Amerika adabiyoti J.London va E.Xemenguey ijodi Reja: Amerika adabiyoti taraqqiyoti. Jek London hayoti va ijodi. J. London romanlari va hikoyalari. E.Xemenguey hayoti va ijodi. Chol va dengizasari tarjimasi va tahlili. Jek London - XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshida yashab ijod etgan Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, keng xalq ommasining o'z huquqlari uchun kurashini aks ettirgan mashhur realist yozuvchi. Jek London Kaliforniya shtatining San-Frantsisko shahrida kambag'al fermer oilasida tug'iladi. U bolalik chog'laridanoq hayotning hamma og'ir mashaqqatlarini boshidan kechiradi - o'n yoshidan ko'chalarda gazetalar sotadi. Jek o'smir yoshiga etgach, konserva fabrikasida 12-14 soatlab ishlaydi. Bunday ish uni, shubhasiz, holdan toydiradi. Jek ustritsa balig'ini yashirincha ovlash bilan ham shug'ullanadi. Matros bo'lib Uzoq Sharqqa qatnaydi, bir necha muddat elektrostansiyada o't yoquvchilik qiladi. Ko'p o'tmay ishsiz qolib, mamlakat bo'ylab kezib chiqadi. Jek London 1895 yilda ishchilar partiyasiga azo bo'lib kiradi va uning tashviqotchilik va targ'ibotchilik faoliyati boshlanadi. 1896 yilda u yozuvchilikka berilib, o'z kuchini turli janrlarda sinab ko'radi. Universitetga kirib bir yil o'qiydi, ammo iqtisodiy ahvoli o'qishni tashlab ketishga (1897) majbur etadi. Kir yuvish korxonasiga ishga kirganida, og'ir mehnat uning tinkasini quritadi. Shundan so'ng u oltin koni topilgan AlyAsqada ishlab, katta hayotiy tajriba orttirib qaytadi. Yosh Jek har qadamda burjua jamiyati tug'dirgan dahshatlar nimadan iborat ekaninn o'z ko'zi bilan ko'rib ulg'ayadi. Jek Londonning ijodi shunday og'ir sharoitda boshlanadi. 1899 yilda Amerika jurnallarida Shimol hayotidan olib yozilgan «Yo'ldagilar sharafi uchun», «Oq sukunat», «Bo'rivachcha», «Qirq mil narida» va boshqa hikoyalari paydo bo'ladi. «Otalar xudosi» (1901), «Sovuq bolalari» (1902) hikoyalar to'plami yozuvchiga katta shuhrat keltiradi. 1905-1910 yillar Jek London ijodining yuqori cho'qqisi hisoblanadi. U shu davrda «Temir tovon» va «Martin Iden» kabi eng yaxshi romanlarini yozadi. Jek Londonning hayoti qisqa, lekin ijodi sermahsuldir. U juda ko'p hikoya, qissa, ocherk, pesa va romanlar yaratadi. Hikoyalarining aksariyati Uzoq Shimoldagi mashaqqatli turmushga bag'ishlangan. Mangu sovuq va Oq sukunat o'lkalaridagi og'ir hayot romantik qahramonlarni tasvirlashga material bo'lib xizmat etadi. Zo'ravon jamiyat siyosatlaridan uzoqdagi bu erlarda haqiqiy insonniylik sinovdan o'tadi, xudbinona intilishlar shaxsni qanday fojiali ahvolga olib borishi mumkinligi o'zining real ifodasini topadi. O'sha erlarda kapitalistik madaniyat va uning yaramas xulq-atvoriga go'zal tabiat va uning keng bahrida ishlayotgan odamlarning juda qiyin va erkin hayotlari qarshi qo'yiladi. Shimol haqidagi hikoyalarining personajlari turli toifa kishilaridir. Ular orasida oltin izlovchilar va ovchilar, sayyohlar, avantyurist va boshqalar bor. Shimol muhiti odamlarga ta'sir etmay qolmaydi. Masalan, «Jis-Uk» hikoyasida Bonnar chekka yerga borib qolib, o'sha yerda besh yil yashaydi. Mehnat uni yalqovlik va yengil-elpi harakatlardan qutqaradi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
343.27 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
343.27 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: zip, doc