabiyotni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.14 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.14 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga