Badiiy asar tili 3

Badiiy asar tili 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asar tili 3 - rasmi

Material tavsifi

Badiiy asar tili Reja: Badiiy til tushunchasi. Badiiy til badiiy informatsiya yetkazish vositasi. Badiiy tilning spetsifik xususiyatlari. Badiiy nutq shakllari. Badiiy tilning adabiy til hamda milliy til tushunchalari bilan munosabati. Yirik rus filolog olimi G.Vinokur badiiy asar tili nima degan savolga jo'ngina qilib: Badiiy til deganda badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til tushuniladi deb yozgan edi. Tabiiy bir savol tug'iladi: badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til umumxalq tili, milliy til, adabiy til atamalari bilan yuritiluvchi, biz kundalik aloqa-aralashuvda foydalanadigan tildan boshqami, boshqa bo'lsa nimasi bilan farqlanadi? Bu savolga javob berish uchun har ikki til bajarayotgan funksiyalardagi farq va mushtaraklikka diqqat qilish zarur. Kundalik muloqotda ishlatiluvchi til ham, badiiy til ham informatsiya yetkazish va informatsiya olishga xizmat qiladi. Biroq bu o'rinda o'sha etkazilayotgan informatsiyaning tabiatiga diqqat qilish zarur. Muloqot tili etkazgan informatsiya oddiy informatsiya bo'lsa, badiiy til badiiy informatsiyani etkazadi, shunga ko'ra, muloqot tili aloqa-aralashuv vositasi bo'lsa, badiiy til badiiy muloqotning amalga oshishiga xizmat qiladi. Qanday qilib badiiy til etkazayotgan informatsiya badiiy informatsiyaga aylanadi? Bu savolga javob berish uchun poetik tilning spetsifik(belgilovchi) xususiyatlariga diqqat qilish zarur. Poetik tilning o'ziga xosligini belgilovchi eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik va emotsionallikni ko'rsatish lozim. Poetik til deyilganda ko'pchilik (ayniqsa, adabiyotshunoslikdan yiroq kishilar) go'zal tashbehu istioralar yoxud boshqa tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va h.) ishlatilgan, bezakdor, bo'yoqdor, jimjimador tilni tushunadi. Suhbat asnosi sal chiroyliroq, jimjimadorroq gapirgan kishiga nisbatan bazan ja-a badiiy qilib gapirarkanmi qabilidagi tanalarni eshitib qolishimiz ham shu xil tushunishning natijasidir. Aslida esa bu yanglish tasavvurdir. Zero, ayrim asarlar borki, ularda bu xil vositalar ishlatilmasligi yoxud juda kam bo'lishi mumkin, biroq bu bilan shu asar tili badiiylikdan mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning Xotirot sheridan olingan bir parchaga etibor qilaylik: Uydan ketganimga o'n yil bo'libdi, O'n yil qishlog'imdan yuribman uzoq. Men yurgan yo'llarda o'tlar unibdi, Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq. Mazkur parchaning badiiy asardan olingani, uning badiiy tilda insho etilgani shubhasiz. Biroq, etibor berilsa, unda ishlatilgan til unsurlari ham biz kundalik muloqotda ishlatadigan unsurlardan farqli emasligi, unda badiiy vositalar ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba uchun shu parchada berilgan informatsiyani kundalik muloqotda ishlatiluvchi tilga o'girib ko'raylik va tasavvur qilingki, bu gaplarni kundalik muloqot paytida sizga kimdir gapirmoqda: - Uydan ketganimga o'n yil bo'libdi. O'n yil qishlog'imdan uzoq yuribman. Men yurgan yo'llarda o'tlar unib, men kezgan so'qmoq ko'milib bo'libdi Ko'rib turganingizdek, biz bu yerda sherdagi so'zlarni aynan keltirdik, bu yerda bironta so'z o'zgartirilgani yo'q. Shartga ko'ra, agar o'zgartirilgan parchadagi gaplarni sizga kimdir kundalik muloqotda aytyapti, deb faraz qilsak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 142.16 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:55 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 142.16 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga