Turkiy xalqlar adabiyotiga kirish. turkiy xalqlarning madaniy -adabiiy aloqalari Reja: Turkiy xalqlar kimlar ekanligi va yashash tarzi. Turkiy xalqlarning madaniyati va fani. Turkiy xalqlarning og'zaki ijod namunalari: Har bir xalqning oÚz tarixi, madaniyati, sanÚati boÚlgani kabi turkiy xalqlarning ham oÚz tarixi, madaniyati va adabiyoti mavjud boÚlib, ular juda qadimiydir. Bu xalqlar oÚz fani va madaniyatini V-VI asrlardanoq rivojlantira borganligi, ular jahonga mashxur boÚlgan buyuk kishilarni yetkazib berganliklari maÚlum. Turkiy xalqlarning qadimgi zamonlarga oid adabiy yodgorliklari turli manbaalar va xalq ogÚzaki ijodi orqali bizgacha etib keldi. Turkiy xalqlarning kelib chiqishi va madaniyati haqida tarixchi olimlarning asarlarida, yozma manbaalarda grek, xind, xitoy va arman tarixchilarining kitoblarida hamda «Avesto», «Bekustin», «Urxun Yenisey» yodgorliklarida, shuningdek, Beruniy, Narshaxiy kabi olimlarning asarlarida maÚlumotlar beriladi. Bulardan eng muhimi M.QoshgÚariyning «Devonu lugÚotit turk» asari boÚlib, bu asarda qadimgi qoÚshiqlar, lirik sheÚrlar, maqollar berilgan, qolaversa, Termiz shahri yaqinidagi Ayritomda, Ashxabod yaqinida joylashgan Nisa, Tuproqqala, Baraxsha saroylaridan topilgan yodgorliklardan ham turkiy xalqlarning qadimgi madaniyatini sezish mumkin. M.QoshgÚariy oÚz asarida Kichik Osiyodan Xitoygacha boÚlgan territoriyada yashovchi xilma-xil turkiylar qabilasi birlashib ketganligini taÚkidlaydi. (Masalan, qipchoq, oÚgÚo'z, yaman, bashqir, damik, kay, tatar, qirgÚiz, chigil, tuxsi, yagÚmo,igrak, taruk, xumur, uygÚur, tanchu, xitoy, tovgich). Shuningdek, QoshgÚariy turli qabilalarning chatishuvi va aralashuvi natijasida ugÚo'z, chigil, qipchoq guruhidagi tillar vujudga kelganligini, chigil guruhidagi tillardan eski oÚzbek tili hosil boÚlganligini, bu til turkiy til deb atalganligini uqtiradi. VI asrda Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabilalar birlashib, «Turk xoqonligi» deb ataldi. Turkiy xalqlar madaniyati va sanÚatining hamma sohalari rassomlik, naqqoshlik, haykaltaroshlik, arxitektura hamda musiqalari bilan mashxur boÚlganlar. Bu xalqlar oÚz adabiyoti, sanÚati va madaniyatini bir-birlari bilan mushtarak holda yaratganlar. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar oÚzbek, turkman, qozoq, qirgÚiz kabi xalqlarning umumiy adabiy merosi sanaladi. Turkiy xalqlar asrlar osha oÚz mustaqilliklari uchun kurashganlar, ilm-fanni, sanÚat va madaniyatni rivojlantirganlar. Bizga qadar saqlanib qolgan SugÚd kalendari, Beruniy asarlaridagi maÚlumotlar qadimgi OÚrta Osiyoda ilm-fanning ayrim sohalari, ayniqsa, astronomiya taraqqiy etganligini koÚrsatadi. Shoxlar saroyidagi astronomlar sayyoralar dunyosini tekshirganlar: fizika, matematika, falsafa, tabiiyot fanlari bilan shugÚullanganlar. Bu xalqlar qadimgi zamonlardanoq sugÚorish inshootlari qurganlar, kanallar qaziganlar, kemalar yasaganlar, yulduzlarga qarab uzoq yerlarga safar qilganlar, mustahkam imoratlar qurganlar, toshni eritib shisha ishlab chiqarganlar, shuningdek, bu xalqlar dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugÚullanganlar. Badiiy soÚz sanÚati, madaniyati bilan eng qadimgi va uzoq tarixga ega boÚlgan sohadir. Badiiy soÚz tajribasining oÚsishi xilma-xil badiiy shakllarni, adabiy janrlarni vujudga keltiradi. Badiiy soÚz sanÚati yozuv va yozma adabiyotdan koÚp zamonlar ilgari ogÚzaki ijod shaklida paydo boÚlgan. U ogÚizdan-ogÚizga, avloddan-avlodga, davrdan-davrga koÚchdi, natijada, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.62 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.62 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc