Vishakxadatta ijodi Reja: 1. Romanist Dandin 2. Romanis Dandin 3. Qadimiy hind satirasi. Haribxadra ijodi 4. Hindistonda forsiyzabon adabiyot 5. Amir Xusrav Dehlaviy Vishakxadatta ham hind dramaturglari va satiriklari qatoriga kiradi. V-VI asr oxiri va VII asr boshlarida yashab o'tgan deb taxmin qilinadi. Vishakxadatta, asosan, dramalar yaratgan. Uning hayoti haqida aniq ma'lumot yo'q. Uning ilmli, ziyoli va yaxshi ta'minlangan oiladan chiqqan shaxs bo'lganligi uning asarlaridan malum bo'ladi. Dramaturgiyada Vishakxadatta tarixiy drama asoschisidir. Uning bizgacha etib kelgan asarlari quyidagilar: Ragxavananda Ragxavananda «Ramayana»dan olingan. Abxisarikavanchitaka «Sevgilisiga aldangan» Devichandragupta «Chandragupta va malika» Mudrarakshasa «Rakshas ministrining muhr» Bu asarlar orasida «Mudrarakshasa» dramasi Vishakxadattaga shuhrat olib kelgan. Asar tarixiy syujet asosida yaratilgan. Dramadagi voqealar Chandragupta Mauriyalar sulolasi hukmronlik qilgan davrga oiddir. Qadimgi hind dramaturglari va yozuvchilari, ko'pincha, afsona yoki eposlarga tayanib ijod qilgan bo'lsalar, Vishakxadatta tarixiy voqealarga murojaat etgan. Uning pesalarida uydirma yoki fantaziyalar uchramaydi. Muhabbat bilan bog'liq syujetlar ham kiritilmagan. Faqat siyosat va hukumat ishlariga oid voqelargina tasvirlangan. «Mudrarakshasa» siyosiy dramadir. Dramada Rakshasa va Chanakya o'rtasidagi siyosiy muammo ko'tarilgan. Chanakyalar uzoqni ko'ruvchi, qahri qattiq, o'z manfaati yo'lida hech narsadan tap tortmaydigan sulola vakillari. Rakshasalar esa ularning aksi bo'lib, juda ishonuvchan, vijdonli va olijanob insonlar vakilidir. Mana shu ishonuvchanlik Rakshasalarning barcha niyat va rejalarini puchga chiqaradi. Asar yakunida «Mauriyalar saltanati ikki mamlakatni boshqaradi» degan fikr bilan chiqqan Chanakyalar g'olib chiqadilar. Dramada ayol obrazi deyarli yo'q. Pesa prolog bilan boshlanadi. Sahnada taniqli vazir Chanakyaning ovozi eshitiladi. U braxman kastasi vakili bo'lib, Chandraguptaning ishongan vaziri. U saroyda shoh Chandraguptaga qarshi bir fitna uyushtirilayotganini sezadi. Avvalgi taxtdan ag'darilgan vazir Rakshasa Chandraguptaning vazirlari bilan til biriktirib unga qarshi ig'vo uyushtirayapti deb o'ylaydi. Chanakya Rakshasaning o'z shohiga sodiq qolganligidan hayratda qoladi va uni Chandragupta tomonga o'tishiga harakat qiladi. Rakshasaning muhr bosadigan uzugi uning qo'liga tushib qoladi. Uzukni Rakshasa oilasini yashirib yurgan savdogar Chandidas uyida qo'lga kiritadi. Savdogar Chanakya ig'vosiga qo'shilmaydi, shu sababli Chanakya uni qamoqqa tashlaydi. Rakshasa uning odamlari o'ldirilganini eshitib endi Chandragupta bilan Chanakyani urishtirib qo'yish yo'liga o'tadi, lekin Chanakya buni ham bilib qolib, bu ig'voni Rakshasaning o'ziga qarshi ig'voga aylantirib yuboradi. Uchinchi qism Chandragupta bilan Chanakya to'qnashuvi haqida. To'qnashuv qisqa vaqt davom etadi. Chunki ikkovi ham bir-birini yaxshi bilgani uchun masala tez hal bo'ladi. Chandragupta Chanakyasiz ish tutishga o'tib oladi. Rakshas esa bundan foydalanadi. Chanakyaga aynan shu narsa kerak edi. Chanakya Rakshasa muhridan foydalanib Rakshasani Chandragupta tomoniga o'tkazish haqida bir xat uyushtiradi. Uning bu ishidan sheriklari nafratlanadi va shoh o'g'li tomonidan o'limga hukm qilinadi. Asar yakunida Chanakya Rakshasani ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.45 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.45 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:45 ]
Arxiv ichida: doc