XIX asr oxiri xx asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanish va rivojlanish bosqichlari haqida. Professional o'zbek tanqidchiligining yuzaga kelishi va 20 yillar tanqidchiligidagi bahslar RYeJA: 1. XIX asrning ikkinchi yarmida matbuotda paydo bo'la boshlagan adabiy-tanqidiy maqolalar xususida. 2. XX asrning boshlaridagi milliy uyg'onish va jadidchilik harakati davridagi adabiy-tanqidiy qarashlar haqida. 3. XX asrning boshlaridagi o'zbek adabiy tanqidchiligining tug'ilishi va shakllanishi haqida. 4. 20-yillar adabiy tanqidining vujudga kelishidagi ilmiy izlanishlar: S.Ayniy, A.Sadiy, Lutfulla Olimiy, Olim Sharafiddinov, Otajon Hoshim, Azam Ayyub, Elbek kabi tanqidchi va adabiyotshunoslar faoliyati misolida. 5. 20-yillar adabiy tanqidchiligida madaniy merosga va adabiy ijodga bir tomonlama qarashlarning aks etishi (Sotti Husaiyn, Ziyo Said, Kashshof Trig'ulov, Yunus Latif, Jalil Boybulatov, Miyonbuzruk Solihov va boshqa adabiy tanqidchilar ijodi misolida). 6. Adabiy tanqidda ijtimoiy voqelik, yangi inson, g'oyaviylik va badiiylik muammolarining talqini. 7. Xulosa. Malumki, adabiy tanqid O'zbekistonda matbuot paydo bo'lishidan avval klassik adabiyotimizda o'ziga xos ko'rinishlarda sheriy formada, tazkiralarda «Majolisun-nafois» turidagi asarlarda mavjud edi. Klassik shakldagi adabiy tanqid ko'proq badiiy asarning shakliga etibor berdi va estetik tanqid doirasida bo'lib keldi. Hozir biz bilgan va tushungan manodagi adabiy tanqidiy fazilatga molik dastlabki maqolalar O'zbekistonda birinchi o'zbek matbuoti - «Turkiston viloyatining gazetida XIX asrning 80-yillaridan etiboran paydo bo'la boshladi» (B.Nazarov). Dastlab ko'proq publitsistik xarakterdagi bu ilk maqolalar orasida o'zbek shoirlari ijodi haqida fikr yuritilgan namunalar nihoyatda oz. Dastlabki maqolalar asosan rus adiblari va ularning asarlari haqidagi ma'lumotlardan iborat. Masalan, XIX asrning 80-yillarida «Turkiston viloyatining gazeti» da chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalarning aksariyati A.S.Pushkin, N.V.Gogol, I.L.Turgenev, L.Tolstoy, A.P.Chexov singari rus shoir va yozuvchilari haqida bo'ldi va o'zbek xalqi ularning ijodi bilan umumiy ravishda bo'lsada tanishtirilib katta ish qilindi. Adabiy tanqidchilikda «proza» - «tasniflar» sifatida, prozaik - «musannif» sifatida ishlatiladi. Tarjimachilik bilan shug'ullanish muhim ekanligini takidlanishi ham o'sha davr tanqidchiligining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Misol: 1902 yilda Toshkentda Gogol yubileyi o'tkazildi. Shu xususda «T.V.G» maqola (1902 yil 2 mart) bosib, Gogolning «Rusiya fuqarolarining zindagarchiligida har xil yaxshi va yomon voqealarni ko'rib», «timsollarni ko'p ravshan qilib yozgan» ligi aytiladi. (Timsollar - obrazlar). O'tgan asr oxirlarida o'zbek tilidagi matbuotda o'zbek adabiyoti (xususan, sheriyati) va adabiy jarayon haqidagi dastlabki fikrlarga ham duch kelamiz. Bu eng avvalo Furqat nomi bilan bog'langan. 1881 yilda «Turkiston viloyati gazeti» ning 21 aprel sonida Furqat «Qo'qon adabiy muhiti» maqolasida undagi mushoiralar, qisqasi davr adabiy jarayonining ayrim belgilari haqida xabar berib o'tadi. Masalan, Furqat mazkur maqolasida Navoiy an'analarini davom ettirib, Marg'ilonlik shoir Xo'jajon qozi haqida qo'yidagicha yozadi: « aruz haqida ko'p mohir kishi ekandur va turkiy ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.63 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.63 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:46 ]
Arxiv ichida: doc