Adabiyot o'qitish metodikasi fan sifatida R e j a: 1. Adabiyot o'qitish metodikasi fanining tarixi va umumnazariy masalalari. Adabiyot o'qitish metodikasi fan sifatida. Adabiyot fanining mohiyati va vazifasi. Mustaqilligimizning sharofati bilan barcha fanlar rivojlanishning to'ђri o'zanlariga tushib oldi. Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlariday: Amudaryo bilan Sirdaryo o'rtasida joylashgan hamda Movarounnahr yoki Turkiston nomlari bilan mashhur vatanimiz asrlar mobaynida jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan. Buyuk ipak yo'lidagi boђlovchi markaziy halqa, Sharq va ђarb uchrashadigan, ularning faol savdo-iqtisodiy va ma'naviy hamkorligi tuђiladigan joy bo'lgan. Adabiyot o'qitish metodikasi fani o'tmishdagi boy tajribalarni o'rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o'qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiyot Sharq xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy ma'naviy ahamiyatga ega bo'lgan. Cho'lponning Adabiyot yashasa - millat yashar degan fikri bejiz emas. Ammo uni o'qitish birdaniga hozirgi holiga kelmagan. Turkiy xalqlar orasida adabiyot o'qitish an'analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Avesto yodgorligida, Œrxun-Enasoy obidalaridayoq biz qadimgi ta'lim va tarbiya haqidagi ayrim ma'lumotlarga duch kelamiz. Ayrim asarlarni o'qish uslubi eshituvchilarga ta'sir qilishning muhim omili ekanligi qadimgi turkiylarga yaxshi malum bo'lgan. Jumladan Tishastvustik sutrasida deklamatsiya bilan o'qishga ko'rsatma berilgan. M.Qoshђariyning Devonu luђotit turki orqaali X1 asrgacha bo'lgan turkiy ta'lim-tarbiya tizimi haqida ayrim ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.Jumladan, u alohida, birgalashib va ko'plashib o'qish haqida ishoralar beradi. Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa adiblarimiz ijodida ta'lim tarbiya jarayoni, uning shakl va mazmuniga oid qimmatli fikrlar mavjud. Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolar ta'lim tarbiya, o'qituvchi xususida alohida to'xtab o'tishgan. Xalq oђzaki ijodida ham bu borada qimmatli fikrlar bor. Barkamol avlodni tarbiyalash mustaqil Œzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori bo'lishini butun jamiyatimiz his qilmoqda. Shuning uchun ham: Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyђonish ђoyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov 1995 yil fevvral oyidagi Œzbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi sessiyasidagi ma'ruzasida. ta'lim haqidagi yangi Qonunning, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ning qabul qilinishi ana shu vazifalarni amalga oshirishiga qaaratilgan jiddiy qadamdir. Bu boradagi eng asosiy maqsad barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. Har tomonlama barkamol yetuk avlodni san'atsiz, xususan adabiyotsiz tarbiyalash tasavvurga siђmaydi. Œquvchilarning adabiyot darslarida badiiy asar bilan tanishishi ularning yuksak axloqiy ma'naviy qadriyatlar bilan tanishishiga, shu sohadagi ehtiyojlarning tarbiyalanishiga imkon beraadi. Adabiyot atamasi keng va ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
46.25 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:47
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
46.25 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:47 ]
Arxiv ichida: zip, doc