Cho'qon Valixonov ijodi. Reja Cho'qon Valixonov hayoti va ijodi. Zobitlik faoliyati. Cho'qon Valixonov - qozoq xalqining buyuk olimi. Cho'qon Valixonov hayoti va ijodi. Chukon Chingiz o'g'li Valixonovning asl ismi - Muhammad Xanaviya bo'lib, kozok xalqining buyuk olimi, demokrat-ma'rifatparvari, tarixchisi, etnografi, folklorshunos, sayyox va jugrofidir. Chukon Valixonov 1835 yilda Kozogistonning hozirgi Kustonoy viloyatida Kuchmurin degan joyda tug'ilgan. U Abiloyxonning evarasi. Chukon ilk bor Kuchmurindagi kozok maktabida ukib, arabcha xat tanigandan sung, «xon bolasi ettita til bilishi kerak» degan gap bilan sharq tillarini, shu jumladan, arab, chigotay, shuningdek Markaziy Osiyo xalqlari tillarini xam mukammal urgandi. 1847 yili 12 yashar Chukonni otasi Omskidagi kadet korpusiga o'qishga beradi. Unda alo baholar bilan ukigan Chukon o'z dustlari orasida obru-etiborga loyik bo'lib voyaga eta boshlaydi. Kadet korpusida G.N.Potanin bilan birga ukiydi, ular samimiy dust buladilar. Chukon ukib yurgan vaqtida Tuktamishning «Xon yorligini» chuqur urgandi. Bu Chukon Valixonovning ilmiy izlanishidagi ilk kadami edi. Shunday qilib, 14-15 yoshdagi Chukonga kadet korpus o'qituvchilari mexr bilan yondoshib, unga kelajakdagi buyuk olim deb karay boshlaydilar. Shu paytlarda u tarix, jugrofiya fanlariga alohida etibor berib, kunt bilan ukib-o'rganadi. Zobitlik faoliyati.Chukon 1853 yili 18 yoshida Omskidagi kadet korpusini, yani harbiy o'quv yurtini tamomlagach, Sibir kazak-rus 6-chi otlik Askar polkining zobiti bo'lib ishga utadi. 1861-1802 yillari Sankt-Peterburg universitetining tarix-filologiya fakultetida ma'ruzalar tinglab, ilmiy saviyasini oshirib boradi. g'arbiy Sibir general-gubernatorligida xizmat kilgan Chukon Valixonov, Xitoy va Markaziy Osiyoga uyushtirilgan ilmiy-tekshirish ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1858-1859 yillarda Koshgarga sayohat qiladi, 1855 yili Omskidan Semipalatinskiyga, shuningdek Ayakuz, Kopal orqali kirgiz Olatoglarigacha bo'lgan yerlar bilan tanishadi. Kaytishida, Jongor orqali Olakul, Tarbogatoyga sayohat qiladi. Sung Markaziy Kozogiston - Korgorali, Boyanovul, Kukcxatov orqali yurib, kuzda Omskiga qaytadi. Mana shu safarlarida u kozok, kirgiz og'zaki ijod durdonalarini yozib olib, tarixiy va etnografik materiallar tuplay boshlaydi va ilmiy izlanishlar olib borishga kirishadi. Cho'qon Valixonov - qozoq xalqining buyuk olimi. Chukon Valixonov 1860-1861 yillari Sankt-Peterburgda yashagan paytlarida rus demokratlari, olimlari bilan yaqindan aloqa boglab, Fanlar akademiyasi va Rus jugrofiya jamiyati ishlarida faol katnashadi. Osiyo xaritasini tuzishda yaqindan yordam beradi. U tarix, jugrofiya, siyosiy iqtisod, etnografiya, arxeologiya, folklorshunoslpk sohalarida ilmiy asarlar yaratadi. Bu urinda unng «Jungariya tarixi», «Kulja safari kundaligi», «Kashgar safari kundaligidan», «Kirgizlar», «Xon Abiloy», «Xitoy imperiyasining g'arbiy o'lkasi va Gulja shaxri», «Kukitoy xonning oshi», «Dala musulmonligi», «Kozoklar haqida yozmalar», «Sud reformasi haqida», «Kozok shajarasi» kabi asarlari Markaziy Osiyo, sharqiy Turkiston, g'arbiy Xitoy, kozok, kirgiz, uygur kabi xalqlarning etnografiyasi, turmushi, madaniyatini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu asarlar fakat dalil-ashyolari bilan emas, chuqur umumlashtirilgan ilmiy ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
24.71 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
24.71 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: zip, doc