Toponimik afsonalar funksiyasi, ayrim xossalari Reja: Toponimik afsona Toponimik afsonalarda tarixiylik Toponim afsonalarning o'ziga xos belgilari Toponimik afsona - ilk bor yuzaga kelgan shahar, qishloq, qo'rg'onlar, tog', daryolarning paydo bo'lish, nomlanish sabablarini tavsiflovchi nasriy hikoya. Uning voqealari tabiat, jamiyatni bilish, muayyan tarixi, geografik joyning yuzaga kelish, vayron bo'lish, qala, soy, dengiz nomlarining paydo bo'lish tarixini inkishof etadi. Syujet motivlari xayoliy, to'qima voqealar asosiga qurilgan. Inchunin, uydirma hal qiluvchi rol o'ynaydi. Tarixiy shaxs, to'qima qahramonlarning faol harakatini hikoya qilgan voqealar tarixiy haqiqatni aniqlash, uni oydinlashtirishga imkon beradi. Hikoya voqealarining geografik joy bilan bog'lanishi, asos qilib olingan tarixiy haqiqatni aniqlashga qaratilganligi uning o'ziga xos xususiy belgilaridandir. Har bir sabab, natija xayoliy va hayotiy faktlar misolida tasdiqlangan. Takidlash kerakki, tarixiy haqiqatni yoritgan dalillar har doim ham to'g'ri chiqa bermaydi. Shuning uchun ham genetik asosni aniqlashning bu xil usuli dastlab «xalq toponimikasi» deb yuritilgan. Afsonalarning toponimik xarakteri, uning asosiy va hal qiluvchi belgisi, yetakchi komponentidir. Bu xil afsonalar hikoya qilishning «o'tmishga bir nazar» qabilida ish yuritishi bilan ajralib turadi. Hodisalar aniq makonda yuz beradi, voqea vaqti qadim o'tgan zamonga yo'naltirilgan bo'lib, konkret joyda yakun topadi. «Ayozqala» afsonasida voqelar tizimi xayoliy, biroq, aniq, geografik makon haqida hikoya qiladi. Uning rivoji muayyan hodisa, geografik joy, qalaning paydo bo'lish, nomlanish sababini izohlashga, masalaning natijasini oydinlashtirishga qaratilgan. Shuning uchun ham toponimik afsonalar folklor asarlarining etiborli turlaridan biri bo'lib, tarixiy haqiqatni aniqlash, yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. Demak, mazkur tipdagi afsonalar xalq madaniyati tarixiga munosabatning nasriy ifodasi yanglig' tashkil topgan. Syujet hajman yig'iq, ixcham, yoyiq, murakkab, qadimda o'tgan voqealarni aniq, lo'nda ifodalashga moslashtirilgan. Uning chizig'ida an'anaviy motiv, dialoglar kam qo'llanadi, hikoyaning bayon usuli epizodlar tizimining aniqligini oshirib, mantiqan bog'lanishini ta'minlagan. Syujetning initsial qismi ertak ta'sirida boshlama shaklini olgan tayyor formulalar qo'llanadi. Ular shaqliy tuzilishi, manosiga ko'ra uch xil tipda namoyon bo'ladi. Birinchi xil formula vaqt ko'rsatqichi manosini anglatadi. «Qadim zamonda», «Bir zamonlar», «O'tgan zamonda», «Ilgari zamonda», «Dastlab», «Bir vaqtlar» va hoka'zolar. Bunday shakllar voqea va hodisalarni noaniq zamonda yuz berganligini takidlash vazifasini bajaradi. Ikkinchi xil formulalar boshlama manosini anglatadi. «Aytishlaricha», «Hikoya qilishlaricha», «Talqin qilishlaricha», «Keksalarning so'ziga qaraganda», «Rivoyatlarga ko'ra», «Afsonalarga qaraganda» va boshqalar. Bu xil epik boshlamalar hikoyaning to'qima emas, hayotiy ekaniga ishora manosini qayd etadi. Uchinchi xili boshlama o'rnida darak manosini anglatuvchi gaplar qo'llanadi. «Bu erlarga Sulaymon payg'ambar kelgan», «Bir kuni mana shu shaharda ajdaho paydo bo'ldi» va boshqalar. Bunday to'qima gaplar boshlovchining voqealarni o'zi turgan joy bilan bog'lash, yuz bergan voqeani reallashtirishga urinish maqsadini anglatadi. Tayyor formulalar ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.4 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.4 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc