Yunon adabiyotining ibtidoiy davri 3

Yunon adabiyotining ibtidoiy davri 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Yunon adabiyotining ibtidoiy davri 3 - rasmi

Material tavsifi

Yunon adabiyotining ibtidoiy davri Reja: 1.Antik adabiyotning tarkibi, uning jo'g'rofiy o'rni va davrlari. 2. Yunoniston adabiyotining taraqqiyot bosqichlari. 3.Homer va Hesiod eposlari 4.Mil.av.gi VII - VI asrlarda Yunoniston lirikasi. 5.Antik adabiyotning tarixiy ahamiyati. Antik so'zi lotincha antiqus so'zidan olingan bo'lib, qadimgi degan ma'noni bildiradi. Antik adabiyot atamasi butun jahon adabiyotining qadimgi davriga nisbatan emas, balki faqat Yevropaadabiyotining qadimgi davriga nisbatangina ishlatiladi. Bu adabiyot ikki xalq tomonidan yaratilgan bo'lib, o'z tarkibiga ko'ra ham ikki shoxobchadan tashkil topgan: 1. Yunoniston adabiyoti; 2. Rim adabiyoti. Ulardan dastlabkisi Yunon tilida, keyingisi esa lotin tilida vujudga kelgan. Antik adabiyot urug'-jamoa va quldorlik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumida yuzaga kelib, shakllandi va rivojlandi. Qadimgi Yunonlar Bolqon yarim orolining janubi, egey dengizining orollari hamda Kichik Osiyo qirg'oqlarini maskan tutgan edilar. Qadimgi rimliklar esa dastavval Rim tevaragi, shuningdek, O'rta Italiya (Latsium)dagi uncha katta bo'lmagan hududni egallagandilar.Keyinchalik esa butun Italiyani, O'rta yer dengizi mamlakatlarini, chunonchi, Yunonistonni, va nihoyat o'sha davrda ma'lum bo'lgan Evropaning barcha mamlakatlari hamda Old Osiyoning hamma davlatlarini o'zlariga qaram qilib oladilar. Yunon adabiyotining ilk yozma obidalari milod.av.gi VII asrga, Rim adabiyotining ilk yozma obidalari esa milod.av.gi II asrga mansubdir. Milodiy V asrda Rim imperiyasining qulashi bilan Yevropatarixining qadimgi davri nihoya topadi. Yunoniston va Rim adabiyotining tugallanishi ham aynan mana shu davrga to'g'ri keladi. SHunday qilib, antik adabiyot juda katta davrni,ya'ni 1300 yilni qamrab oladi. Antik adabiyot quyidagi uch davrga bo'lib o'rganiladi: 1. Klassikagacha bo'lgan davr (eng qadimgi zamonlardan mil.av.gi VII asrgacha); 2. Klassik davr (mil.av.gi VII asrdan IV asrgacha); 3. ellin - Rim davri (mil.av.gi II asrdan milodiy V asrgacha). Yunoniston va Rim adabiyoti ham ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bilan bog'liq tarzda o'z ichida bosqichlarga bo'linadi. Biz Rim adabiyotining bosqichlari haqida keyinchalik ma'lumot berishimiz sababli hozircha Yunoniston adabiyotining bosqichlari haqida to'xtalish bilan kifoyalanamiz. Bu adabiyot quyidagi bosqichlarga bo'linadi: 1. Ibtidoiy davr (eng qadimgi zamonlardan mil.av.gi VI asrgacha); 2. Attika davri (mil.av.gi V-IV asrlar); 3. ellinizm davri (mil.av.gi II-I asrlar); 4. Rim hukmronligi davri (milodiy I-V asrlar). Ba'zi bir tadqiqotlarda Yunoniston adabiyotining genezisi haqida noto'g'ri fikrlar bildiriladi. CHunonchi, A.Alimuhammedovning Antik adabiyot tarixi darsligida: Yunon adabiyoti hech bir xalqning adabiyotiga suyanmasdan mustaqil ravishda paydo bo'lgan adabiyotdir,-degan qarash ilgari suriladi. Holbuki, Yunoniston madaniyati Krit-Miken madaniyati (mil.av.gi 2 - ming yillik) va u orqali hatto Misr va Mesopotamiya madaniyati (mil.av.gi 3 - ming yillik) bilan bog'langan hamda insoniyatning ungacha bo'lgan 2 ming yillik madaniy merosining vorisi sifatida maydonga chiqqan edi. Demak, Yunoniston adabiyoti katta adabiy tajriba negizida tarkib topdi. Boshqa xalqlarda bo'lgani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.46 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.46 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga