Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy

Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy

O'quvchilarga / Adabiyot
Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy - rasmi

Material tavsifi

Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy Xoja Abdulholiq G'ijduvoniy keyinchalik Xojagonlar (NAQSHbandiya) tariqatiga asos soladi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy 1103 yilda Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida tavallud topgan. Xoja boshlang'ich ta'limni G'ijduvonda olgach, Buxoroga kelib, Yusuf Щamadoniyga shogird tushadi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy Yusuf Щamadoniy qo'lida ta'lim olib, zikri dil (Xufya usuli bilan zikr aytish)ga ijozat bo'lgach, ushbu sulukka o'tadi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy malum tahsilni olib, tariqat peshvosi darajasiga etgach Xojagon (keyinchalik NAQSHbandiya) tariqatining mohiyatini belgilovchi va mazkur ta'limotning asosiy aqidalari hisoblanagn talablarni yaratadi. Bu aqidalarning to'rttasiga dastlab Yusuf Щamadoniy tomonidan tartib berilgan bo'lib1, ular: 1. Xush dar dam - tiriklik nafasda. Ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bo'lishi, g'aflat unga yo'l qo'ymasligi kerak. 2. Nazar bar qadam, yani nazar qadamda, Solik yo'l yurganda uning nazari doimo oyoq panjalarida bo'lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin, degan manoni bildiradi. Bu insonni har bir ishga mas'uliyat bilan qarashga, behuda narsalar uchun hayotni, vaqtini sarf etmaslikka undaydi. 3. Safar dar vatan - solik odamiylikning tabiatida safar qilsin, yani, yomonlikdan yaxshilik tomon yursin degan manoni bildiradi. Yuqoridagi risolada keltirilishicha, Abdurahmon Jomiynnig bir bayti sharhida yurakning ma'naviy oynasi olamning zabt etuvchi zaxmatlaridan xalos bo'lsa, soflik va nuroniylik bilan bezansa, tabiiy hohishlar zulmat undan ko'tarilsa, yaratuvchi tajalliyoti va ilohiy sifatlarni qabul etish uchun safar va sulukka hojat qolmaydi. Chunki safar, sayr va sulukdan maqsad yurakka sayqal berish va uni tozalashdir1, -deb takidlanar ekan, suluk safar qilish-qilmasligi ularning xojagonlar malakasini hosil qilishlariga bog'liq. Agar o'z yurtlarida bunday ta'limni amalga oshiruvchi azizni topsalar, tarki safar aylab, chidam xislatini hosil qilmog'i, xojagonlarning nisbat malakasini qo'lga kiritishi mumkin,-deyiladi. 4. Xilvat dar anjuman - solik tashqi tomondan xalq bilan, qalban Щaq bilan birga degani. Yuqorida keltirilgan to'rt aqidaga Abdulholiq G'ijduvoniy quyidagi to'rt aqida-(talab)ni qo'shadi: Yodkard - bu til yoki dil zikri bo'lib, Lo iloha illallohu Muhammadur Rasullohni uch marta dilda aytish, yani, Ollohning yagonaligi hamda Muhammad Alayhis-salomning uning yerdagi rasuli ekanligini qayd, zikr etish. Bozgasht - turli fikrlardan xalos bo'lish, tashqi olamdan ajralishga intilish. Bunda kalimai tayyibani necha marta aytsa ham xayolni boshqa narsalarga bo'lmaslikdir. Bu - fikrni, diqqatni bir joyga to'plashga yordam beradi. Nigohdasht - turli fikrlardan xalos bo'lish, xayolni boshqa narsalarga bo'lmaslik. Bunda xayol quvvatini Olloh yodi borasidagi yagona g'oyada saqlab qolish malakasi hosil bo'ladi. Yoddasht - Alloh bilan doimo birga ekanligidan zavq olishdir. Yoddasht hosil bo'lganda Щaq muhabbati ko'ngilni qamrab oladi, huzur bahsh etadi. Xoja Bahouddin NAQSHband, o'z navbatida, quyidagi uch talabni qo'shadi: Vuqufi zamoniy - solik o'z yo'lida har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.06 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.06 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga