Temuriylar davri (Ulug'bek davri) turkiy adabiyotga doir ba'zi mulohazalar

Temuriylar davri (Ulug'bek davri) turkiy adabiyotga doir ba'zi mulohazalar

O'quvchilarga / Adabiyot
Temuriylar davri (Ulug'bek davri) turkiy adabiyotga doir ba'zi mulohazalar - rasmi

Material tavsifi

Temuriylar davri (Ulug'bek davri) turkiy adabiyotga doir bazi mulohazalar Temuriylar davri adabiyoti, adabiyotshunosligi, forsiy va turkiy ijodkorlar haqida ma'lumot beruvchi manbalar anchagina uchraydi. Ammo 90-yillarda ilm ahliga taqdim etilgan Shayx Ahmad Ibn Xudoydod Taroziyning Funun ul-balog'a (yetuklik ilmlari) asari, muallifning qayd etishicha, bazi yaronlar Latofiyi Taroziy ham derlar bu jihatdan yana ham qimmatliroqdir. Adabiyotshunos A.Hayitmetovning fikrlariga ko'ra, 1436-1437 yillarda o'zbek tilida yozilgan (Bu haqda qarang: A.Hayitmetov. Temuriylar davri o'zbek adabiyoti. T.,1996.19-26- betlar) va Mirzo Ulug'bekka bag'ishlangan ushbu asarda sher turlari, qofiya va radif, badiiy san'atlar, aruz vaznlari, muammo kabi masalalarga alohida - alohida to'xtab o'tilgan. Ko'rinadiki, ushbu asarda Navoiygacha bo'lgan davr adabiyot nazariyasiga oid ko'pgina masalalarga etibor qaratilgan. Ammo biz diqqatni asardagi bir jihatga - turkiy tilda ijod qilgan shoirlar, ularning ijodidan keltirilgan misollarga qaratdik. Funun ul balog'a da XV asr birinchi yarmiga mansub forsiy va turkiy shoirlar bilan bir qatorda oldingi asrlarga mansub shoirlar nomlari, asarlaridan namunalar ham uchraydi. Malumki, asar asosan adabiyot nazariyasiga oid. Muallif o'z fikrlarini asoslash uchun Firdavsiy, Sadiy, Attor, Rumiy, Hofiz Sheroziy, Unsuriy, Rashid Vatvot, Sharofiddin Yazdiy, Ismat Buxoriy, Xoqoniy kabi mashhur fors-tojik shoirlari asarlaridan ko'plab misralar keltiradi. Shuningdek, g'azal, qasida, qita, ruboiy, fard kabi o'n xil sher janrlari, qofiya va radif, badiiy vositalar, tarse, tajnis, tashbeh, iyhom, irsol-ul-masal, ishtiqoq, mukarrar kabi sheriy san'atlar, vazn kabilar xususida mulohaza yuritar ekan, bizga tanish, o'zbek kitobxonlari orasida ancha mashhur Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Kamol Xo'jandiy (ham fors-tojik, ham turkiy tilda yozgan), Sayyid Nasimiy kabilar bilan birgalikda, Qutbiddin Saroyi, Bu Siyoqa, Mavlono Shams Qisoriy, Jaloliy, Muhammad Temur Bug'o, Bu Nasaq, Aqcha Kindiy, Hotifiy, Hoji, Mirzo Boysung'ur kabi shoirlarning o'zbek tilida yozgan sherlaridan baytlar oladi. Bu narsa, birinchidan, XV asr birinchi yarmida biz bilgandan ko'ra ko'proq shoirlar o'zbek tilida ijod qilgani, ikkinchidan, ular haqida oz bo'lsa-da ma'lumotga ega bo'lish, uchinchidan, ushbu davrda turkiy tilning mavqei osha borgani, bu tilda ko'plab shoirlar yoza boshlagani, temuriy hukmdorlarning bu masalaga jiddiy etibor bilan qaraganliklari oydinlashadi. Ayni paytda yuqorida nomlari zikr etilgan shoirlar o'z davrida ancha mashhur bo'lgan bo'lsa kerakki, nazariy fikrlarni dalillash uchun ularning ijodiga murojaat qilingan. Bu shoirlarimizning tarjimai holi, ijodi haqida etarli ma'lumotga ega bo'lish, asarlarini topish va tadqiq etish kelajakdagi muhim vazifalardan. Fununul balog'a da o'zbek tilidagi baytlar ham ko'p keltirilgan. Ko'pgina misralarning muallifi Xo'jandiy aytur, Mavlono Lutfiy aytur, Atoyi aytur, Sakkokiy aytur tarzida berilsa, ayrimlari Taroziy aytur (Ahmad Taroziyning o'z sherlari, ayrim baytlari haqida), Misoli digar ham bu zaif aytur shaklida, boshqa bir misralar esa, Misoli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.32 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.32 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga