Cho'lpon. Adibning ilk nasrida jadidchilik g'oyasi

Cho'lpon. Adibning ilk nasrida jadidchilik g'oyasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Cho'lpon. Adibning ilk nasrida jadidchilik g'oyasi - rasmi

Material tavsifi

Cho'lpon. Adibning ilk nasrida jadidchilik g'oyasi Reja: Adibning ilk nasrida jadidchilik g'oyasi. Cho'lpon sheriyatida milliy istiqlol istaklari. Kecha va kunduzda jadidchilik tilaklari. XX asr adabiyoti purquvvatini ikki buyuk siymo, biri - nasrini Qodiriy, ikkinchisi, sheriyatini Cho'lpon tashkil qiladi. Cho'lpon o'zbek sheriyatiga yangi to'n kiydirdi (V.Mahmud), romanchiligida yangi dadil qadam tashladi. Uning ijodi kechagi Cho'lpon, bugungi Cho'lponga bo'lib, qismatga taqsimlab o'rganishni kechagi va bugungi mafkura taqozo qildi. Istiqlol g'oyalarini ustuvor turib kuylagan va himoya qilgani uchun ham u sho'ro davrida badnom qilindi. Hatto 30-yillarda uning ijodi borasida Shayxzodaga maxsus kitob ham yozdirishga qaror qilindi. Boringki, ulug' adib ijodi cho'lponizm rukni asosida teskari tahlil qilindi, hatto uning ijodi adabiy jarayonda uzoq vaqt o'rganilmadi. U 1956 yil ziyolilar qurultoyida oqlandi. Istiqlol davriga kelib esa uning ijodi aslicha o'rganildi va baholandi. Cho'lponizm nomi bilan adib ijodining qoralanishi butun adabiy merosi bilan mudroq, g'aflatdagi o'lkani bedor qilish, xalqni milliy uyg'onishga davat etishi bois edi. Cho'lponning shunday yo'l tutishi shart edi. Chunki o'sib, voyaga etib, qo'liga qalam tutgan muhiti milliy bedor bo'lishga yo'l axtarayotgan bir davr bo'lgan. Axtaruvchilar safiga Cho'lpon ham qo'shilgan. U majburiylikdan emas, balki tabiiy ravishda ma'rifatparvarlik oqimiga sho'ng'ib ketdi. Otasi Sulaymon bazzoz o'g'lidan yaxshigina mullavachcha tayyorlamoqchi edi. Uning baxtiga o'zi takidlaganidek: Men u yerda bir kishi bilan tanishdim va bu kishi menga ta'sir ko'rsatdi. U Quronni boshdan-oyoq yod olgan mulla bo'lgani uchun mudarris, degan nufuzli unvonga sazovor bo'lgan. U Istanbuldagi panturkistlar markazidan panturkistlar va panislomistlar ta'limotini tarqatish uchun Xitoy Turkistoniga yuborilgan va Farg'onada tashviqot uchun to'xtagan bir turk edi. U meni turli-tuman muammolar bilan birinchi marta tanishtirib, menda siyosiy va adabiy ishga qizg'in havas uyg'otdi. Ammo mudarrislik qilish o'rniga men milliy o'zbek yozuvchisi bo'lishga ahd qildim, otamdan ham, mullalardan ham qochib, Toshkentga bordim va u yerda sherlar, hikoyalar yozib, jurnallarga yubordim. Cho'lponning Toshkentdagi ijodiy faoliyati 1913-1914-yillarga to'g'ri keladi. Bu davrda jadidchilarning ayni avj parda faoliyati edi. Hatto Kecha va kunduz romanining qahramonlaridan biri Qanday yaxshi gazetalar bor Orenburgda, Qozonda, Ufada, Bokuda, Astraxanda, ayniqsa, Moskvada Boqchasaroyga besh so'm pul yuborsangiz, bir yilgacha har kuni Tarjimon keladi, deydi. 1914 yil Cho'lpon ijodining ilk davri, ayni sermahsul pallasi hisoblanadi. Shu yili 18 aprelda Sadoyi Turkiston gazetasida uning ilk sheri Turkistonlik qarindoshlarimizga, sal o'tmay Qurboni jaholat hikoyasi bosilib chiqdi. Shu ro'znomada Adabiyot nadur? nomli ilmiy maqolasi ham elon qilinadi. Bu maqolaning yozilganida Cho'lpon endigina 16 yoshga to'lgan edi. U bunday maqola yozishga manan tayyor edi. Fors, rus, arab tillarini mukammal bilardi, Tarjimon orqali adabiyot ilmidagi gaplardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.34 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.34 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga