Botanika fanining predmet maqsad va vazifalari

Botanika fanining predmet maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Botanika fanining predmet maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Botanika fanining predmet maqsad va vazifalari Reja: O'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati Botanika fanining rivojlanishi O'simliklar morfologiyasining yo'nalishlari Tuban va yuksak o'simliklar O'simliklarning ko'p yillar davomida o'sish xususiyatlari O'simliklar tanasining suvdan quruqlikka chiqishi bilan differentsiatsiyalashuvi Organlarning paydo bo'lishi Simmetriya Botanika - o'simliklar haqidagi ularning tuzilishi, tarqalishi, rivojlanishi, hayotiy faoliyati, kishilik jamiyati va xo'jalik uchun ahamiyatini o'rganuvchi fandir. Botanika - (yunoncha «botane» (botane) - o'simlik, ko'kat, o't degan so'zdan olingan) biologiya fanining bir bo'limi bo'lib, zoologiya bilan birgalikda yer sharida tarqalgan tirik mavjudotlarni o'rganadi. O'simliklar va hayvonlar organizmlari hayotning qadimiy oddiy shakllaridan paydo bo'lgan va shuning uchun tirik organizmlarga xos bo'lgan barcha xususiyatlarga (moddalar almashinuvi, ta'sirlanish, oziqlanish, ko'payish, o'sish, rivojlanish va boshq.) ega. Lekin o'simliklar, hayvonlar hamda boshqa tirik mavjudotlar o'rtasidagi chegaralar to'g'risida turlicha qarashlar mavjud. Bakteriyalar va ko'k-yashil suv o'tlari boshqa tirik mavjudotlardan o'zlarining tuzilishi, hayotiy jarayonlari bilan keskin farq qiladi. Shuning uchun ularni ayrim prokariotlarga ajratilgan. Prokariotlarda (Yunoncha pro-oldin, karion-yadro) shakllangan yadro bo'lmay, mitoz, meyoz, jinsiy ko'payish jarayonlari ketmaydi. Bu esa ularning boshqa yadroli - eukariot organizmlarga (eu - haqiqiy, yaxshi, karion - yadro) nisbatan juda sodda ekanligini ko'rsatadi. Prokariotlar yer yuzida 2-3 milliard yil oldin paydo bo'lganligi aniqlangan. Barcha tirik organizmlar uchun xos xususiyat - tashqi muhit bilan doimo moddalar almashinib turishidir. Bu ikki bir-birlariga qarshi lekin bir-birlaridan ajrala olmaydigan jaayonlardir: 1) organizm tashqi muhitdan moddalarni yutib tanasining tarkibiga kiradigan moddalarni sintezlaydi (assimilyatsiya jarayoni); 2) organizmda doimo moddalarning chirishi va ajralishi mavjud bo'lib turadi (dissimilyatsiya jarayoni). Bu ikki jarayonning kelishib ishlashi natijasida organizm o'zining shaklini va uzviyligini saqlaydi. Ko'pchilik o'simliklar fotosintez xususiyatiga ega bo'lgan yashil rangli pigment - xlorofillni (xloros - yashil, fillion - barg) saqlaydi. Fotosintez jarayonida birinchidan quyosh nuri energiyasi yutiladi va o'simlikda yashirin energiyaga aylanadi. Ikkinchidan shu energiya hisobiga yashil o'simliklar tashqi muhitdan suv va unda erigan anorganik birikmalar va karbonat angidridi olib, organik moddalarni sintezlaydi. Bu xususiyatlariga asoslanib yashil o'ismliklarni avtotroflar (yunon. avtos - o'zi, trofe - oziq) organizmlar deyiladi. Fotosintez vaqtida paydo bo'lgan organik moddalarni o'simliklar ikki xil yo'l bilan foydalanadi: 1) tanasining tarkibiga kiradigan murakkab moddalarni hosil qilishda birlamchi material sifatida 2) nafas olganda ajralib chiqadigan energiyani hosil qilishda. Avtotrof o'simliklarga qarama-qarshi hayvonlar tanasida anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qila olmaydi. Ular o'simliklar hosil qilgan tayyor - organik moddalar bilan ovqatlanadi va tanasida ularning energiyadan foydalanib qayta ishlab chiqaradi. Shuning uchun ularni geterotrof (yunon. - geteros - boshqa) organizmlar deyiladi. Geterotrof organizmlarga hayvonlardan tashqari zamburug''lar, bakteriyalar va bazi xlorofillsiz organizmlar kiradi. Yer yuzida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 78.02 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 78.02 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga