Ayris Myordok

Ayris Myordok

O'quvchilarga / Adabiyot
Ayris Myordok - rasmi

Material tavsifi

Ayris Myordok (1919-199) Uning haqiqiy ismi Deym Jin Ayris Myordok, turmushga chiqqach esa missis Jin O' Beyli. Yuksak mahorat egasi, sermahsul yozuvchi Ayris Myordok adab-axloq masalalarini afsona va asotirlar nuri orqali ko'rgan. Yozuvchi sifatida o'ta talabchan bo'lib, muharrirlarga o'z asarlaridagi birorta harfni ham o'zgartirishga ruxsat bermagan. 40 yilda 26 roman yozgan. Ayris Myordok 1919 yil Irlandiyaning Dublin shahrida tug'ilgan. Myordok familiyasi kelib chiqishiga ko'ra, shotland-gaels(kelt) tiliga mansub bo'lib, adibaning onasi, qizlik familiyasi bo'yicha Iren Alis Richardson, irland operasida qo'shiqchi bo'lgan. Otasi Uils Jon Nyus Myordok, birinchi jahon urushi davrida kavaleriyada xizmat qilgan. Urushdan keyin davlat xizmatchisi bo'lgan. Myordoklar oilasi qizcha tug'ilgach, Londonga ko'chib o'tadi va Ayrisning bolaligi shaharning g'arbiy chekkasida, Xammersmit va Chizvichda o'tadi. Ayris Myordok Angliyaning ikki nufuzli universitetini tamomlagan. Dastlab Oksfordda qadimgi tillar, antik davr tarixi va falsafasidan ta'lim oldi. So'ngra Kembrijda falsafa bilan yanada keng va chuqurroq shug'ullandi hamda dissertatsiyasini himoya qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Ayris kommunistik partiya ishlarida faol qatnashdi. Ammo keyinchalik kommunistlardan ko'ngli qoladi va tashkilotdan chiqadi. 1938-1942 yillarda moliya vazirligida ishlaydi. BMT tashkil etilgach, uning tasarrufidagi Yordam tashkilotining Avstriya, Belgiya bo'limlarida faoliyat yuritdi. So'ngra Londonga qaytib keladi va malum muddat hech qaerda ishlamaydi. Ko'p o'tmay aspiranturaga hujjat topshiradi va faylasuf olim Lyudvig Vitgenshteynning kurslarida ma'ruzalar tinglaydi. 1948 yil Ayris Myordokni Sent-Annsning Oksforddagi kolleji kengashi azoligiga saylashadi. Bu yerda u 1963 yilgacha dars beradi. Aynan shu davrlarda uning ijodiy faoliyati boshlanadi. 1963-1967 yillarda Qirollik kollejida san'at kursidan ma'ruzalar o'qiydi. Myordokning birinchi nashr qilingan ilmiy ishi Sartr-romantik ratsionalist nomli tanqidiy ocherk bo'lib 1953 yilda elon qilingan. Ayris o'sha davrdagi yetuk va mashhur modernchi olim Sartr bilan uchrashib, ekzistentsializm haqida suhbatlashadi. Myordok kelib chiqishi Chexiyalik yahudiylardan bo'lgan shoir va qomusiy bilim egasi Frants Shtaynerga qattiq mehr qo'yadi. Ammo oilaning do'sti Elias Kanettining yozishicha, 1952 yili Frants Ayrisning qo'lida yurak hurujidan vafot etadi. So'ngra Elias Kanneti bilan Ayris o'rtasida ishqiy munosabatlar bo'lib o'tadi. Biroq 1956 yilda u o'zidan olti yosh kichik bo'lgan Jon Beylga turmushga chiqadi. Beyl bu paytda o'zining nasriy asarlarni elon qilgan, Oksford universitetining ingliz tili kafedrasi professori edi. Ular o'ttiz yildan ko'proq Stipl-Eshton shaharchasidagi Kedar Loj nomli eski uyda istiqomat qilishadi. So'ngra Oksford universiteti yaqinidagi uylardan biriga ko'chib o'tishadi. Bu paytgacha Myordokda bir necha ishqiy munosabatlar bo'lib o'tadi, ammo Beyl bunga parvo qilmaydi va Ayrisni kechiradi. Bu nikoh ikki olimning baxtli ittifoqi edi. Beyl Ayris nomidan taqrizlar yozgan. Ayrisga kelgan xatlarga Ayris nomidan javoblar qaytargan. Ammo Ayrisning ijodiy faoliyatiga hech qanday ta'sir ko'rsatmagan. Ularda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.62 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.62 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga