Yangi zamon Suriya adabiyotida badiiy nasrnavislikning vujudga kelishi. Suriya adabiyotida roman janri taraqqiyoti Reja: Salim al-Bo'stoniy ijodida hikoya va roman janri. Jamil al-Mudavvar ijodida roman janri. Jurji Zaydonning tarixiy romanlari. Farax Antunning falsafiy qarashlari. alim al-Bo'stoni (1848-1884) 1848 yilda Livanning Abix qadimgi qishlog'ida suriyalik mashhur ma'rifatparvar Butrus al-Bo'stoniy oilasida dunyoga kelgan. Salim al-Bo'stoni otasi izidan ketib butun umrini ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qilishga, Suriya xalqini dunyoqarashini kengaytirishga, o'z xalqining hayotini yaxshilashga harakat qilgan. Salim al-Bo'stoning adabiy merosi juda buyukdir. U o'zidan keyin ensiklopedik, ilmiy-ommabop maqolalalardan tashqari ko'plab sherlar, tarjimalar, va tugallanmagan turk tili lug'ati qoldirgan. Shuningdek uning qalamiga ikki pesa - «al-Iskandar» va «Qays va Laylo» nomli pesalar bo'lib, ular bir necha bor Suriya ilmiy jamiyati sahnasida qo'yilgan. Uchta tarixiy romanlar «Zenobiya» (1871), «Budur» (1872) va «Suriyaga fath yurishi davridagi muhabbat» (1874) va oltita zamonaviy ijtimoiy mavzularga bag'ishlangan romanlar «Suriya bog'laridagi muhabbat» (1870), «Asma» (1873), «Hozirgi zamon qizi» (1875), «Fatina» (1877), «Selma» (1878-1879), «Samiya» (1882-1884) va ko'plab hikoyalar tegishlidir. Salim al-Bo'stoniy hikoyalari S. al-Bo'stoniyning ijodining barcha qismi ma'rifatparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan. «S. al-Bo'stoniy obraz yaratishda real hayotdan qadam tashlamadi, yozuvchi hikoyalarining syujetida biron bir yoki kimningdir ma'naviyatiga oid tezisning ochiqdan ochiq suratini kuzatish mumkin, hamda uning hikoyalari albatta nasihatomuz misollardan iborat bo'lgan. Hikoya qahramonlarining tasviri tirik inson xarakteri kabi aks yetmagan. Uning hikoyalri didaktik adabiyotning namunalaridir, ularni zamonaviy mavzudagi masallar deb ham atash mumkin»1. Uning har bir hikoyasi asosiy g'oya bo'lmish ma'rifatga ma'naviyatga chaqiruvchi nasihatomuz hikmatli gaplar bilan tugagan. Al-Bo'stoniyning 5 ta hikoyasi bizga malum bo'lib, ulardan 4 tasi oila mavzusiga 1tasi esa tarixiy mavzuga bag'ishlangandir. Uning hikoyalarining ko'pchiligi Yevropatillariga tarjima qilingan. Al-Bo'stoniyning oilaviy mavzu qalam tebratishiga shunday izoh beradiki, jamiyatni rivojlantirish, uning saviyasini, dunyoqarashini kengaytirish va jamiyat hayotini yaxshilash uchun jamitning eng kichik bo'lagidan, yani oiladan boshlash kerak, oila ta'lim-tarbiya berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Yozuvchining «Najib va Latifa» hikoyasida ta'lim-tarbiya masalasi ko'tarilgan bo'lib, yovuz va nodon rafiqa va uning odobli turmush o'rtog'i haqida hikoya qilinadi. Najim bor kuchini berib rafiqasi Latifaning kamchiliklarini to'g'rilashga harakat qiladi va niqoyat uni yangi kelinchakka aylantiradi. Latifa o'z onasining nusxasi bo'lib, unga mana shu onasi ta'lim bergan. Shuning uchun Latifa mana shunday odobsiz, tarbiyasiz qiz bo'lib usgan. Yozuvchi bu hikoyada to'g'ri tarbiya berish masalasini ilgari suradi. Bu masala o'sha davrda arab Sharqi uchun yangi mavzu hisoblangan. Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish, ularni ma'naviyati yuksak, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash, oilaparvar, insonparvar qilib tarbiyalash o'sha davr talabi bo'lgan. Oila material hisobiga turmush qurish emas, balki bir-biriga har ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.4 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.4 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:49 ]
Arxiv ichida: doc