Yunon adabiyoti Reja: Antik madaniyat va adabiyotning tarixiy ahamiyati 2. Mif va afsonalarning paydo bo'lishi qadimgi yunonlarning diniy tasavvurlari I. Antik jamiyat - insoniyat rivojlanishining alohida bosqichi sifatida. Antik jamiyatning rivojlanish bosqichlari. Antik adabiyot va madaniyatning istiqlol davri uchun tarixiy ahamiyati. Antik dunyo bilan, xususan Misr, Bobil, Yunoniston kabi mintaqalar bilan Markaziy Osiyoning madaniy aloqalari. Ipak yo'lining ko'p kismi mamlakatimizdan o'tishi hunarmandchilik, savdo-sotiqning erta va keng rivojlanishiga olib keldi. Antik dunyoning jahon madaniyatiga ta'siri, uni o'rganish manbalari. Adabiyot va yodgorliklarning saqlanishi, tarjima va qo'llanmalar. Qadimda yunon qabilalarining vujudga kelishi. Yunon folklori: mehnat va marosim qo'shiqlari, dehqonchilik qo'shiqlari, to'y va ziyofatlarda aytiladigan qo'shiqlar, ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlardan iboratligi yunon xalqining anchagina boy va rang-barang og'zaki adabiyoti bo'lganidan dalolatdir. Yunon mifologiyasi ming yillik tarixga ega. Xalq og'zaki ijodining mahsuli bo'lmish mif va afsonalar kishilarning zaif tomonlarinigina emas, balki ularning kuch-qudrati va orzu-armonlarini ham fantaziya asosida tasvirlaydi, mujassamlashtiradi, u adabiyot va san'atning ravnaq topishiga zamin tayyorlaydi. Mif va afsonalar uchun yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat o'rtasidagi kurash xarakterlidir. Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo'yib, baxt o'lkasi, baxtsizlik o'lkasi degan miflarni yaratganlar. Tabiatda ulug' va foydali kuchlar - quyosh va suv abadiy bo'lgan o'lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo'lgan o'lka bor deb hisoblaganlar. Ko'pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o'lka va ular o'rtasidagi kurash fonida gavdalanadi. Barcha xalqlarning tarixida bo'lgani kabi yunon adabiyoti ham, muqarrar, miflar zaminida yuzaga kelgan. Kollektiv ijod natijasida maydonga kelgan miflar va afsonalar kishilarning tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan. «Koinotning chaqmoq, momaqaldiroq, zilzala, bo'ron, to'fon, yong'in, oy va quyosh tutilishi kabi hodisalari qurshovida yashagan ibtidoiy odam, bu hodisalar sababini anglamasdan, tabiatdagi bu o'zgarishlarga ilohiy mano bergan. Bugun borliqni ins-jinslar, dev-parilar va boshqa turli-tuman mahluqlar makoni tarzida tasavvur etgan, ular haqida diniy afsonalar yaratgan. «O'zbek tilining izohli lug'ati»da bu so'zlar quyidagicha izohlangan: MIF - Xudolar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning yaratilishi va yer yuzida hayotning paydo bo'lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona. MIFOLOGIYa - 1. Miflar haqidagi fan. 2. Biror xalqning miflari, afsonalari majmui («O'zbek tilining izohli lug'ati», I tom, Moskva, 1981, 468-bet). Biz bu ta'rifni butunlay rad yetmagan holda, unga bir oz o'zgartirish kiritish tarafdorimiz. Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to'g'risidagi tushunchalari, tabiat va kishilik jamiyatida sodir bo'layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga intilishlari miflarda o'z aksini topgan. Shu bois ham, miflardagi xudolar, mabud va mabudalar obrazlariga ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk badiiy obrazlar sifatida qarashimiz kerak deb hisoblaymiz. Ular bu ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.05 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.05 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:49 ]
Arxiv ichida: doc