BYeRDAQ - QORAQALPOQ ADABIYoTINING ASOSChISI Reja: Berdaq hayoti va ijodi. Berdaq - dostonnavis. Berdaq va o'zbek adabiyoti. Jahon adabiyoti taraqqiyotidan malumki, har bir xalq tarixida, ijtimoiy va madaniy hayotida o'zining sezilarli «muhri», tabarruk «iz»larini qoldirgan ulkan san'atkorlar bor. Ular o'zlarining hayotiy faoliyatlari va ijodlarini hamisha oddiy mehnatkash xalq taqdiri bilan birga his qilganliklari, har qanday sharoitda ham xalq dardi, orzu-umidlariga hamdard va hamnafas bo'la olganliklari uchun ham umri boqiy va buyukdirlar. Bunday san'atkorlar haqida tarihdan juda ko'p siymolarning nomlarini misol tariqasida keltirib o'tish mumkin: Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Jomiy, Sadiy, Fuzuliy, Pushkin, Maxtumquli, Lermontov, Nekrasov, Abay, Tolstoy Qardosh qoraqalpoq xalqining farzandi, bu xalq adabiyotining faxri va asoschisi, demokrat shoir Berdaq ham yuqorida qayd qilingan mashhur san'atkorlar sirasiga mansubdir. Berdaq XIX asrda, Turkiston o'lkasidagi feodal xonliklarda,ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot nihoyatda og'ir, murakkab sharoitlarga tushib qolgan va O'rta Osiyoni Rossiya bosib olingan davrda yashadi va ijod etdi. Shoir 73 yil umr ko'rdi, uning qariyb yarim asrdan mo'lrog'ini badiiy ijoddek mashaqqatli, mas'uliyatli, lekin sharafli ishga bag'ishladi. Avlodlarga 20 ming misradan ziyod sher, xalq hayoti va kurashining turli davrlarini badiiy shaklda ko'rsatib berishga bag'ishlangan o'nga yaqin yirik epik dostonlarni meros etib qoldirdi. Shoir edim, ko'zim ko'rganin yozdim, Ko'nglimning sezganin, bilganin yozdim, Zamon jafosidan sarg'aydim, ozdim, Kelurmi deb yaxshi kunlar xalq uchun deb yozgan shoirning qalb so'zlari haqqoniyligini tarixiy faktlar misolida ham ko'rish mumkin. Malumki, qoraqalpoq xalqining No'g'oy o'rdasidan ajralib chiqqandan keyingi (XVI asr) tarixiy taqdiri Turkiston o'lkasidagi turli xonliklar territoriyasida yashovchi har xil xalqlar, asosan o'zbek xalqining taqdiri bilan mustahkam bog'liq bo'lib qoldi. Biroq feodal zulmat hukmron bo'lgan o'lkada bu jabrdiyda, tarixning beomon fojialariga ko'p marta duchor etilgan xalqning mehnatkash farzandlari o'z erklari, haq-huquqlariga ega emas edilar. Bunday ayanchli hol, Jiyan Jirov aytganidek, qoraqalpoqlarning «posqan el», yani darbadar xalq bo'lib, Berdaq takidlaganidek «yuz yil qo'nim bilmay» ko'chib yurgan. Bir tomondan, Xiva xonlarining «marhamati» sifatida «inom» etilgan Orol dengizining sho'rxok va qumloq dasht-biyobonlari, Amuning quyi qismlari bu mehnatkash xalq iqtisodiy taraqqiyotini cheklar, doimiy suvsizlik, manzil erlarning og'ir tabiati ularning hamrohi edi. Ikkinchi tomondan, ancha miqdordagi bo'liq, suvga serob, serhosil erlarni egallab olgan bir guruh mahalliy boylar va biylar zo'ravonligi, otaliq va xon tomonidan tayinlangan noiblarning shafqatsiz ekspluatatsiyasi, Xiva xonlari belgilagan son-sanoqsiz soliqlar xalqning tinka-madorini quritar edi. Hayotning mazkur achchiq haqiqati qoraqalpoq folklorida, XIX asr boshlariga kelib qoraqalpoq xalqi orasidan etishib chiqqan yozma edabiyot vakillari Jiyan jirov, Kunxo'ja, Ajiniyoz va nihoyat Berdaq ijodida o'chmas iz qoldirdi. Jumladan, Jiyan jirovning - mashhur «Posqan el» dostonida qoraqalpoq xalqining ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.2 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.2 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:58 ]
Arxiv ichida: doc