Zamonaviy roman imkoniyatlari

Zamonaviy roman imkoniyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Zamonaviy roman imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy roman imkoniyatlari Kuzatganmisiz, suvratga tushgan odam rasmiga bot-bot qarayveradi, o'zini o'zi endi ko'rayotganday, nimalarnidir anglayotganday bo'laveradi. Muhrlangan-ortda qolgan vaqtga boqishning sinoati, ichki bir manosi bor. Hozirgi kun, yon-verimizdagi odamlar haqida yozilgan jonli asarni o'qish, o'qish, u haqda fikrlashish, bahslashish - o'ta maroqli yumush. Ulug'bek Hamdamning «Muvozanat» romanining «Jahon adabiyoti»da chop etilganiga uncha ko'p bo'lgani yo'q. Lekin roman qo'ldan-qo'lga o'ta boshladi, tildan-tilga ko'chdi, dillardan joy olib, aks-sado bera boshladi. Asar haqida hozirgacha bilidirilgan fikrlarni (maqola, taqriz, munosabat, qutlov, mulohaza, bahs, tahlil, talqinlarni) alohida kitob qilsa bo'ladi. «Muvozanat» yoshlarning diqqatini tortganligi, qizg'in bahslarga sabab bo'layotganligi diqqatga sazovor. «Shaytanat»dan so'ng bunday o'qishli asar yaratilmagan ekan-da «Muvozanat» nimasi bilan talga tushdi, bahslarga sabab bo'ldi? Uni badiiy barkamolligi ulug'ladi desak, matbuotda asardagi jo'n jumlalar, syujet, kompozitsiyadagi baland-pastliklar qayd etildi. Asarni zamonamiz falsafasi, ruhiy-ma'naviy qarashlar jamuljami desak ham to'g'ri bo'lmaydi. Ehtimol, «Muvozanat» qaysi yo'ldan borishimiz zarurligini badiiy jihatdan isbotlab bergandir?! Ulug'bek Hamdam romani hozirgi o'zbekning o'ylari, izlanishlari, ruhiy-ma'naviy iztiroblari haqidagi asardir. «Muozanat»ning eng katta yutug'i shundaki, unda jonli, tirik, izlanuvchi, xom sut emgan bandalar timsoli tiniq tasvirlangan. «Muvozanat»da yaxlitlik, bir butunlik ruhi bor. Yodingizdami, uch o'rtoq - Yusuf, Said, Mirazim to'qlikka sho'xlik qilishadi. Ko'chaga chiqib olib qizlarga gap otishadi, o'tgan-ketganga tegajoqlik qilishadi, mushtlashishadi, to'daga tushib qolib, rosa kaltak eyishadi. O'yindan o'q chiqishiga bir bahya qolganda, uch o'rtoqning taqdiri xavfli chiziqqa o'tib qolayotganida o'rtaga Yusuf bilan mushtlashgan rus yigiti tushadi: hech kim aybdor emasligini jon-jahdi bilan isbotlaydi, hozirgina o'zi bilan mushtlashgan o'zbekni balodan qutqarib qoladi. Yana bir misol. Mirzakarim, Said o'z yo'lini topib olgan, ular qiyinchilik nimaligini bilmaydilar. Ularning xotinlari bugungi boyvuchchalar: ular bilan uncha-buncha odam gaplasha olmaydi. Lekin boyvuchcha Zuhra kambag'al Yusuf bilan talabalik yillarini, donishmand Talat aka ma'ruzalarini nurli tushda eslaydilar. Yusuf bilan Amirning hayotga qarashi, munosabatiboshqa-boshqa. lekin ular aka-uka:birining darjdi ikkinchisining armoniga aylanadi. Xullas, roman qahramonlari bir zamon, bir muhitning odamlari. Ular uchun boylik, kambag'allik hayot-mamot masalalsi emas. asar qahramonlari hozirgi hayot, pastu balandliklar, notekislaikla r, halolu haromliklar, insofu noinsofliklar haqida dildan mulohaza yuritadilar. «Muvozanat» o'zining ruhi bilan barchani birlashtirdi, boshini qovushtirdi. To'g'ri, ayrim erudit intelektuallar muvozanat falsafasi haqidagi qarashni inkor etdilar, romanning ta'sir doirasi tor ekanligini bildirdilar. Lekin «muvozanat» bugungi kishilar o'ylari, qarashlari sifatida etibor topti. Romndagi Yusuf, Amir, Odil aka, Said, Zuhra, Manzuralarning o'z qarashlari, hayotiy munosabatlari mavjud. To'g'ri, ular ishongan qarashlarni ertangi kun etishi mumkin. Lekin, muhimi shundaki, ular bugun o'ylayaptilar. «Muvozanat» romanida qahramonlar o'ylari, tushunchalari, hayotga qarashlari bilan tezoqar vaqt aro bahs bo'layotganligi ochiq-oydin seziladi. Zhro bugun hayotdan lazzat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga