Alisher Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari

Alisher Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari Reja: Alisher Navoiy va Samarqand mavzui haqida Ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) Samarqand shahrida Samarqand. Ne-ne olimu adibni, shoiru nosirni, mutafakkiru muarrixni, rassomu naqqoshni, dillarga orom bahsh etguvchi xonandayu, ko'ngillarni rom qiluvchi navozandani, zarrin qalami bilan ajdodlar hikmati va donishmandligini avlodlarga etkazguvchi mo'tabar xattotlarni, ellarni ellarga, uluslarni uluslarga payvandlaguvchi mohir tujjorlarni etishtirgan tabarruk maskan! Bu sharafli maskanda asrlar nafasi, turli davrlar kuy-ohangi, tabarruk ajdodlarimizning mushoirasi esadi, yangraydi, eshitiladi. Ana shu jo'r ovozda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylarning, mavlono Sakkokiy va Zahiri Samarqandiylarning, mavlono Mirzobek va Riyoziylarning, Zahiriddin Muhammad Bobur va mavlono Vosifiylarning, odam ush-shuaro Rudakiy va olimlar sarvari mirzo Ulug'beklarning o'zlariga xos sadosi beg'ubor qalblarga singib ketadi. Samarqandning niliy gumbazli tarixiy yodgorliklarini ko'rganda, nafasi ufurib turgan ko'chalardan yurganda, mashhur Konigil, Bog'i Shimol va Bog'i Zog'onlarni kezganda mirzo Ulug'bek, mavlono Sakkokiy, alam ul-ulamo Fazlulloh Abulaysiy, Alisher Navoiylarning ovozi eshitilganday tuyuladi, ularning tabarruk poyqadami izlari tasavvur etiladi va bu zaminda yurish naqadar fayzli, sharafli hamda mas'uliyatli ekanligini yurakdan his qilasiz. Negaki, Samarqandning ilmiy-adabiy muhiti ne-ne allomayu adiblarning kamolotiga hissa qo'shmadi. Shuning uchun Abdurahmon Jomiy Samarqand muhitida barkamollikka erishishga naqadar intilgan bo'lsa, ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy ijodiyotining yuqori zinalarga qadam qo'yishida mirzo Ulug'bek yaratgan ilmiy-adabiy muhit ta'siriyu mashhur Abulaysiylar xonadonining sabog'i ham shunchalik sezilarli va samarali bo'lgan edi. Alisher Navoiy va Samarqand mavzui haqida so'z ketganda kishi ko'z o'ngida darhol marhum akademik Vohid Abdullaevning siymosi gavdalanadi. Zeroki, Vohid Abdullaev bu mavzuni 30 - yillarning oxirlarida ustod Sadriddin Ayniyning maslahati bilan navoiyshunoslikka birinchilar qatorida keng o'rganib, maqola va risolalar yozib qoldirgan va umrining oxirigacha (1985 yil) undan ko'ngil uzolmagan edi. Shunday bo'lgach, bu mavzuga yana murojaat qilishning zarurati bormi, degan savolning tug'ilishi tabiiy. Ha, zarurati bor. Chunki bu mavzu eskirmaydigan va hamisha izlanishni, uning yangi-yangi qirralarini kashf etishni talab qiladigan mangu mavzulardandir. Buning ustiga o'sha vaqtlarda yoritilishi yoki yozilishi imkonsiz bo'lgan tomonlari ham borki, endilikda ular haqida bemalol mulohaza yuritish, tarixiylik va haqiqatga to'la amal qilish fursati etdi. Bundan tashqari Alisher Navoiyning Samarqandda ijod etgan g'azallarini aniqlash ham ko'ndalang bo'lib turibdi. Bularning hammasi mazkur mavzuni ko'lga kiritilgan ilmiy xulosalarga tayangan holda davom ettirish va kengaytirish tabiiy bir hol. Ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) Samarqand shahriga 1465-1466, yani 24-25 yoshligida tashrif buyurgan edi. Bu davrda Alisher Navoiy o'zining shoirlik mahorati bilan Xuroson va Muovarounnahrda tanilgan edi. Bu holni uning Mashhaddaligi vaqtida shoir Turbatiy bilan muloqotidan ham; xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortuqroq-uksukrakkim, o'zlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.8 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.8 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga