XX asr o'zbek adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari Reja: 1. XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma'daniy hayot. 2. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning Turkistondagi namoyandalari. 3. XX asr adabiyotining taraqqiyot bosqichlari va mavzu rang barangligi. XX asrning boshlari tarixga Turkistonda jadidchilikning paydo bo'lishi, chorizmning agMarilishi, muxtoriyatning tiklanishi va sho'rolar jamiyatini qurish uchun kurash yillari sifatida kiradi. XXasr faqat o'zbek xalqi hayotida emas, balki butun dunyo hayotida alg'ov-dalg'ovlarga boyligi bilan ajralib turadigan davr bo'ldi. Bu asrga kelib, hayot jarayonlari tezligi haddan ziyod ortdi. Ijtimoiy hodisalarning almashinish surati aqlga sig'mas darajada tezlashdi. Turkiston xalqlarining necha asrlar mobayrida davom etib kelayotgan bir maromdagi mudroq hayoti shu asr boshida ag'dar-tuntar bo'lib ketdi. Fikrdagi yangilanish, texnika yutuqlarining kirib kelishi, axborot almashishning tezlashgani turkistonliklarning hayot tarzlarini o'zgartirib yubordi. Shu vaqtga qadar milliy adabiyotimiz milliy hayotimiz bilan yelkama-yelka bormas edi. Garchi, adabiyotimiz hayotdan tamomila ajralib qolmagan bo'lsada, ijtimoiy turmushning muammolari uni to'la cho'lg'ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot hayotga yaqinlashdi. XIX asrning adog'i XX asrning boshlarida birgina Turkistonda emas, balki dunyodagi juda ko'p mustamlakalarda milliy uyg'onish harakati boshlangan edi. Turkistonda XlXasrning ikkinchi yarmidan e'tiboran shakllana boshlagan ma'rifatchilik qarashlari XX asr boshlariga kelib jadidchilik harakatining yuzaga kelishiga asos bo'ldi. Jadid so'zi arabcha yangi ma'nosini berib, taraqqiyotga intilgan kishini anglatadi. Jadidlar badiiy adabiyotni xalqni g'aflat va mustamlaka zulmidan kutkarish quroliga aylantirdilar. XX asr boshiga kelib, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, xalqaro aloqalarning takomillashuvi millatning ma'rifatli vakillariga o'z xalqi hayotini dunyodagi mutafakkir xalqlar turmushi bilan solishtirish imkonini berdi.Kundalik matbuot o'zbek adabiyotidagi yangilanishlar ko'lamining kengayishiga sabab bo'ldi. Kitobning sanoat yo'li bilan chop etilishi xam millat ijtimoiy estetik tafakkuri rivojlanishining kuchli omili bo'ldi. 2. Jadid adabiyoti to'lig'icha millatni uyg'otishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qaxramoni avvalgi davrdagiday yuqori tabaqa vakillari yoki iloxiy qudrat bilan nurlantirilgan siymolar emas, balki ommaning ichidan chiqqan, unga qaytib boradigan va shu bois xalqqa ta'sir ko'rsatish imkoniyati kattaroq bo'lgan oddiy kishilar edi. Jadid adiblari yangi mavzularni yangi janrlarda va yangi obrazlar orqali ifodalashga urindilar.Yana bir muhim jihati shundaki, jadid yozuvchilari shunchaki ijodkor emas,balki ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy amali bilan xam millatni uyg'otishga jaxd qildilar. M. Behbudiyning Padarkush, A. Avloniyning Advokatlik osonmi, Pinak, Fitratning Munozara, Hind sayyohi, Abulfayzxon, Hamzaning Yig1 la, Turkiston, Dardiga darmon istamas, Zaharli Hayot, Qodiriyning O'tgan kunlar, Mehrobdan chayon, Cho'lponning Buzilgan o'lkaga, Xalq, Yorqinoy, Kecha va kunduz va boshqa yuzlab asarlar jadid adabiyotining yetuk namunalaridandir. Jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar, qismat fojialari, millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari fonida aks ettirildi. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.03 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.03 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:48 ]
Arxiv ichida: doc