Alisher Navoiy merosining shuhrati Reja: Alisher Navoiy merosi an'anasining davom ettirilishi: Alisher Navoiy merosining ahamiyati haqida Alisher Navoiy xalqimizning ong va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs Alisher Navoiy o'zining ko'pqirrali ijodiy faoliyati davomida nafaqat turkiy xalqlar, balki jahon tamadduni xazinasiga qimmatbaho ilmiy-badiiy asarlarni hadya etdi. Bu asarlar esa Alimsher Navoiy hayotligi vaqtidayoq turkiygo'y va forsiygo'ylar orasida keng tarqaldi, unga javoban asarlar yozish an'anasi boshlandi. Fikrimizning istiboti uchun Alisher Navoiyning «koshki» radifli g'azaliga Abdurahmon Jomiyning fors tilida o'xshatma yozgani, Husayn Boyqaroning esa javobiya g'azal bitganini eslatish mumkin. Bu hol Alisher Navoiy umr kechirgan Hirot shahrida sodir bo'lgan. Ammo xuddi shu vaqtda Rum ( Turkiya) da ham Alisher Navoiy g'azallariga javoban yozilgan sherlarning maydonga kelishi esa Alisher Navoiy asarlarining nafaqat tarqalish doirasi, balki undan ilhom olib, asarlar yozish an'anasi doirasining ham kengayib borayotganidan dalolat beradi. Bu jihatdan Istanbul universiteti professori Osman Fikri Sertkaya hamda Oysha Gul Sertkayalarning keyingi tadqiqotlarida muhim dalillar keltirilgan.2 Jumladan, Oysha Gul Sertkayaning Istanbul kutubxonalaridagi qo'lyozmalardan aniqlashicha, XV asrning 80- yillarida Shayxzoda Abdurazzoq bahshi Alisher Navoiyning: Seni ko'rgach der edim bir mehrubonim bor emish, Alloh-Alloh ne balo botil gumonim bor emish,- matlali g'azaliga ikkita nazira- g'azal yozgan ekan: 1.Podshohim davrida bir xush zamonim bor emish, Barcha xavfu ham xatardin ko'p amonim bor emish. 2.Ul pariruxkim aning og'zi ajoyib tor emish, Ko'rsa ming zohid kuyub, lali labiga zor emish. Diqqatga sazovor joyi shundaki, Shayxzoda Abdurazzoq bahshi Alisher Navoiy g'azalini keltirishidan oldin shunday yozgan ekan: «Amlah ush- shuaro mavlono Navoiy aytur», yane «shoirlarning shirinso'zlisi bo'lmish mavlono Navoiy aytadi». Demak, Alisher Navoiy hayotligi vaqtidayoq faqat Xuroson va Movarounnahrda emas, balki Rum diyorida ham shirinso'zli mohir shoir sifatida etirof etilib, uning sheriyat maktabi- mahorat maktabi sifatida qaralgan va an'anasi davom ettirilgan. Bunday hol XVI-XX asrlarda ozarboyjon ( Fuzuliy), turkman (Maxtumkuli), turk (Mullo Ajam Hofiz, Niyoziy, Shukriy, Kotibiy),fors-tojik(Davlatshoh, Vosifiy), qozoq (Abay), totor va boshqa ko'pgina shoirlar ijodiyotida ham ko'zga tashlanadi. O'zbek adabiyotining XV-XX asrlardagi tarixini ko'zdan kechirgan kishi bu davrda faoliyat ko'rsatgan Husayn Boyqarodan boshlab Muqimiy va Furqatlargacha, hozirda esa Erkin Vohidov va Barot Boyqobilovgacha barcha shoirlar u yoki bu tarzda Alisher Navoiy sheriyati maktabini o'tganlari va bundan faxrlanganlarining guvohi bo'ladi. Bugina emas, bu ulkan mutafakkir va shoirning hayoti, faoliyatiga bag'ishlab, roman (Oybek «Navoiy»), dostonlar turkumi (B.Boyqobilov «Yangi Xamsa»), qissa va hikoyalar (Mirkarim Osim), sahna asarlari ( Uyg'un, Izzat Sulton «Alisher Navoiy») qator sherlarning yaratilgani ham Alisher Navoiy abadiyatidan dalolat beradi. Alisher Navoiy asarlarining sho'hrati Sharqu G'arbda turli tarzda ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
40.12 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:50
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
40.12 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:50 ]
Arxiv ichida: zip, docx