XIX asr tankidiy realizm adabiyoti. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi chet el adabiyoti

XIX asr tankidiy realizm adabiyoti. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi chet el adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
XIX asr tankidiy realizm adabiyoti. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi chet el adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

XIX asr tanqidiy realizm adabiyoti. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi chet el adabiyoti Reja: Elip Zolya, Gide Mopassan ijodi B. Shou, G. Uellis, J. Golsuorsi ijodi M. Tven, Jek London ijodi Per Jan Beranje ijodi 3.Charlz Dikkens tanqidiy realizmning yirik vakili AKSh tanqidiy realizm Tanqidiy realizm. fransuz adabiyoti. Inqilobiy poeziya. Hajviy qo'shiq. Ijobiy qahramon. Xalq masalasi. Milliy-ozodlik mavzusi. Epopeya. Novella. Yumor. Satira. 20 yillarning oxirida paydo bo'lib, Ovro'po mamlakatlarida turli davrlarda shakllandi va rivojlandi. fransuz adabiyotida XIX asrning birinchi yarmida inqilobiy poeziya rivojlandi va bu adabiyot mehnatkash xalq ommasining kayfiyatini aks ettirdi. Shu adabiyotning vakili Per Jan Beranje (1780-1857) bo'lib, birinchi hajviy qo'shig'i «qirol Iveto»ni butun Parij kuylaydi. Xalq shoiri - Beranje siyosiy jihatdan nihoyatda o'tkir qo'shiqlarini yaratdi. Uning «Zotli itlar arzi» satirik sheri davlat tepasida turgan Karl X Burbonga qarshi qaratilgan edi. «Karl II» sheri esa uning o'limini bashorat qiladi. «Xalqlarning muqaddas ittifoqi», «Jak», «Malla Janna» sherlari. Beranje sheriyatining muhim ahamiyati shundaki, u o'z ijodini ongli ravishda oddiy xalq xizmatiga, mehnatkash xalq manfaatlariga bo'ysundiradi. Shuning uchun ham shoir «Xalq-mening ilhomim» degan edi. XIX asrning birinchi yarmida realizmning tarixiy zaminlari, realistlarning xalqchilligi, ular ijodida xalq masalasi va ijobiy qahramonlar. Frederik Stendal (1783-1842) ijodi xilma-xil janrlarni, san'atning turli sohalarini qamrab oladi. Uning beshta romani, «Italiya yilnomalari» novellalar to'plami, «Anri Bryular hayoti», «Avtobiografik maktublar» kabi asarlari, kundalik va xotiralari saqlanib qogan. Uning «Napoleon hayoti», «Napoleon haqida xotiralar», shuningdek, «Rim», «Neapol», «Florensiya» nomli yo'l lavhalari, «Rim bo'ylab sayohat», «Turist xatlari» nomli esdaliklarida falsafiy, siyosiy hamda estetik mulohazalari bayon etilgan. «Rasin va Shekspir» risolasida realizm prinsiplarini ilgari surdi, bu uning badiiy programmasi sifatida maydonga keldi. Stendal ikki buyuk fojeanavis shoir ijodini tahlil qilarkan, Shekspir ijodidagi hayotiylikni alohida takidlaydi. Shekspir ijodidagi xalqchillik, realizm uni Rasin ijodidan ajratib turadigan xususiyat ekanini ko'rsatib beradi. «Vanina Vanini» novellasi Italiya milliy-ozodligi uchun borayotgan kurashni tasvirlashga bag'ishlangan. «qizil va qora», «Parma ibodatxonasi» romanlari o'zbek tiliga o'girilgan. Stendal ijtimoiy roman ustasi sifatida bu romanida o'z qahramonlari qalbini chuqur ifodalay olgan mohir psixolog hamdir. «Parma ibodatxonasi» romani ham Italiya mavzusida bo'lib, «qizil va qora» qahramoni Jyulen Sorel singari o'z Vatani ozodligi yo'lida kurashga tayyor Fabritsiodir. Adib qahramonlarining ichki kechinmalariga katta etibor beradi. Uning ijobiy qahramonlari zulm-istibdodga asoslangan tuzum bilan murosaga kela olmaydilar. Ular hayotdagi eskilik, xudbinlik, zo'ravonlik, inson shaxsining kamsitilishiga qarshi isyon ko'taradilar. Uning asarlari hayotiy realizm bilan sug'orilgan. Onore de Balzak (1799-1850) - ijodida tanqidiy realizm cho'qqiga ko'tarilgandir. Uning «Insonlar komediyasi» degan umumiy nom ostiga kiruvchi romanlari adibga shuhrat keltirgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.65 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.65 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga