Adabiy turlar va janrlar 3

Adabiy turlar va janrlar 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiy turlar va janrlar 3 - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Epik tur janrlari. 2. Lirik tur janrlari. 3. Dramatik tur janrlari. Badiiy asarning uchta turga bo'linishi: epik, lirik, dramatik. Epik tur-katta, o'rta, kichik turlarga bo'linishi. Lirik tur-eng qadimgi xalq qo'shiqlari. Dramatik tur-drama, komediya, tragediya. Adabiy asar biror tarixiy voqea, voqeani tanlab olish prinsipi, voqeaga bo'lgan munosabat, yani malum dunyoqarash va ijodiy metodning ifodasidir. Shuning uchun ham, adabiy asarni o'rganishda, yuqorida ko'rib o'tganimizdek, mazmun va shaklning barcha tomonlari, g'oyaviy-tematik asoslar, xarakterlar doirasi, asar syujeti va kompozitsion qurilishi, tili va o'tmish adabiy an'analar bilan aloqadorligi aniqlanadi. Adabiy asar jamiyat va yozuvchi hayotidagi malum davrning inikosi hisoblanadi. Adabiyot ideologiya shakllaridan biri sifatida ijtimoiy borliqni, obyektiv muhitni aks ettiradi. Adabiy ijodning turli xilligi uning tilida ham namoyon bo'ladi. Adabiy asarlar bir-biriga o'xshash bo'lishi ham mumkin. Bu o'xshashlik turli tarixiy muhitning o'xshashligi bilan izohlanadi va bu o'xshashlik kompozitsiyada ko'rinadi. Ammo adabiy asarlarning turlari kompozitsion qurilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Chunki adabiy turlar tasvir prinsipi, voqelikning qamrovi va aks etish tarzi, obrazlar xarakterini ochish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Chunonchi, hayotiy materialni tasvirlash xarakteri, badiiy asar asosida yotgan konflikt va uning hal etilishi, asarda voqealar bayonining kim tomonidan olib borilishiga qarab, badiiy asarlar uch katta turga bo'linadi: 1) epik asarlar; 2) lirik asarlar; 3) dramatik asarlar. Epik turda tasvirlanayotgan voqelik, asarda ishtirok etuvchi turli personajlar xatti-harakati, kechinmalari ko'proq avtor hikoyasi orqali ko'rsatiladi. Lirik turda esa voqelik ayrim shaxsning kechinmalari, o'y-fikrlari orqali ko'rsatilsa, dramatik asarlarda voqelik bevosita ishtirok etuvchi konkret shaxslarning xatti-harakati, nutqlari orqali ochiladi. Bu uch turga mansub badiiy asarlar ham hayotiy voqealarni aks ettirishning shakl va usullari jihatidan yanada mayda xillarga bo'linadi. Ana shu xillar adabiyotshunoslikda janr deb ataladi. Demak, adabiy janr 33badiiy asarlarning o'ziga xos kompozitsion qurilishiga, badiiy tasvir prinsiplariga, vositalari va usullariga, o'ziga xos bayon usullari va hayotiy qamrov imkoniyatlariga ko'ra turkumlaridir. Masalan, epik tur roman, povest hikoya, doston kabi janrlarga bo'linadi. Har bir janr ham tasvirlangan voqealarning xarakteri, mavzusi, tasvir usuli va prinsiplariga qarab yana mayda turkumlarga bo'linadi. Bunday janr xillari shartli ravishda janrning ichki turkumlari deb ataladi. Masalan, roman janrining tasvirlanayotgan voqealar xronologiyasiga ko'ra, tarixiy roman, zamonaviy roman, mavzusiga ko'ra ishqiy roman, maishiy roman, fantastik roman va hokazo turkumlari mavjud bo'lib, bular roman janrining ichki bo'linishini ko'rsatadi. Bu ichki turkumlar o'zlari mansub bo'lgan janr xususiyatlarini aks ettirganidek, adabiy janrlar ham o'zi mansub bo'lgan adabiy tur xususiyatlarini aks ettiradi. Turli yozuvchilarning bir xil janrdagi asarlariga tashlasangiz, ular o'rtasida o'xshashlik yo'qligini ko'rasiz. Ular g'oyasi, materiali, xarakteri, syujeti, tili jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 101.32 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:46 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 101.32 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga