Turkiy sheriyatning asosiy bahrlari hazaj (mafo'iylun), ramal (foilotun) va rajaz (mustafilun)

Turkiy sheriyatning asosiy bahrlari hazaj (mafo'iylun), ramal (foilotun) va rajaz (mustafilun)

O'quvchilarga / Adabiyot
Turkiy sheriyatning asosiy bahrlari hazaj (mafo'iylun), ramal (foilotun) va rajaz (mustafilun) - rasmi

Material tavsifi

Turkiy sheriyatning asosiy bahrlari: hazaj (mafo'iylun), ramal (foilotun) va rajaz (mustaf'ilun) Reja: 1. Turkiy aruzda keng qo'llanadigan bahrlar. 2. Hazaj bahri va uning musta'mal (amalda qo'llangan) vaznlari. 3. Ramal bahri va uning musta'mal (amalda qo'llangan) vaznlari. 4. Rajaz bahri va uning musta'mal (amalda qo'llangan) vaznlari. Tayanch iboralar: hazaj - mafo'iylun, ramal - foilotun, rajaz - mustaf'ilun, musta'mal taqte', zihof va furu'lar, sadr, ibtido, hashv va hashvayn, aruz, zarb yoki ajuz, murabba', musaddas, musamman. I. Alisher Navoiy ta'kidlaganidek, aruz she'riy tizimida mavjud bo'lgan sakkizta asldan turkiy she'riyatda qo'llanadiganlari beshta. Bular: fa'uvlun, mafo'iylun, fo'ilotun, mustaf'ilun va maf'uvlotu. Bulardan birinchisi ya'ni fa'uvlun asli mutaqorib bahrini hosil qilib, asosan masnaviy va masnaviy dostonlarda qo'llanadi (bu bahr haqida keyingi darslarda alohida to'xtalamiz). Maf'uvlotu asli esa alohida bahrni hosil qilmaydi, balki munsareh, muqtazab, sari' kabi murakkab bahrlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Bu bahrlar ham turkiy she'riyatda nisbatan kam qo'llanadi. Demak yuqorida tilgan olingan asllar orasida bizning mumtoz she'riyatimizda eng ko'p qo'llaniladiganlari uchta: mafo'iylun, fo'ilotun, mustaf'ilun. Bu uchala asl o'z navbatida uchta bahrni hosil qiladi. II. Hazaj bahri mafo'iylun ruknining takrorlanishidan hosil bo'ladi. Mazkur ruknning solim shaklidan tashqari 11 ta zihof hamda 12 ta furu'i mavjud bo'lib, ular 25-26 - betdagi jadvalda o'z ifodasini topgan. Baytdagi ruknlar soniga ko'ra vazn murabba' (to'rtta rukn), musaddas (oltita rukn) va musamman (sakkizta rukn) bo'lishi mumkin. Quyida hazaj bahrida yozilgan baytlarni taqte' qilib vaznini aniqlashga harakat qilamiz: 1. Takalluf har necha suvratta bo'lsa, andi-n ortuqsen, v - - - v - - - v - - - v - - - Seni jon derla-r, ammo betakalluf jondi-n ortuqsen. v - - - v - - - v - - - v - - - Mafo'iylun mafo'iylun mafo'iylun mafo'iylun Hazaji musammani solimul arkon (barcha ruknlari solim). 2. Qaro zulfing firoqinda parishon ro'z-gorim bor, v - - - v - - - v - - - v - - ~ Yuzungning ishtiyoqinda ne sabru ne qarorim bor. v - - - v - - - v - - - v - - ~ Mafo'iylun mafo'iylun mafo'iylun mafo'iylon Hazaji musammani aruz va zarb musabbag'. Izoh: Bu bayt vaznining to'liq nomi Hazaji musammani sadru ibtido, hashvayn solim, aruz va zarb musabbag' bo'lishi lozim. Biroq agar baytdagi ruknlardan sadr, ibtido, hashvlar to'liq ya'ni solim bo'lib, faqat aruz va zarb o'zgargan bo'lsa, solim ruknlarni aytmaslik ham mumkin. 3. Qading sarvi xiromon, xading mohi dilafro'z, v - - - v - - v - - - v ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.19 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.19 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga