Adabiyot o'qitish metodlari R e j a: 1.ta'lim jarayoni va uning asosiy xususiyatlari. Dars ta'limining asosiy shakli. O'qituvchi va O'quvchi munosabatlari. 2. ta'limdagi qo'llaniladigzn an'anaviy metod va usullar. 3.ta'limda qo'llanayotgan zamonaviy, noan'anaviy usullar ta'lim sifatida oshirish.omillari. . an'anaviy ta'limda O'qituvchi ilm beruvchi, tarbiyalovchi, O'quvchi esa bilim oluvchi hamda tarbiyalanuvchi shaxs: ta'limning asosini dars tashkil etadi. Darsning maqsadi uning tashkil etish va olib borishda qo'llanish ilg'or metod va usullarga ko'ra ta'limning natijasi, yani sifati yuzaga keladi. O'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining asosida muayyan fandan o'quv dasturiga ko'ra eng ko'p darajada bilim egallash, ma'naviy jihatdan tarbiyalashni tashkil qiladi. Bugungi ta'limda o'quvchi faoliyatini jonlantirish uning ijodiy qobiliyatini o'stirish, mustaqil amaliy ish yuritish malakasiga ega qilish muhim hisoblanadi. Ifodali o'qish. Adabiy o'qish barcha janrlardagi adabiy asarlarni ifodali o'qish qoidalariga binoan ravon nutqda, ifodali, tushunarli va jozibali tarzda o'qishdir. O'quvchi asarni ifodali o'qiyotgan shaxs shu asarning mazmunini tinglovchiga etkazishga undan badiiy zavq olishga ta'sir ko'rsatadi. Adabiyot darslarida hamisha ifodali o'qishdan foydalaniladi. Agar dars ifodali o'qish darsi sifatida tashkil etilgan bo'lsa, bu metod sifatida namoyon bo'ladi. Agar dars malum asar tahliliga bag'ishlangan bo'lsa ifodali o'qish usul sifatida qo'llaniladi. Metod keng manodagi tushuncha bo'lib o'quvchilarni malum ijodiy ishga yo'llash yoki muayyan bilimlar berishdagi o'qituvchi qo'llaniladigan ta'lim vositasidir. Ijodiy o'qish. Malum asardan parchalarni matn mazmunini umuman o'zgartirmasdan o'qishdir. Masalan: Yulduzli tunlardan umumiy mazmunini saqlagan holda ijodiy o'qish mumkin. Sharhli o'qish usulidan klassik matnlarni o'rganish va tahlil qilishda foydalaniladi. O'qituvchi har bir bayt mazmunini sharhlab, tushuntiradi, izoh talab so'zlarga izox berashi. Rollarga bo'lib o'qish usulidan sahna asarlarini yoki nasriy asarlarni o'rganishda foydalaniladi . Jo'r bo'lib o'qish usuli ta'limning boshlangan bo'g'inlarida qo'llaniladi va o'quvchini umuman kitob o'qishga o'rgatiladi. Sssenariy o'qish usulidan tayanch va yuqori sinflarda foydalaniladi. Matnni o'qib o'rganish asosida sssenariy tuzish amalga oshiriladi. Bu usul matnni mustahkam o'zlashtirish va qayta hikoyalashga yordam beradi. 2. ma'ruza metodidan vsosan yuqori sinflarda foydalaniladi. Sarhisob mavzular, davrlarga obzor berish, malum yozuvchining hayoti va ijodini monografik tarzda o'rganshda ma'ruza metodidan foydalaniladi. Suhbat metodi. Agar darsning qurilishi o'qituvchi va o'quvchi o'tasidagi adabiy muloqotga asoslansa va unda o'qituvchining o'quvchi o'rtasidagi savol-javoblar, ayrim paytlarda munozaralar yetakchilik qilsa, bunday dars suhbat metodiga tayanadi. 3.Tadqiqot metodi. Sinfda o'qib o'rganilgan ijodkor uslubining yangi qirralarini o'rganishda tadqiqot metodidan foydalaniladi. Tayanch sinflarda adabiyotni o'rganishda badiiy asar qismlari bo'yicha rejalar tuzdiriladi. Yuqori sinflarda esa monografik mavzularni o'rganish jarayonida o'qituvchi o'z ma'ruzasining rejasii beradi. Mazkur rejalarda belgilangan masalalarga oid adabiyotlar ko'rsatiladi. O'quvchilar qo'shimcha adabiyotlar, matbuot materiallari yordamida rejadagi masalalarni to'ldirgan holda o'rganadilar. Mustaqil holda. insho, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
39.48 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:47
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
39.48 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:47 ]
Arxiv ichida: zip, doc