Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik 3

Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik 3 - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik Reja: Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning vazifalari. Ko'rgazma turlari. Ko'rish bilan bog'liq ko'rgazmalilik. Eshitish bilan bog'liq ko'rgazmalilik. Ko'rgazmalilikning sintetik vositalari. Ko'rgazmali qurollardan darsda foydalanish metodikasi. Ko'rgazmalilik bilan bog'liq savol va topshiriqlar. Badiiy adabiyot borliqni jonli manzaralar, obrazlar orqali aks ettiradi. Tabiatiga ko'ra adabiyotning o'zi borliqning ko'rgazmali tasviridan iborat. Ammo adabiyot darslarida san'atning boshqa turlari: kino, televideniye, musiqa, tasviriy san'at ham yordamga kelishi mumkin. Bular adabiyot darslariga qo'shimcha axborot manbasi bo'lib xizmat qiladi, o'quvchilarda estetik tuyg'ularning shakllanishi va rivojiga imkon beradi,shuningdek adib yaratgan obrazlarning o'quvchi ongida yanada puxtaroq muxrlanishiga yordam beradi. Hozirgi paytda turli kinoapparatlar, televizor, epidiaskopmagnitafon va.b. har bir maktabda ham, har bir xonadonda ham deyarli mavjud. Bularning hisobiga ko'rgazmali qurollar doirasi yanada kengaydi. Shuni alohida takidlash joizki ko'rgazmalilikdan darsda va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish bir-biridan o'z xarakteriga ko'ra jiddiy farq qiladi hamda boshqa-boshqa maqsadlarni ko'zda tutadi. To'garak ishlarda, fakultativ mashg'ulotlarda v.b.da o'qituvchi masalan, o'quvchilarning san'atini muayyan turi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish yoki o'quvchilarni biror tasviriy san'at, musiqa asari, tele yoki kino film bilan tanishtirish vazifasini qo'yishi mumkin. Bu albatta o'quvchilarning adabiy asarlarni o'zlashtirishlariga muayyan darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Adabiyotning boshqa san'at turlari bilan o'zaro ta'siri bir xil bo'lmasa-da, o'quvchilarning IO YeATR, musiqa, tasviriy san'at haqidagi tajribalari ularning adabiy jihatdan kamolotlarida jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Darsda esa ko'rgazmalilik o'quvchilarning asarni o'zlashtirishiga yordam bera oladigan darajadagina qo'llanishi mumkin. Aks holda u birinchi alanga chiqib, asosiy mavzu orqa planda qolishi mumkin. Adabiyot darslaridagi ko'rgazmalilikning bosh vazifasi o'quvchilarga adabiy asarni idrok etishda ko'maklashish, yozuvchi ijodini to'laroq tasavvur etishga yordamlashish adabiy-nazariy tushunchalarni egallashga qo'shimcha imkon yaratish, o'quvchilar nutqini o'stirishni ta'minlashdan, bir so'z bilan aytganda adabiyot o'qituvchisi oldida turgan barcha vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat. Bu xususiyat har bir konkret holatda turli xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Ko'rgazmalilikdan foydalanganda darslarda shartli ravishda o'quvchining passiv yoki faol ishtiroki haqida gapirish mumkin. Agar ko'rgazmali qurol o'quvchi faolligiga ijobiy ta'sir ko'rsatmasa undan foydalanmagan maqul. Gap o'tmish adabiyoti, yoxud chet el hayoti bilan bog'liq asarlar ustida boradigan bo'lsa, ko'rgazmalilikning ahamiyati yanada ortadi. Zero o'quvchi xira tasavvur qilgan yoki mutlaqo tasavvurga ega bo'lmagan voqea va hodisalar haqida ko'rgazmalilik tufayli yorqinroq va aniqroq bilim va tasavvurlarga ega bo'ladi. Bunday paytda o'qituvchining izohi kamlik qiladi, ana shu ko'rgazmalilik to'ldiradi. Ko'rgazmalilik o'qituvchi izohida ham mavjud. Garchi bunday holatlarda o'quvchida passivlik sezilsa-da, ammo bu ko'rgazmalilikning rolini mutlaqo pasaytirmaydi. Ammo shunisi muhimki, ko'rgazmalilik vositasida o'quvchi faol muloqotga, suhbatga, faol fikrlash darajasiga etsin. Ko'rgazmalilik adabiy jarayon, hodisa yoki obrazning muayyan qirralarini ochishga yordam bersagina shunday bo'ladi. Bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 37.37 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 37.37 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga