ABDULHAMID SULAYMON O'G'LI ChO'LPON (1897-1938) Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897 yili Andijonda tavallud topgan. Avval eski maktabda tahsil ko'rgan Abdulhamid keyinroq Andijon va Toshkent madrasalarida bilim olib, arab, fors, turk tillarini mukammal o'rgangan. Firdavsiy, Hofiz, Umar Hayyom, Rumiy, Alisher Navoiy kabi so'z san'atkorlari asarlarini yoshligidan sevib mutolaa qilgan, namunalar yod olgan. Andijonda ochilgan rus-tuzem maktabida dunyoviy fanlar qatorida rus tilini o'rgangan. Cho'lpon rus adabiyoti namunalari bilan ham tanishish imkoniga ega bo'lgan. Cho'lpon 16 yoshdan ijod qila boshlagan. «Doktor Muhammadiyor» hikoyasi ana shu davr ijodining mahsuli bo'lib, unda adib XX asr boshlaridagi o'zbek ma'rifatchilik harakati ta'siri ostida ma'rifatli, ziyoli kishi obrazini yaratgan. Bu obraz orqali Cho'lpon Turkiston yoshlarini chet ellarda o'qib, Yevropamadaniyatini o'rganishga chaqirgan, yurtni ilmli, ma'rifatli yoshlar obod etishlari lozim, degan g'oyani ilgari surgan. 1920 yilda nashr qilingan «O'zbek yosh shoirlari» to'plamiga Cho'lponning o'n uchta sheri kiritilgan edi. Cho'lpon shoir, yozuvchi, dramaturg va tarjimon sifatida adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan. Uning «Uyg'onish», «Buloqlar», «Tong sirlari» degan uchta sherlar to'plami, «Yorqinoy» (1926) dramasi o'zbek adabiyoti xazinasini boyitgan namunalardir. Afsuski, Cho'lpon ham ko'plab o'zbek ma'rifatparvar ziyolilari kabi mashum qatag'onlar davrining qurboni bo'lgan. Shoirning 1923 yilda yozilgan «Xazon» sherida O'rta Osiyo, xususan Turkistonning ruslar tomonidan bosib olinishi oqibatida o'lkani talash, xalqni mustamlaka istibdodiga solish bilan bog'liq achchiq hayot haqiqati lirik kechinmalar, manzaralar orqali tasvirlangan. Shoir poetik bo'yoqlar vositasida kuz tasvirini chizadi. «Kuz chog'i tuproqlar gezarib qoldilar» misrasi kutilmaganda boshiga faloqatlar yog'ilgan zamin holatini ko'z o'ngimizda jonlantiradi: gezargan tuproqlar, qizarib yongan yaproqlar, bog'larda qag'lashib qolgan qarg'alar, kimlarningdir uzilgan umidlari, «bir changal solishga» uzilgan qismatlar bir-bir ko'z oldimizdan o'tadi. Bu manzarani loqayd kuzatish mumkin emas! Ey, sovuq ellardan muz kiyib kelgonlar, U qo'pol tushingiz qorlarda yo'q bo'lsin! Ey, mening bog'imdan mevam tergonlar, U qora boshingiz erlarga ko'milsin! - deya hayqiradi shoir qalblari ham muz, istaklari ham muzday «muz kiyib kelgonlar»ga qarata. Shu tariqa rang-ramzdan obraz-ramzga ko'chish yuz beradi. Issiq jonlarni muzlatguvchi sovuq istak va tilaklar yondirgan yaproqlar qizilga bo'yaldi, so'lim bog'lardagi mevalarga chang solindi, elning rizqi tortib olindi, erki bo'g'ildi. Bilmadim, kimlarning umidi yo'q bo'lur, So'ng damda yaproqlar qizarib yondilar? Ritorik so'roq, murojaat orqali misra takrori yangi manolarni ifoda etadi, yani bu holda daraxt - millat, yaproqlar - shu millatning o'g'il-qizlari «qizarib yondilar» - mayus ko'nib qo'yaqolmadilar, balki qizarib yondilar - isyon qildilar, xo'rliklarga qarshi, bosqinchilikka, talashlarga qarshi qizarib yondilar, endi «kimlarningdir» umidi yo'q bo'lur, qismati uzilur, u «qora boshlar»i erlarga ko'milur! Bosqinchilarni tutib turgan zamin ham bir tebranib qo'ydi, kuz chog'i tuproqlar gezarib ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
32.83 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:42
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
32.83 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:42 ]
Arxiv ichida: zip, doc