XX-asrnig 80 - yillarida poststrukturalizm

XX-asrnig 80 - yillarida poststrukturalizm

O'quvchilarga / Adabiyot
XX-asrnig 80 - yillarida poststrukturalizm - rasmi

Material tavsifi

XX asrnig 80-yillaridan poststrukturalizm globallashuv jarayoni bilan birgalikda o'sdi, qamrov miqyosini kengaytirdi Reja: Badiiy asar haqida tushuncha. san'atkor tuyg'u, holatlarining ifodachisi - so'z. Struktura - asarning badiiy-estetik xaritasi. 4. Tarix, falsafa, roman Haqiqiy badiiy asar - mukammal, murakkab tarkib (struktura). U matn tarzida yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi avvalo san'atkor istedodiga, aytmoqchi bo'lgan gapining haqqoniyligiga, so'zlarga yuklatilgan manoning salmog'iga, maromning tovlanishi, tuslanishiga bog'liq. Mukammal matn yaratish - ilmiy-ijodiy izlanish demak. san'atkor izlanmasa, o'qimasa, o'rganmasa, malum darajada tadqiqotchi bo'lmasa, musti mahkam matn yaratishi amri mahol. Buyuk san'atkorlarning deyarli hammasi o'zigacha yaratilgan yetuk asarlarni jiddiy o'rgangan. Navoiy, Boburday san'atkorlar ilm bilan ham jiddiy shug'ullanganlar, yetuk tadqiqotlar yaratganlar. Bu an'ana jahon adabiyotida hamisha bo'lgan, hanuz davom etyapti. san'atkorning san'ati shundaki, u har bir so'z, holatdagi manolarni bus-butun qamrab olishga intiladi, so'zning ich-ichiga, moyasiga kirib borishga intiladi. Badiiylik izlanishlar imkoniyati tugayotganda lop etib yuzaga chiqadi. san'atkor iztiroblari uchun mukofot tarzida Olloh tomonidan beriladi. Qisqalik, lo'ndalik - istedod mujdasi. Shoir bir misralik sher yozibdi: Anorlar dard kabi yorilar. (Faxriyor). Mitti bu sherni anglash uchun avvalo insoniy dardning barcha tomonlarini his etish kerak. Dardning yorilishi - ko'ngilning bo'shashi, ko'zning moshday ochilishi. Nihoyat, anorning yorilishi qip-qizil donalarining lov-lov yonishi. Muhimi, insoniy holatning boshqa predmetga ko'chirilishidagi mahorat - badiiylik ifodasi. Shu shoirning: Yig'i, seni qandoq kuldiray? sheridagi kechinmadoshlik o'quvchini o'ziga rom etadi. Odam - kimligi, qaerdanligi, dini, irqidan qati nazar - hamisha dardkash, g'amdosh. Axir, inson besh kunlik dunyoga yig'lash, dard chekish uchun kelmaydi-ku?! san'atkor tuyg'u, holatlarining ifodachisi so'z. Shunday bo'ladiki, holat bor, ijodiy iztirob bor, lekin shu holat, iztirobning ifodachisi - monand so'z yo'q. Shunday paytda san'atkor yangi so'z kashf etadi, so'zlar olamida yangi mehmon ko'z ochadi. Yangi so'z tabiiy ehtiyoj, tanish holat ifodachisi sifatida tug'ilsa, yashab ketadi, tilda o'z o'rnini topadi. Odatda, yangi so'zlar so'zlashuv, jonli tilda paydo bo'lib, so'ng badiiy adabiyotga kiradi. Lekin, san'atkorlar asarlarida tug'ilib, jonli tilga qovushib ketgan so'zlar oz emas. So'nggi yillar o'zbek sheriyatida so'z izlash jarayoni kuchayib bormoqdaki, sherlarda yangi so'zlar, eski so'zlarning yangi mano qirralarini kashf etish ko'zga tashlanmoqda. Tadqiqotchi Ergash Ochilov yuzlab sherlardagi so'zlar, ularning mano-mazmuni haqida ko'yinchaklik bilan fikr-mulohaza yuritdi. Uning Har so'zning o'z o'rni bor (O'zAS 2004 yil, 3 dekabr) maqolasida nihoyatda o'rinli tanbehlar qatori yangi so'zlarning qo'llanishiga ishonchsizlik bilan qarash kayfiyati seziladi. Vaholanki, mashhur strukturalist Rolan Bart so'zlari bilan aytganda: har bir yangi so'z - yangi bayram. Toshqin o'zan bo'ylab harakatlanib, keskin, kutilmagan burilishlarga duch kelarkan, tilda huzurbahsh onlarning samarasi bo'lib yangi so'zlar tug'iladi (R.Bart. Tanlangan tadqiqotlar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.5 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.5 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga