Adabiyot o'qitishning asoslari

Adabiyot o'qitishning asoslari

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot o'qitishning asoslari - rasmi

Material tavsifi

adabiyot o'qitishning asoslari Reja: Shaxs ma'naviyatining shakllanishida adabiyot o'qitishning ahamiyati. Adabiyot o'qitishning maqsadi. Adabiy ta'limning vazifalari. Adabiyot o'qitishning mazmuni. Xalqning madaniy saviyasi o'sib borishi bilan umuman san'atning, xususan, adabiyotning shaxs ma'naviyatiga va u orqali jamiyat hayotiga, uning ma'naviy-psixologik iqlimiga ta'siri ham orta boradi. Shuning uchun ham jamiyat hayotining burilish davri bo'lgan hozirgi kunlarda adabiyot yosh avlod ma'naviyatini shakllantirishda beqiyos o'rin tutadi. Badiiy adabiyot nafaqat xalq ma'naviy qiyofasini shakllantirishda, balki mamlakat iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishda, sotsial rivojlantirishni yaxshilashda ham katta o'rin tutadi. Chunki jamiyat taraqqiyoti tezligi unda yashayotgan odamlarning intellektual va ruhiy imkoniyatlariga bog'liqdir. Binobarin, jamiyat a'zolari tafakkuri va ma'naviyatining qandayligi jamiyat taraqqiyotining suratini belgilaydi. Millat yoshlarining ma'naviyati qaror topishida maktabda adabiyot o'qitish muhim o'rin tutadi. Yoshlarning muayyan hayotiy vaziyatlarda qaysi yo'lni tutishi, qanday to'xtamga kelishi, ko'zda tutgan ishlarni qay saviyada bajarishlari, ko'p jihatdan, maktabda badiiy asarlarning qanday o'rgatilishiga bog'liqdir. Shuning uchun ham adabiyot metodikasi ilmi uchun adabiy ta'limning asoslarini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Sho'rogacha bo'lgan davrda adabiyot islom aqidalariga amal qiladigan, shariat talablarini bajaradigan, ilohiy ma'rifatga intilib, Allohning jamolidan bahramand bo'lishga urinadigan shaxslarning ma'naviyatini tarbiyalash maqsadida o'qitilar edi. Bu, albatta, umumiy mo'ljal, intilinadigan oliy mara edi. Lekin u har bir maktabdor va undagi o'qituvchi uchun yagona mo'ljal edi deb aytish mushkul. Chunki maktab xususiy, o'qitish ixtiyoriy bo'lgani uchun bu borada har xilliklar bo'lishi tabiiy edi. Sho'ro davrida esa adabiy ta'lim o'quvchilarda kommunizm ishiga sadoqat, Lenin g'oyalariga ishonch hamda g'oyaviy-siyosiy yetuklik shakllantirish maqsadida o'qitilar edi. Bu maqsad, ayniqsa, o'zbek maktablarida yalang'och ko'rinish olgan edi. Shuning uchun ham bizda badiiy asarlar, asosan, ijtimoiy nuqtai nazardan talqin etilishi avj olgan. Zamonaviy manodagi milliy adabiyot o'qitish metodikasi ilmini shakllantirishda karvonboshi bo'lgan, bu soha bilan professional darajada shug'ullangan ilk olim S. Dolimov birinchi bo'lib ushbu fan tomonidan hal qilinishi zarur bo'lgan muammolarni ilmiy asosda ko'rsatib beradi: Metodika bir-biri bilan bog'langan quyidagi masalalarni hal qiladi: kimni o'qitish va nima uchun uni o'qitish kerak (bu - ta'limning maqsadi), nimani o'qitish lozim (bu - ta'limning mazmuni va sistemasi), qanday qilib o'rgatish kerak (bu - ta'limning formasi va metodi) (Dolimov U. Jadid maktablari: ularda ona tili va adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslari. Pedagogika fanlari ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiya. -T.: 2007. 65-bet). Malumki, ilmda masalaning to'g'ri qo'yilishi muhim sanaladi. Chunki to'g'ri qo'yilgan masala erta bo'lmasa, kechroq, qachondir o'zining haqqoniy yechimini topadi. Noto'g'ri qo'yilgan masala esa, kishini chalg'itib haq yo'ldan uzoqlashtiradi. Keltirilgan ko'chirmadan olimning adabiyot o'qitishning asoslarini to'g'ri belgilab olish maktab adabiy ta'limini yo'lga qo'yish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 32.21 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 32.21 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga