Cho'lpon hikoyalarining strukturasiga doir Reja: Cho'lpon hayoti va ijodiga berilgan baholar. Badiiy asarlar badiiy kommunikatsiya vositasi sifatida. Cho'lpon hikoyalarining strukturasi. Epilogning asar strukturasida tutgan o'rni va u bajarayotgan g'oyaviy-badiiy funksiyalar. Yaqin o'tmish adabiy merosiga munosabat masalasi istiqlol arafalaridan boshlab adabiyotshunosligimizning markaziy muammolaridan bo'lib kelayotgani malum. Tarixga hakamlik qilishdek o'ta masul vazifani zimmaga olgan holda qilgan say-harakatlarimiz bilan qator adibu shoirlarimiz hurmat shohsupasidan olindi, ularning o'rniga boshqalar chiqarildi. Charxpalak dunyo, deydilar: shu hikmat yodga olinganda yuqoridagiga teskari jarayon yuz bermaydi, deya ishonch bilan aytishimiz qiyinlashadi. Nega? Oddiygina misol: o'n-o'n besh yil davomida Cho'lpon hayoti va ijodiga berilgan baholar yildan-yilga o'zgarib, ijobiylashib («sho'ro tuzumini qabul qilgan» - «sho'ro siyosatining ayrim tomonlari bilan kelisholmagan» - «sho'ro tuzumini qabul qilmagan») keladi. Ayni paytda, Cho'lpon ham o'z vaqtida sho'rolarni maqtagan-ku? qabilidagi birmuncha asosli etirozlar ham tez-tez eshitilib turadi. Qiziqg'i shundaki, adabiyotshunosligimiz tayangan tamoyillar kecha birovni, bugun boshqasini haq deyishga, kechagina qoralashga asos bo'lgan narsaga tayanib bugun maqtashga imkon bera olar ekan. Demak, borki illat badiiy adabiyotga yondashishimizda va, ko'pchilik etirof etayotganidek, uni o'zgartirmasdan turib adabiyotimizni xolis baholashimiz dushvor. Navbatdagi ikki bobda badiiy adabiyotga badiiy kommunikatsiya vositasi sifatida yondashgan holda shu masalaga aniqlik kiritishga harakat qilamiz. Modomiki, badiiy asarni badiiy kommunikatsiya vositasi deb tushunar ekanmiz, uning tabiatini boshqa kommunikativ vosita - gap bilan muqoyasada o'rganish qulay ko'rinadi. Zero, kommunikativ birlik sifatida ularning qator mushtarak jihatlarga ega ekanligi shubhasizdir. Avvalo shuki, so'zlovchi gap vositasida o'zgalar bilan muloqotga kirishganidek, yozuvchi ham asari vositasida o'quvchi bilan muloqotga kirishadi. Muloqotga kirishayotgan shaxs esa, malumki, har vaqt uchta asosiy maqsadni ko'zlaydi: a) reprezentativ - tinglovchi(o'quvchi)ga muayyan informatsiyani yetkazish; b) ekspressiv - informatsiyaga o'z munosabatini ifodalash; v) apellyativ - tinglovchi (o'quvchi)ga muayyan ta'sir o'tkazish. Aytish kerakki, kommunikativ birlikda shu uchala maqsad har vaqt hozir bo'lgani holda, har bir konkret birlikda ulardan biri yetakchilik qiladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, gap bilan adabiy asar bajarayotgan birlamchi funksiya ham, ularni yuzaga keltirayotgan motivlar ham o'xshash ekan. Demak, adabiy asar bilan gap tashkillanishi(struktura) jihatidan ham bir-biriga yaqin bo'lishi tabiiy. Shu o'rinda yana bir muhim nuqtaga diqqat qilish zarur: adabiy asarda ijodiy jarayon(va ayni shu jarayondagi ijodkor shaxsi) akslanganidek, gapda ham nutqiy situatsiya (va shu situatsiyadagi so'zlovchi shaxsi) muhrlanadi. Yani ijodiy jarayon badiiy asarda, nutqiy situatsiyaning bir parchasi gapda predmetlashadi. Qarashlarimizda ayni shu nuqta ayricha ahamiyat kasb etadiki, unga urg'u berishimiz bejiz emas. Adabiyotshunos M.Baxtin nutqiy janrlar haqida fikr yuritarkan, gap tushunchasiga eng oddiy jumladan tortib butun boshli adabiy asarlargacha kiritadi va ularni nutq jaryonidagi bir zanjir deb hisoblaydi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
96.17 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:00
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
96.17 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:00 ]
Arxiv ichida: zip, doc