Abdulhamid Cho'lpon Reja: Cho'lpon-zamon kuychisi; Cho'lpon-novatar shoir; Cho'lpon o'zbek milliy shoiri; Cho'lponning hayot yo'li; Cho'lpon-jadid ijodkor; Cho'lpon ko'pqirrali ijodkor; Ijodkor hayotining so'nggi yillari; Cho'lpon XX asr o'zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri. Uning ijodiy faoliyati adabiyotimizning yorqin sahifalaridan birini tashkil qiladi. U badiiy ijodning deyarli hamma turi bilan shug'ullangan: sher, hikoya, roman, dramma, tanqid, tarjima-hammasida ijod qilgan. Lekin, birinchi navbatda, falklyorona yangi o'zbek sheriyatining boshlovchisi bo'lib tarixga kirdi. U an'anaviy mumtoz sheriyatimizni soddalashtirdi. Voqelik yangi sheriy tizim uchun ham asasiy tasvir obyekti bo'lib, hamda baholaydigan mezon bo'lib qolaverdi. Chunki davr shuni taqozo qilgan edi. Sheriyat hech qachon kundalik xalq hayotiga bu qadar yaqin kirib bormagan edi. Xalq hayotida yuz bergan har bir hodisa unda o'sha zaxotiyoq aks sado topdi. Har bir hodisa Vatan va Millatning manfaati nuqtai nazaridan yoritildi. Zamon qorshiq edi. Bir tomondan, mustabit chor ummati qulab, tarix mustamlaka zulmini tortib kelgan millatlarga o'z mustaqilliklarini o'rnatish uchun buyuk bir imkon berdi. Ayni paytda, sho'rolar ijtimoiy ozodlikni, yo'qsilparvarlikni bayroq qilib, mehnatkash Turkiston qalbini zabt etmoq uchun kurashni kuchaytirdilar. Bunga erishdilar. Sho'rolar tuzumi, 1917 yildan 1929 yilgacha o'tish davrini boshidan kechirdi. O'tish davrining o'z xususiyatlari bor, albatta. Masalan o'zbek milliy sheriyati ifoda va timsollar tizimida oshkoralaikdan pinxoniylikka oxangda esa, keskiniylikdan murosa tomon borgani ko'rinadi. Shunga ko'ra, sheriyatimizda 10-yillarda xitob va chaqiriqlar -marsilar kuchli bo'lsa, 20-yillarda ramziy timsollar imo ishoralar ko'p. Yangi sher birgina g'oya va mazmuni emas, nafosatiga ko'ra ham milliy edi. Chunki, arabcha, farscha so'zlar o'rniga o'zbekcha an'anaviy folklariy so'zlarga etibor qaratilishi arabiy aruz o'rniga qadimiy va navqiron faliklordagi barmoqqa murojat qilinishi, sarbastning kirib kelishi bunga dalil. Ayni payitda, bu sheriyat, shu jumladan, Cho'lpon poeziyasi, bir tomondan, Sharqning boy ma'naviyati an'analariga suyansa, ikkinchi tomondan G'arbning rangin falsafasidan, ohanglaridan ham oziq oldi. Cho'lpon sheriyati Sharq va G'arbni jambul jam eta olgan sheriyatdir. Cho'lpon taxallusi bilan shuxrat topgan Abdulhamid Cho'lpon 1897 yilda Andijon shahrining qatorterak mahallasida dunyoga kelgan. Otasi Sulaymon Mullamuhammadyunus o'g'li Bazzoz bo'lgan. Bazzoz-gazlamafurush degani. Oila o'ziga to'q bo'lgan. Sulaymon bazzoz zamonasining ziyolilaridan bo'lgan. «Rasvo» taxallusi sherlar ham yozgan. Abdulhamid dastlab eski maktabda, so'ng Andijon, Toshkent madrasalarida o'qigan. Keyin Andijonda rus-tuzem maktabida ham o'qigan. Cho'lpon yoshligidan matbuotga qiziqqan. Mashhur boshqird olimi Zaki Validi (1890-1970) bilan 1913 yilda tanishgan. Uning 1912 yilda nashr etilgan «Turk va tatar tarixi» kitobi Cho'lponda katta tasurot qoldirgan. Xullas Cho'lponning matbuotdagi sher va maqolalari 1914 yildan ko'rinadi. «Sadoyi Turkiston» gazetasi 1914 yil 14 aprel sonida «15 yashar Abdulhamid afandi» ning «Turkistonli qardoshlarimizga» sherini mushtariylarga havola etar ekan, o'quvchilarni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
27.63 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
27.63 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: zip, doc