Alisher Navoiyning nasriy asarlari tasnif va tavsif

Alisher Navoiyning nasriy asarlari tasnif va tavsif

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiyning nasriy asarlari tasnif va tavsif - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning nasriy asarlari tasnif va tavsif Reja: Alisher Navoiyning shoir, dostonnavis bo'lish bilan bir qatorda mohir nosir ham ekanligi; Nasriy asarlarning tasnifi Nasriy asarlarning tasnifi: risola: «Mezon ul-avzon», «Risolai muammo» (adabiyot-shunoslikka oid), «Muhokamat ul-lug'atayn» (qiyosiy tilshunoslikka oid), «Sabat ul-abhur» (lug'at), «Vaqfiya» (vaqfdan foydalanish va madrasadagi ta'limga oid) tazkira: «Majolis un-nafois» (shoirlar haqida), «Nasoyim ul-muhabbat» (mutasavvuflar haqida), «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam» (tarixiy va rivoyatiy shaxslar haqida); holot: «Xamsat ul-mutahayyirin» (Abdurahmon Jomiy haqida), «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad». maqolat-noma: «Mahbub ul-qulub», «Munojot» «Munshaot». Nasriy asarlarning yuqoridagi tasnifi asosida tavsifi: yozilish tarixi va sabablari, janri, mazmuni, badiiyati. Nizomiddin Amir Alisher Navoiy - Foniy buyuk shoir, ulkan dostonnavis bo'lish bilan bir qatorda o'sha davrdagi nasr an'analarini yangicha davom ettirgan, turkiy - o'zbek ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-axloqiy va badiiy nasrini nodir yodgorliklar bilan boyitgan adib hamdir. Alisher Navoiyning nasriy asarlari mavzu, janr va badiiyati jihatidan rang-barangdir. Bu asarlar qanday mavzuga bag'ishlanganliklaridan yoki qaysi janrga mansubliklaridan qatiy nazar o'sha davrdagi nasrning ilmiy-badiiy, estetik talab va mezonlariga to'la-to'kis muvofiq bo'lib, Navoiyga qadar bo'lgan turkiy-o'zbek nasrini har jihatdan boyitdi. Alisher Navoiyning nasriy asarlari asosan o'zbek tilida yozilgan bo'lib, «Risolai muammo» va «Devoni Foniy» dagi nasriy debocha fors-tojik tilidadir. Alisher Navoiyning nasriy asarlarini yo'nalishi nuqtayi nazaridan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ilmiy, tazkira, holot, ijtimoiy-axloqiy. Risola.Alisher Navoiy nasriy risolalarining bir qismi ilmning turli sohalari, jumladan, adabiyot nazariyasi, qiyosiy tilshunoslik, iqtisod va madrasalardagi ta'limning amaliy masalalariga bag'ishlangan. Quyida bularning ayrimlari haqida muxtasar to'xtalamiz. «Mezon ul-avzon». Adabiyot nazariyasi, xususan aruz ilmi aruz masalalariga bag'ishlangan «Mezon ul-avzon» (vaznlar o'lchovi) o'zbek adabiyotshunosligi tarixida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan ilmiy risoladir. To'g'ri, Alisher Navoiyning mazkur risolasi yaratilgunga qadar va uning zamonasida ham arab, fors-tojik hamda o'zbek tillarida mazkur masalaga oid risolalar yozilgan edi. Jumladan, Xalil ibn Ahmadning arab tilidagi «Kitob ul-ayn», Shamsiddin Qays Roziy «Al mo'jam» ining bir qismi, Abdurahmon Jomiy, Sayfiy Buxoriylarning fors-tojik tilidagi «Aro'z» risolalari, Shayx Ahmad Taroziy qalamiga mansub o'zbek tilidagi «Funun al-balog'a» asarining bir qismi va boshqalar. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon»i esa bu risolalardan o'zining ko'pgina fazilatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, risola faqat aruz ilmiga bag'ishlanib, o'zbek tilida yozilgan; ikkinchidan, aruz ilmi turkiy sheriyat asosida talqin qilingan; uchinchidan esa, Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: «Chun ul Hazratning (Sulton Husayn Boyqaroning- B.V.) muborak xotirlari sher buhuru avzonig'a va nazm qavoidu mezonig'a muncha moyil erdi aruz fanidan bu muxtasar sabt bo'ldi va anga «Mezon ul avzon» ot qo'yuldi va necha qoidau doira va vaznkim, hech aruzda, misli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.42 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.42 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga