Undalmalar Reja: Undalmalarning ifodalanishi Undalmalarning sostavi Undalmalarning o'rni Undalmalarning intonatsiyasi Undalma- so'zlovchining nutqi qaratilgan, boshqa bir shaxs yoki predmetni ifodalagan so'z yoki so'z birikmasidir. Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma'nosidagi so'zlar orqali ifodalanib, gapning umumiy mazmunini to'ldiradi, gapning kimga qarashli ekanini ko'rsatib turadi. Undalma dialogik nutqda, monologda, avtor nutqida, murojat, shior, buyruq, chaqiriq, e'lonlarda ishlatiladi: - Otajon deyman, o'yinga usta ekansiz-ku, - dedi O'rmonjon kulib. - Shuni aytgin, o'g'lim, o'yinga usta ekanman Bir menmi? Shu odamlarga ham o'yin - kulgi yarashar ekan-ku! -Bu odamlarga juda-juda ko'p narsalar yarashadi, otajon (A.Qahhor). Ishchilar, uyg'on, senga yetishda zamon (H.Hakimzoda) . Butun fikrim - hayotim senda, Ukraina! Ey yurak quyoshi (H.Olimjon). Kolxozchi o'rtoq, tez-u toza ter (Gazetadan). Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning zarur qismlaridan biri hisoblanadi, Shuning uchun ham u ayrim gap bo'laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o'ziga xos grammatik aloqaga kirishadi. Ma'lum bir gapdan undalmaning chiqarilish yoki hatto o'rnining o'zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta'sir etadi, avtorning aytmoqchi bo'lgan fikri anglashilmay qoladi. Undalmaning ajratilgan izohlovchiga yaqin bo'lgan turida grammatik aloqaga kirish xususiyati aniq ko'rinadi, chunki undalma ma'lum bir bo'lakning ma'nosini izohlaydi:Bosh turmushim to'ri, ko'nglimning jo'ri - Bularning hammasi sen, V a t a n i m - onam (H.Po'lat). Misoldagi Vatanim - onam undalmasi Sen olmoshning ma'nosini izohlaydi, aniqlashtiradi .shu bilan birga, Vatanim - onam undalmasi butun gap mazmuni bilan ham aloqadadir. Bu xil sintaktik kategoriyaning asosiy vazifasi undalma bo'lsa ham, unda izohlash xususiyati ham bor. Bunday undalmalarning ajratilgang izohlardan farqi quyidagicha: 1. Undalma chaqirish intonatsiyasi bilan talaffuz etiladi. Ajratilgan izohlar esa ajratilgan, sust intonatsiya bilan aytiladi. 2. Undalma nutq qarashli bo'lgan obyektni ifodalaydi, izohlar esa biror bo'lakni izohlaydi (undalma ba'zan izohlashi ham mumkin. Ammo uning undalmalik xususiyati birinchi planda bo'ladi. 3. Undalma bosh kelishikda bo'ladi, izohlar izohlanmishning shakliga ko'ra, turlicha bo'lishi ham mumkin. Undalmalar nominativ gaplarga shaqlan o'xshaydi. Ammo mazmunan va grammatik, intonatsion xususiyatiga ko'ra ulardan farqlanadi. Nominativ gaplarga misollar: Budapesht! Endilikda hammaning og'zidan shu so'z tushmas edi (O.Gonchar). Dunay, Dinay! degani shu ekan-da! (O.Gonchar). Eh, fris!-deb musht o'xtalardi yov tarafga qarab Xoma.- Men senga qirq birinchi yilda dunyoning yarmini bosib o'tishga o'tasan-ku, ammo o'yinga qaytib borolmaysan, demaganmidim? (O.Gonchar). Jahannamday qizg'in qumliklardan keyin bu vodiy ertaklardagiday go'zal, o Farg'ona! (Oybek). Sobir jangda, mehnatda qotgan, dag'allashgan barmoqlaridan handalak sharbatini shir-shir oqizib, xursand qichqirdi: O jonim Farg'ona, oq oltinim, bog'im (Oybek). Oxo, yangi Farhod va Shirinlar!- ko'zlarini jo'rttaga chaqchaytirib, qoshlarini ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.7 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.7 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:44 ]
Arxiv ichida: doc