Abdulla Qodiriy ijodi R e j a Abdulla Qodiriy - yangi o'zbek adabiyotining asoschilaridan biri. Abdulla Qodiriy biografiyasi. Abdulla Qodiriyning ma'rifatparvarlik ruhidagi ilk asarlari. Abdulla Qodiriy - o'zbek realistik romanining yaratuvchisi. Abdulla Qodiriy satirasi. Abdulla Qodiriyning zamonaviy mavzudagi asarlari. Abdulla Qodiriyning adabiy-tanqidiy qarashlari. Tanqid va adabiyotshunoslikda Abdulla Qodiriy ijodining o'rganilishi. ABDULLA QODIRIY (1894-1938) Abdulla Qodiriy XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. Qodiriyning o'zbek adabiyoti rivojida o'rni beqiyos. O'tgan kunlar, Mehrobdan chayon asarlari bilan u o'zbek romanchiligiga asos soldi. Qodiriyning dastlabki mashqlari 1913-1914 yillarda ilk bora nashriyot yuzini ko'rdi. Yozuvchining ilk sherlari Millatimga, Ahvolimiz, To'ydir. Unda Qodiriy g'aflatda, jaholat botqog'ida qolgan xalqining ahvolini alam bilan yorqin detallar orqali ta'riflaydi: Ko'r bizning ahvolimiz, g'aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan chog'ida vijdonni pulga sotamiz. Qodiriy tez orada sheriyatni tashlab, dramaturgiya, nasrga o'tdi, birin-ketin Baxtsiz kuyov, Juvonboz asarlarini elon qildi. Muallifning etirof etishicha, Baxtsiz kuyov Padarkush pesasi ta'sirida, Juvonboz esa tatarlarda chiqib turgan jadidchilik ruhidagi hikoya va romanlarga taqlidan yozilgan. Bu ikki asarda ham Qodiriy o'z sherlaridagi motivni davom ettiradi, jadid adabiyotiga xos g'oyalarni ilgari suradi. Oradan sal o'tmay Uloqda hikoyasi yuzaga keldi. Oybek bu hikoyaga juda yuksak baho bera di. Uloqda nomli hikoyasi Juvonboz va boshqa asarlariga nisbatan tenglashtirilmas darajada yuqori bir asar, - deb yozadi u. Bu asardan yozuvchi hikoya texnikasi, priyomlarini egallaganligi yaqqol ayon bo'ladi. Qodiriy Uloqda hikoyasi bilan o'zbek nasrida realistik metodning qaror topishiga asos soldi. Uloqda hikoyasi xalq so'zlari va ifodalari asarning badiiy to'qimasiga uzviy kirib ketganligi bilan ajralib turadi. Hikoya jonli, obrazli til bilan yozilgan. Shaxslar ham o'ziga xos til bilan so'zlaydilar. Hikoyada tashviqotchining, voizning o'rnini san'atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, balki obrazlar orqali ko'rsatadi. Adibning ana shunday asarlaridan O'tkan kunlar va Mehrobdan chayon romanlari uning ijodida eng katta hodisa darajasiga ko'tarildi. Yozuvchining etirof etishicha, O'tgan kunlarni u 1919 yilda yoza boshlagan. Qodiriy bu romanida xolis - obyektiv turib, o'tgan XIX asr o'rtalaridagi Turkiston tarixining, o'zbek xalqi hayotining haqqoniy manzarasini beradi, muhim tarixiy jarayonlarni chuqur badiiy tahlil etadi, davrning yetakchi ijtimoiy kuchlari mohiyatini ochadi, o'sha zamon kishilarining ahvol ruhiyati, orzu intilishlari, quvonch va tashvishlarini favqulodda bir mahorat bilan yorqin obrazlar orqali ko'rsatadi. Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Oftob oyim, O'zbek oyim, Hasanali obrazlari orqali adib milliy timsollar yaratdi. Romanda inson erki, muhabbati masalasi bilan bir qatorda Rossiyaga munosabat muammosi ham katta o'rin tutadi. Asar qahramonlaridan Otabek roman boshlaridayoq o'z davrining ilg'or kishisi ilgari surishi mumkin bo'lgan qarashlarni, yani Rossiyaning davlat qurilishi, qonunlari, tartiblari, maorif ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
41.99 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
41.99 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: zip, doc