Vadud Mahmud Reja: Hayoti va ijod yo'li Shoir va munaqqid Vadud ijodida siyosiy tuzumning ta'siri O'tgan asr o'zbek adabiy va teatr tanqidchiligida sezilarli iz qoldirgan siymolardan biri samarqandlik shoir va munaqqid, tojik tili grammatikasi muallifi Vadud Mahmuddir(1898-1976). U o'z davrida sho'ro mafkurachilari va komfirqa tomonidan keskin ta'qib qilindi, madaniyatchilar qurultoyida Cho'lpon, Fitrat, Elbek va boshqalar qatori ma'naviy kaltaqlandi, quvildi. Vadud Mahmud o'zbek adabiyotiga ko'pgina zamondosh va tengdoshlari qatori madrasa ilmi bilan kirib keldi. Uning badiiy-estetik qarashlari xususiy mutolaasining kuchliligi tufayli o'ziga xos tarzda shakllangan edi. Keyinchalik turk hamda rus adabiyoti va adabiyotshunosligi bilan kengroq tanishuvi natijasida dunyoqarashi yanada kengaydi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Mardonqul Shomuhamedov yangi ijtimoiy hayot bilan tanishtirgan bo'lsalar, Fitrat uni ma'rifat, madaniyat va adabiyotning mutlaqo yangi olamiga olib kirdi Vadud Mahmud Samarqand viloyati Yuqori Darg'om tumanining Toyloq qishlog'ida Mahmud Pirmuhamedov va Anvara Pirmuhamedova oilasida tug'ilgan. Yetti yoshida otadan yetim qolgach, onasining Rajabamin qishlog'idagi hovlisiga ko'chib boradilar. O'z so'ziga qaraganda, ularning 12 tanob yeri, bir sigir va ikki bosh qo'yi hamda bog'i bo'lib, singlisi Sabohat, jiyani Munira va Hamid uning qaramog'ida yashaganlar. U Rajabamindagi muallim Abduqodir Shakuriyning maktabida, uning rafiqasi Roziya otin va shaxsan Shakuriyning o'zidan ta'lim oladi. 1912-1913 yillari ustozi Shakuriy Istanbulga borib, maktab ishlari bilan tanishib qaytadi. Ustozi Turkiyadan keltirgan adabiyotlarni o'qib, turk nasr va nazmidagi yangiliklar bilan oshno bo'ladi. «Shakuriy turk-tatar mafkurasini juda hurmat qilib, ularning mafkurasi ta'sirida edi. Ularning fanini ilg'or hisoblar edi», deydi V.Mahmud. U qozi Haydarbek Abusaidovdan ham saboq oladi. Chamasi, 1915-1916 yillari Shahrisabzda o'qituvchilik qilayotgan Fitrat Shakuriy bilan fikrlashgani keladi va yosh Vadud bilan tanishadi. Buxoro va Samarqand yoshlari orasida ancha mashhur bo'lgan Abdurauf Fitrat va muallim Ismoil Sadriy bilan birodar tutinishi natijasida ulardan shoir Muhammadaminbek Yurdaqul she'rlari va ismi noma'lum adibning «Buyuk Turon» romanini olib o'qib chiqadi. «Biz Muhammadaminbek she'rlarini qo'shiq qilib aytar edik», deydi Vadud Mahmud ko'rsatmalaridan birida. Shu davrda Abduqodir Karimov, Akobir Shomansurov kabi ma'rifat fidoiylari bilan do'stlashadi. Bu ijtimoiy-adabiy muhit Vadud Mahmudning tafakkuriga ta'sir ko'rsatmay qolmadi. 1917 yil kuz faslida Fitrat bir necha Samarqand va Buxoro yoshlari qatori uni Ufaga olib borib, Madrasai Oliyaga joylashtiradi. O'zi ham o'sha yerda 20-30 kun turib, ishni pishitib qaytadi. Mahmudiy 1918 yil bahor faslida tahsilni tugatib, maxsus hujjat bilan Toshkentga keladi, so'ng Samarqandga qaytadi. Yoz oyigacha pedagogika kursida o'qiydi. 1919-1925 yillari o'qituvchilik qiladi. Ammo bu orada Buxnerning «Modda va quvvat» asari bilan tanishadi hamda ashaddiy materialistga aylanadi. 1919-1921 yillari komfirqaga kiradi va Samarqand shahar maorif bo'limiga mudir etib tayinlanadi. Taxminan, 1922 yili Jizzax ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.8 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.8 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:45 ]
Arxiv ichida: doc