Tursunboy Adashboyev - ikki xalq farzandi

Tursunboy Adashboyev - ikki xalq farzandi

O'quvchilarga / Adabiyot
Tursunboy Adashboyev - ikki xalq farzandi - rasmi

Material tavsifi

Tursunboy Adashboyev - ikki xalq farzandi Reja: 1. Tursunboy Adashboyevning hayoti va ijodiy faoliyati. 2. Ijodkor iste'dodi va mahoratining serqirraligi. 3. Shoir ijodida ona-Vatan va tabiat mavzusi. 4. Qizg'aldoqlar qutlashar she'rida bahorning yangi qirralarini namoyon bo'lishi.: Mashhur shoir va olim, rus bolalar adabiyotining ulkan namoyondasi K.I.Chukovskiy fikricha: Yozuvchi biografiyasi va ijodi chambarchas bog'liqdir. yozuvchi hayotini ikir-chikirlariga qadar bilmasdan turib, uning asarlarini o'rganish va ular haqida taqdiqot va tanqidiy maqolalar yozish aslo mumkin emas. Bu fikr bugungi o'zbek bolalar adabiyotning taniqli namoyondasi T. Adashboyev ijodiga ham to'laligicha aloqador. Shu boisdan ham biz T.Adashboyev ijodi haqida fikr bildirishdan oldin uning hayot yo'liga bir nazar tashlashni lozim ko'ramiz. Tursunboy Adashboyev 1939 yilda Qirg'izistonning O'sh viloyatiaga qarshli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasida joylashgan ushbu qishloqning barcha fuqarolari singari bo'lajak shoir ham har iki xalq tili, qadriyati, ma'naviyati, madaniyati, ma'rifatidan bahramand bo'lgan va haqli ravishda o'zini har ikki xalq farzandi deb hisoblagan. Bo'lajak shoir qalbida she'riyatga oshnolik tuyg'usi maktabda o'qib yurgan vaqtidayoq tug'ilgan desak, adashmaymiz. Uning Maktabim sarlavhali birinchi she'ri 6-sinfda o'qib yurgan paytida Lenin uchquni (hozirgi Tong yulduzi) gazetasida e'lon qilinganligi fikrimizni tasdiqlovchi dastlabki dalildir. Ikkinchi misol: 1956 yilda Qirg'iziston haqiqati gazetasi eng yaxshi hajviy she'rlar uchun tanlov e'lon qiladi. Tanlov yakunida 1-mukofot hech kimga berilmaydi, 2-mukofot maktab o'quvchisi T.Adashboyevga beriladi. Yana bir misol: u maktabda o'qib yurgan paytida Qizil O'zbekiston gazetrasida fol'klorshunos olim H.Zaripov nomidan gazetxonlarga murojaat qilib, ertakchi bobo-buvilari hamda bahshilardan o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalarini yozib olib, tahririyatga jo'natish va shu bilan xalq og'zaki ijodining xalqimiz orasidagi nodir namunalarini saqlab qolishdek xayrli ishga hissa qo'shish tashabbusi bilan chiqilgan edi. Yosh oq'uvchi Tursunboy Adashboyev qalbida bu tashabbus, ehtimolki, endi-endi nish urib kelayotgan badiiyatga oshnolik tuyg'ularini uyg'otib yuboradi. U peshqorg'onlik Olim bahshi Soyibboyevdan Yozi bilan Zebo dostonini yozib olib, Toshkentga yuboradi va ko'p o'tmay fol'klorshunos olimlar H.Zaripov va Muzayyana Alaviyadan yangi ishlanishlarga undovchi minnatdorchilik maktubi ham oladi. bahshilardan, bobo-buvilardan eshitilgan ertagu-rivoyatlar, dostonu qo'shiqlar, tez aytishu topishmoqlar T.Adashboyev qalbiga, o'zi aytganidek, cho'g' slogan bo'lsa, ajab emas. Shu sababli ham u o'rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga hujjat topshiradi. Universitetda o'qish jarayonida she'riyat sirlarini yanada puxta egallagan yosh shoirning dastlabki asarlari birin-ketin matbuotda e'lon qilina boradi hamda talabalik chog'idayoq, 1964 yilda, Kamolning olmasi deb nomlangan hammualliflikdagi birinchi kitobi nashr etiladi. T.Adashboyev Toshkent davlat universitetini tugatganidan keyin o'z bilimini yanda oshirish, qalamini charxlash maqsadida Moskvadagi Jahon adabiyot institutining ikki yillik kursida ham tahsil olgan. U ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.44 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.44 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga