Abbosiylar davri adabiyoti (750-1258 yillar VIII-XIII asrlar)

Abbosiylar davri adabiyoti (750-1258 yillar VIII-XIII asrlar)

O'quvchilarga / Adabiyot
Abbosiylar davri adabiyoti (750-1258 yillar VIII-XIII asrlar) - rasmi

Material tavsifi

Abbosiylar davri adabiyoti (750-1258 yillar ,VII-XII asrlar) RYeJA: 1. Yangilanish davriga umumiy xarakteristika. 2. Mazkur davr adabiyotidagi janrlar. 3. Yangilanish davri shoir va adiblari. Umaviylar hokimiyati inqirozga yuz tutgandan so'ng xalifalik Abbosiylar sulolasiga o'tdi. Uning asoschisi Abu-l Abbos as-Saffox bo'lib, u Umaviylar sulolasi vakillarining barchasini qatil qildirdi va poytaxtni Damashqdan Iroqdagi al-Anbar shahriga ko'chirdi. Undan keyin xalifa bo'lgan uning ukasi Abu Jafar al-Mansur(754-776) poytaxtni Bag'dodga ko'chirdi. Abossiylar davlatining rivojlanishiga forslar katta ta'sir ko'rsatdilar. Davlat tuzilishi,uning devonlaridagi ish yuritish va boshqa ko'pgina yumushlar forslar qo'l ostida bo'ldi. Bu davrida ilm - fan, madaniyat rivoj topdi. Abbosiylar madaniyati rivojiga quydagilar ta'sir ko'rsatdi. 1.Asl arab madaniyati. Uning asosida Quroni karim va u bilan bog'liq bo'lgan diniy ilmlar,arab tili nahvi - sarfi o'rin olgan. 2.Qadimgi yunon madaniyati. Bu madaniyat Sharqqa Iskandar Zulqarnayn davrida kirib kelgan bo'lib, yunonlar Sharqda o'z falsafiy yo'nalishlarini tabobat,falakiyot ilmlarini tarqatgan edilar. 3.Sharq madaniyati, Bu sharqda fath qilingan turklar, fors, hind va somiy xalqlar madaniyati majmuasidan iborat. Abbosiylar davri adabiyoti uch davrga bo'linadi. 1. Yangilanish davri (YII asr o'rtalaridan-IX asr boshigacha.) 2 .Yangilanish davriga qarshi bo'lgan muqobil davr (IX asr boshlaridan -X asr birinchi choragigacha bo'lgan davr.) 3 X asrdan- XII asrgacha bo'lgan davr arab adabiyoti, san'ati, ilm-fani madaniyati juda rivojlangan davr hisoblanadi. Abbosiylar davrida adabiyotning bosh markazi Bog'dod bo'lib,ilm fan rivoj topgan Basra va Kufa shaharlarida fanning turli sohalari arab sarfi naxvi, uning nazariyasi, adabiyot va adabiyot nazariyasi kabilar rivojlandi. Iroq shaharlaridan tashqari mashhur fan markazlari - dinga oid ilmlar- Makka va Madinada, dinga va tilga oid ilmlar Misrning Qohira va Fustat shaharlarida, Somoniylar poytaxti - Buxoroda, Tabariston poytaxti Jurjonda, Suriyadagi hamadoniylar mamlakati markazi halabda rivojlangan edi. Abbosiylar davrida sheriyat mavzui va janrlarda sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Sheriyatdagi yangi yo'nalish va yangi mavzular quydagilar: 1) Falsafiy sheriyat; 2).Sufiy sheriyat; Bashshor ibn Burd. Yangilanish davri vakillaridan biri Bashshor ibn Burd Basrada 714yili fors qullari oilasida tavallud topdi. Mustaqillikni qo'lga kiritgach, arab tilini mukammal o'rganish maqsadida badaviylar orasida yashaydi. So'ngra o'sha vaqtda ilm - fan markazi bo'lgan Basraga qaytib, ulug' ustozlardan til, adabiyot va boshqa ilmlardan dars oladi. U 10 yoshidan sher yoza boshlagan. Unig sher yozishga qobiliyati va boshqa ko'pgina ilmlardan ma'lumoti bo'lsada, tarbiyasi juda sust bo'lgan. Bu esa uning o'z asarlarida aksini topgan. Shuning uchun Basralik shayx Vosil ibn Ato va uning izdoshlari shoirni 744 yil Basrani tark etishga majbur qiladilar. Shoir Xarronga - Sulaymon ibn Xishom oldiga yo'l oladi,biroq u Bashshorni qabul qilmaydi. Shoir Iroq hokimi Yazid ibn Umar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 38.7 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 38.7 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga