Abdulla Qodiriy. Jadidchilik - adib ilk ijodining tamal toshi Reja: Jadidchilik - adib ilk ijodining tamal toshi. Kichik nasriy asarlarida ma'rifatdan realizmga o'sishi. O'tkan kunlar romani pafosi - mustaqillik. Abdulla Qodiriy - jadid adabiyotining yirik siymosi. Jadid adabiyoti beshigida balog'at va kamolotga etgan adib o'zbek realistik hikoya va romanchilik maktabiga asos soldi. U badiiy ijod va badiiy estetikada birday qalam surdi. Shu bois ham jahon adabiyotida oltinchi romanchilik maktabini o'zbek adabiyotida yaratishga muyassar bo'ldi. Adib estetik qarashlarida badiiy ijodning qator tamoyillarini etirof etgan va o'z asarlarida uni qo'llagan. Ayniqsa, badiiy asar tili borasidagi fikrlari hamma zamonlar uchun ibratlidir. U so'z qolip, mano qolip ichidagi g'isht degan edi. Ravot qashqirlari kinofilmiga yozgan taqrizida filmning hayotimizga yondashib kelgan lavhalari ko'rinishlari bus-butun deb bo'lmasa-da va lekin qisman xayoliy, soxtanamo bo'ladi kabi jumlalar bor. Adib bunday soxtaliklardan qutulishning chorasi xalq turmushini chuqur bilish deb angladi. Uning O'zbek turmushining mayda-chuydasigacha o'zbek bolasi biladi deb qo'shib qo'yishida ramziy mano bor edi. Yevropalik stsenaristlar, artist va artistkalarning o'rniga milliysini tayyorlash orqali soxtalikdan haqqoniylikka erishish mumkin, degan xulosaga keladi adib. Ulug' adib bunday estetik tafakkur sohibi bo'lishgacha jadid adabiy muhitida tarbiya topdi, qalamini charxladi. Uning badiiy qalam ushlashiga vaqtli matbuot bois bo'ldi. U yozadi: Shu miyonlarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadurg'on gazetlarni o'qib, dunyoda gazeta degan gap borlig'iga imon keltirdim Uning birinchi Yangi masjid va maktab maqolasi Sadoyi Turkiston gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan chiqdi. O'z esdaliklarining birida shularga (gazetalarga) gap yozib yuborish fikri uyg'ondi deydi. Ana shu gaplar ayrim maqolalarini hisobga olmaganda, asosan, ilk ijodini sherdan boshlab, Millatimga, Ahvolimiz, To'y kabi sherlarini elon qildi. Qodiriy badiiy qalam tebratishga kirishgan vaqtlarda Millat, Vatan tushunchalari bot-bot takrorlanadigan va uning taqdiri hamda kelajagi haqida fikr bildirilar edi. Xususan, har ikki tushuncha umum, jamoa, yagona, yaxlit Vatan, millat tushunchasiga ko'chdi. Albatta, har ikki so'zning umumel, umumxalq mano kasb etishida jadid ziyolilarining say-harakati alohida bo'lgani tayin. Jumladan, Qodiriy Ahvolimiz, Millatimga sherlarida oltin, molu mulkni maktab, dorilfununga sarflash o'rniga qishin-yozin ko'knori ichib, bedona sayratib, bolalarga kokil soldirib, oh-voh deguvchilar ustidan kuladi. Kelingiz, yoshlar, ziyolilar bu kun g'ayrat qiling, Uxlaganlarni agar qodir esak, uyg'otamiz. G'aflat uyqusidagi xalqni uyg'otish Qodiriy uchun olijanob g'oyagina emas, balki bunga jasorat va fidoiylik ham kerak edi. U bu yo'ldan toymadi. Fikrini charxlab, matonatini ko'rsata bordi. To'y sherining g'oyaviy mazmuni hozir ham o'z kuchini yo'qotgan emas. Ammo undagi tashlasun bo'lsa gar musulmon to'y misrasini to'g'ri idrok qilmoq kerak. Muallif milliy urf-odatimiz to'yni inkor qilmoqchi emas, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
50.28 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
50.28 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: zip, docx