Bugungi kun she'riyatining tamoyillari

Bugungi kun she'riyatining tamoyillari

O'quvchilarga / Adabiyot
Bugungi kun she'riyatining tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Bugungi kun sheriyatining tamoyillari Reja: Bugungi kun sheriyatining o'ziga xos xususiyati. Islom asotirlari va g'oyalari bilan sug'orilgan sheriyat, Sheriyatda milliy g'oya va milliy mafkuraning ifodasi. Bugungi kun sheriyatida poetik obraz va motiv. E.Voxidov , A.Oripov sherlari zamirida yotgan g'oya . Iilliylik bilan sug'orilgan sherlarning ahamiyati. X.Xudoyberdieva sherlarining xususiyati. Istiqlol tufayli ma'naviy qadriyatlarga, madaniyatga, jumladan, so'z san'atiga nisbatan munosabat tubdan o'zgardi. Yangi davr nafaqat adabiyotimiz tarixiga, balki zamonaviy adabiy -badiiy jarayonga ham yangicha g'oyaviy - estetik mezon bilan yondoshishni taqozo qiladi. XX asr o'zbek sheriyatining erk uchun olib borgan kurashi etiborga loyiqdir. U ikki bosqichga egadir: birinchisi, asrimizning ilk bosqichiga, ikkinchisi esa, oltmishinchi yillarga to'g'ri keladi. Hozirgi o'zbek sheriyatining ma'naviy miqyosi, badiiy, salohiyati kundan - kunga o'sib boryapti. Shu manoda hozirgi o'zbek adabiyotida lirika alohida o'ringa ega. Unda zamondoshimiz qalbida kechayotgan his - tuyg'ularni aks ettirish barobarida, jamiyatimizning har bir azosida mustaqillikka shukronalik, porloya; kelajakka bo'lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat etmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning «Odamlarda o'zligini anglash, milliy g'urur, oriyat, o'tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni o'z qo'limizga olganimizdan g'ururlanish kabi tuyg'ular kamol topyapti, ularning bugungi va ertangi ishonchi ortib borayapti», - degan fikr bugungi sheriyatga ham tegishlidir. Bu kun sheriyatining tabiati va uning zamiridagi falsafiy g'oyani ochib berish, uning yetakchi g'oyaviy - badiiy tamoyillarini aniqlash, o'zbek sheriyatining istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi. Malumki, ijtimoiy hayotda kechayotgan evrilishlar birinchi navbatda lirikada aks-sado beradi. Bu narsa uning tamoyillarini ham belgilaydi, Bugungi adabiy jarayonda- to'rt qiladi. Birinchi navbatda, O'zbekistonning maqomiga ega bo'lishi bilan milliy uyg'onish g'oyalari balqib turgan sherlarga alohida etibor berish lozim bo'ladi. Biz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,Oydin Hojieva, Halima Xudoyberdieva, Jamol Kamol, Gulchehra Nurullaeva, Muhammad Yusuf, Xurshid Davron, Azim Suyun, Yusuf Jumaev kabi shoirlarning yangi sherlarida kitobxonni yangi tarixiy voqelikni his qilishga, yangilanish va poklanishga chorlovchi g'oyalarni ko'ramiz. Bu g'oyalar avvalgidek hayqiriqlar tarzida baland pardalarda aytilgan, ammo yurakka etib bormaydigan so'zlar bilan tarannum etilgan emas. Aksincha, yurak qaridan, yurak qonlariga qo'shilib chiqqan, shuning uchun ular boshqa yuraklarga ham etib bordi va bormoqda. Shu tarzda xalqni - mustaqillik yo'liga chiqib olgan xalqni uyg'otuvchi, unda milliy *urur va e'tiqod, istiqlol va istiqbolga ishonch tuyg'ularini ardoqlovchi sherlar bugungi adabiy jarayondagi birinchi va yetakchi tamoyil hisoblanadi, Totalitar tuzum va uning mafkurasi milliy Respublikalar xalqlarining tarixidan, madaniyati ildizlaridan mahrum etibgina qolmay, diniy an'analari va urf-odatlarini ham payhon qilib tashladi. Diniy madaiiyat o'rniga bu xalqlarga berilgan markscha-lenincha-ta'limot esa ular imkonini salomat olib qololmadi. So'nggi yillarda dinga erkinlik berilishi,islom ta'limotiga oid ilmiy ommabop asarlarning paydo bo'lishi va boshqa tadbirlar natijasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 42.61 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 42.61 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga