Volgabuyi xalqlari adabiyoti. Tatar adabiyoti Reja: 1. Volga bo'yicha yashovchi xalqlar. 2. Tatar adabiyotida xalq og'zaki ijodi va qadimgi yozma adabiyot. 3. Realistik tatar adabiyotining vujudga kelishi va rivojlanishi. 4. XX asr tatar adabiyoti rivoji. Tayanch iboralar: Tatar xalq og'zaki ijodi. qadimgi yozma adabiyot. Tatar klassik adabiyotida sharqonalik. Realistik adabiyotning vujudga kelishi. I.Gasprali, K.Nosiriy, A.Tukay. XX asr adabiyoti. M.Jalil. Volga buyida yashovchi xalqlarga ettita xalq - boshkird, tatar, chuvash, mordva, udmurt, komi xalqlari kiradi. Bu xalqlar adabiyoti bir-biridan uncha farq kilmaydi. Bulardan boshkird, tatar, chuvash adabiyotlari turkiy tilda suzlashuvchi xalqlar adabiyotiga kiradi. Bu uchala xalq qadimgi turkiy xalqlardandir. Demak, xalq og'zaki ijodidagi syujetlar, obrazlar, an'analar xam boshqa turkiy xalqlarnikiga o'xshashdir. Masalan, «Alpomish», «Yusuf va Zulayxo» kabi dostonlarning tatarcha variantlari xam mavjud. Lekin ularda xar bir xalqning o'ziga xos tomonlari aks etadi. Tatar va boshkird adabiyoti o'rtasidagi aloqa juda kuchli. Bu ikki xalq madaniyati, adabiyoti shu qadar yaqinki, Majid Gafuriy, Sayfi Kudash kabi, Shayx Babich, A.Tagirov kabi yozuvchilar xam tatar adabiyotining, xam boshkird adabiyotining vakili hisoblanadilar. Kozon shaxri eng kadimiy madaniyat markazlaridan bo'lib, Volgabuyi xalqlarining adabiy va madaniy markazi edi. Tatar va boshqa xalqlar adabiyoti - xalq og'zaki ijodi makol va xikmatli so'zlarga, tarixiy kushiklar, baytlar, ertak va rivoyatlarga boydir. Ularda adolat, to'g'rilik, rostlik motivlari kuchlidir. Keyinchalik, folklorlarga grajdanlar urushi kaxramonlari obrazlari kirib keldi. Tatar adabiyoti xam o'zbek adabiyoti singari arab va fors klassiklari ta'sirida rivojlandi, yani tatar adabiyotida xam sharqonalik kuchli edi. XIX asrga qadar xuddi o'zbek adabiyotidagi singari poeziya yetakchi urin tutdi. Proza va dramaturgiya kechrok shakllandi tatar klassik adabiyotida neser nasr janri bor edi. Bu bizning saj usulidagi asarlarimizga o'xshashdir. Kozon tatarlarining IX asrga oid qadimgi yozma adabiyoti namunalari bizgacha etib kelgan. Bulardan shoir Galining «Yusuf va Zulayxo» dostoni XII asr, Mahmud Bulgoriyning «Naxj ul-farodis» asari XIV asr ni sanab utish mumkin. XV asrda shoir Muhammadyor «Tuxfai mardon» va «Nuri sodur» kitoblarini yozdi, ularda dunyoviy g'oyalarni kuyladi. XIX asrgacha fors va arab adabiyotining ta'siri tatar adabiyotida yozuvchilarning asarlari tematikasi, g'oya va janr xususiyatlarida, tasviriy vositalarida o'z izini koldirdi. Gali, Muhammadyor, Mavla Koliy, Utiz Imoniy, Kandoliy, Kurmanshiy, Okmullar ijodi tatar sheriyati sharq adabiyotiga payvandligini kursatadi. X asrda tatar xalqining rus xalqi bilan yaqinlashuvi davri buldi. Tatar realistik adabiyoti vujudga kela boshladi. Yangi davr tatar adabiyoti rus madaniyati bilan, uning an'analari bilan bog'liq edi. XIX asrning2-yarmida demokratik va ma'rifatparvarlik g'oyalari kuchaydi. Bu harakatning eng yirik vakillari Ismoilbey Gasprali, Kayum Nosiriy kabilar edi. I.Gasprali, uning ma'rifatparvarlik faoliyati, jadidchilik harakati haqida talabalar ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:45 ]
Arxiv ichida: doc