Ahmad Yassaviy 3

Ahmad Yassaviy 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Ahmad Yassaviy 3 - rasmi

Material tavsifi

AHMAD YaSSAVIY Ahmad Yassaviy XII-XII asrlar o'zbek tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi, yassaviya (jahriya) nomli tariqatning asoschisidir. U Sayram shahrida tug'ilgan, ammo uning tug'ilgan yili aniq emas. Otasi Shayx Ibroxim Yassi (Turkiston) va Sayramda ko'p yillar shayxlik qilgan. Ahmad etti yoshga kirganda otasi o'lib, etim qoladi. Uning bolalik yillari Sayramda o'tadi. U Yassida o'z davrining yirik shayxi Arslonbobdan tahsil oladi. Arslonbob vafot etgach, u tahsilini Buxoroda yirik mutasavvuf Yusuf Hamadoniydan oladi. Yusuf Hamadoniy vafotidan keyin bir necha vaqt uning o'rnida o'tiradi, so'ngra Turkistonga qaytib, shayxlik qiladi. Mana shu davrda uning shuhrati ortib ketadi, u haqda turli rivoyatlar paydo bo'ladi. Xalq orasida u haqda «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» kabi yuksak etirofli iboralar yuzaga keladi. Ahmad Yassaviyning qancha umr ko'rganligi ham malum emas. Ammo ko'pgina ilmiy risolalarda u 1166-1167 yillarda vafot etgan deb ko'rsatiladi. Sayram, Turkiston shaharlari atroflaridagi ko'pgina muqaddas joylar Ahmad Yassaviyning otasi Shayx Ibrohim, onasi Qorasochmomo, aka-ukalari Latif ota va Mustafoquli otalarning nomlari bilan bog'lanadi. Jahongir sarkarda va hukmdor Amir Temur 1395-1397 yillarda Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyga muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara sobiq ittifoq hukmronligi yillarida ancha qarovsiz qolgan. Mustaqillik yillarida bu dargohni obodonlashtirish ishlariga katta etibor berildi. Ahmad Yassaviy sheriyatning ta'sirchanligi va qudratidan foydalanib, o'zining so'fiyona, yani Ollohni va shu asosda borliqni, jumladan, insonni targ'ib etuvchi sheriy asarlar yaratdi. Ular bizga qadar bir oz o'zgargan holda «Hikmatlar» nomi bilan, yaxlit holda «Devoni hikmat» nomi bilan etib keldi. So'fiylik tasavvuf deb, shu ruhda yozilgan adabiyot esa «tasavvufiy adabiyot», «tasavvuf sheriyati» kabi atamalar bilan yuritiladi. Tasavvuf o'zining tarixiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan kishilarning hukmdorlar tomonidan ortiqcha ezilishiga, hayotda haqsizlik, imonsizlik, zo'ravonlikning kuchayib ketishiga qarshi bildirilgan norozilik sifatida yuzaga kelgan. Uning mohiyatini diniy, e'tiqodiy poklik orqali butun jamiyatni poklash g'oyasi tashkil etadi. Shuning uchun ham Ahmad Yassaviy ta'limotiga ko'ra, inson faoliyati va hayotining barcha bosqichlari «shariat», «tariqat», «ma'rifat» va «haqiqat»dan iboratdir. Bunday tasavvufona g'oya uning hikmatlarida o'z ifodasini topgan. «Devoni hikmat»ga kiritilgan asarlarda zolimlar va haqsizlik, adolat va haqiqat, donolik va nodonlik haqidagi g'oyalar xalqqa juda ham yaqin til hamda shaklda bayon etilgan. Hikmatlarda takidlanishicha, insonning ruhiy pokligi jamiyat hayotining kechish tarzini, uning ravnaqi va davomiyligini ta'minlaydi, inson faqat ruhiy poklik orqaligina yagona yaratuvchi - Ollohning jamoliga - haqiqatga etadi. Ruhiy poklikka esa ma'rifat orqali erishiladi. ma'rifat insonning barcha ilmi asrorlarini, hunar va tajribalarini to'liq o'rganib, o'zlashtirib kamolga etkazishdan iborat. Shuning uchun Ahmad Yassaviy o'z hikmatlarida donolikni ulug'lab, nodonlar bilan bo'lmaslikka chaqiradi. U o'z qarashlarini shunchaki nazariy jihatdan bayon etmaydi, balki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 27.25 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 27.25 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga