Avvalgi qadam - ishonch Tayanch tushuncha va iboralar: ilmiy-tanqidiy matn, tabdil qoidalari, muallif dunyoqarashi, lisoniy sath, mualif-kotib-nashrga tayyorlovchi munosabati, matn tarixi, sistemali yaxlit nazariya Bugun jumhuriyatimizda faoliyat ko'rsatayotgan fondlarning deyarli barchasida mavjud qo'lyozma va toshbosma manbalarning ichki katalogini tuzish ishi nihoyasiga etgan, har bir manba haqidagi dastlabki ma'lumotlar elektron shaklda yig'ilgan. Navbatdagi bosqichda mazkur manbalar bo'yicha qilinayotgan turli sathdagi ilmiy tadqiqotlarni monografik planda chuqurlashtirish, matnshunosligimizning ilmiy-tanqidiy matn tuzish yo'lida orttirilgan boy tajribalaridan foydalanib, o'tgan avlod shiddat bilan boshlagan ishni himmat va shijoat bilan davom ettirishimiz lozim. Ana shundagina ota-bobolarimizdan meros qolgan bu bebaho ilm xazinasining haqiqiy vorisiga aylanamiz. Bazan mumtoz adabiyot matnlarining eski o'zbek yozuvidan joriy alifboga tabdilida, mazkur matnlarning talqinida yoppasiga savodsizlikni kuzatamiz. Yoppasiga deyishimizdan maqsad, tabdil qilingan ayrim matnlardagi xatolar nafaqat shaklda, balki manoda ham, talqinda ham bir yo ikki o'rinda emas, ketma-ket, qatorasiga sodir etiladi. Ayniqsa, arabiy so'z, jumla, matnlarni o'zbekchalashtirishda o'ta etiborsiz va mas'uliyatsiz yondashuvlar, tarjimada o'zbek tilini dominant sifatida bilmaslik va natijada o'zbek tilining talaffuz tabiatini hisobga olmasdan boshqa tillarga sun'iy tarzda moslashtirishlar, maxsus tushuncha va istilohlarni izohsiz, bilib-bilmasdan qo'llash tufayli qo'pol xatolarga yo'l qo'yilyapti. Masalan, yozma va og'zaki nutqda joriy bo'lgan, tilimizga allaqachon o'zlashib ketgan Olloyor so'zini yozuvda Ollohyor, Allohyor deb yozish va zo'rma-zo'raki talaffuz qilishga o'zni majburlashning sababi nimada? Agar buni e'tiqodga daxldor masala deb qaralayotgan bo'lsa, kamida kaltabinlik qilinayotgan bo'ladi. Sog'lom aqida ko'rko'rona taqlid bilan emas, xolis ilm bilan barpo bo'ladi. Dunyodagi barcha xalqlar, qabila-elatlar o'ziga xos tili bilan yaratilgan. Ona tili, uning tabiati, barcha qonun-qoidalari har bir xalqning belgilab qo'yilgan daxlsiz huquqi. Bu haqqa tajovuz qilish haqiqatga qarshi borishdan boshqa narsa emas. Arabcha izofali birikmalar imlosida ham tilimizda xilma-xilliklar kuzatilyapti. Masalan, Mahbubul qulub birikmasini olib ko'raylik: Mahbub ul-qulub, Mahbub ul qulub, Mahbubul qulub, Mahbubu-l-qulub. Xo'sh, bu shakllarning qaysi biri o'zbek tilining lisoniy qonun-qoidalariga nisbatan muvofiqroq? Savolga javob topish uchun avvalo, arab tilidagi izofa tushunchasining lisoniy sathda nimani anglatishini bilishimiz lozim. Izofa qaratqich- qaralmish munosabati vositasida tarkib topgan birikmadir. Yuqoridagi birikma misolida olib qaraladigan bo'lsa, bosh kelishikdagi sifatdosh mahbubun (محبوبٌ - sevilgan,suyukli) va bosh kelishikdagi ot qulubun (قلوبٌ - qalblar) shakllari aniqlik artikli al vositasida birikkan. Natijada har ikkala so'zdagi bosh kelishiklik belgisi un (ٌ) o'zgarishga uchragan: mahbubun so'zidagi oxirgi n tushib qolgan va qulubun so'zidagi un i(qaratqich qo'shimchasiga)ga aylangan. Natijada suyukli va qalblar so'zlaridan qaratqich-qaralmish munosabatidagi Qalblarning suyuklisi (محبوبُ القلوبِ) birikmasi yasalgan. Bir guruh olimlar bu masalada izofali birikmalarning arab tilidagi yasalish holati imkon qadar o'zbek tilida ham aks etishi mantiqqa ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.87 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.87 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:54 ]
Arxiv ichida: doc