Erkin A'zamning romannavislik mahorati

Erkin A'zamning romannavislik mahorati

O'quvchilarga / Adabiyot
Erkin A'zamning romannavislik mahorati - rasmi

Material tavsifi

Erkin Azamning romannavislik mahorati mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi RYeJA: KIRISh I BOB. ERKIN A'ZAMNING ShOVQINROMANIDA BOSh QAHRAMON MASALASI 1.1. Qahramon talqinida ifoda uslubi 1.2. Syujet va qahramonlar tavsifi II BOB. OBRAZLAR TALQINI VA BADIIY MAHORAT 2.1. Romanda epizodik obrazlar 2.2. Roman badiiyati XULOSA Kirish Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi o'zbek adabiyoti, xususan, nasri tobora rivojlanib, shakllanib, o'z shakli va mazmuniga ega bo'lib bormoqda. Bunga bu davrda yaratilgan ko'p sonli romanlar va ular orasida saviya jihatidan baquvvat asarlar ham mavjudligini asos sifatida keltirish mumkin. Romanlarning milliy adabiyotimiz shakllanishidagi o'rnini hisobga olib, uni ham badiiy adabiyot namunasi yoki milliy adabiyot qadriyat sifatida o'rganish maqsadga muvofiq ekanligini takidlab o'tish joiz. Mafkuraviy yakkahokimlikdan qutilgan o'zbek adabiyotida erkin ijod qilish, erkin fikr asosida mavjud jarayonga munosabat bildirish kuchayib bormoqda. Shuningdek, o'tayotgan davrda mafkuraviy yetuklikka erishish uchun ham yoshlar ongida millat qahramonlariga etirof va hurmat tuyg'ularini shakllantirish bugungi kun badiiy adabiyotining muhim vazifalaridan bo'lib qolmoqda. Romannavislikdagi yangilanish va o'zgarishlar jarayonini o'rganish, ularning saviyasini belgilash, kitobxonlarni yaratilayotgan badiiy mukammal asarlardan xabardor qilish bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridandir. Shunday romanlar istedodli adib Erkin Azam ijodida mavjud bo'lib, uni bugungi tezkor axborot asrida mavjudligini bildirish, obrazlar olami bilan tanishish va badiiyatini o'rganish ham dolzarb ilmiy muammo hisoblanadi. Bu masala bizning bitiruv malakaviy ishimiz mavzusi dolzarbligini asoslaydi. BMIning maqsadi va vazifalari. Ushbu BMIning asosiy maqsadi hozirgi o'zbek romannavisligi taraqqiyotiga qisman nazar tashlash va uning o'ziga xos jihatlari, qahramonlar talqinini va poetikasini Erkin Azam romani misolida ko'rib chiqish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish mo'ljallangan: Erkin Azamning Shovqin romanini tahlil qilish orqali qahramon yaratishdagi individuallik masalasiga ahamiyat qaratish; Bosh qahramon tavsifida yozuvchi mhorati msalasini aniqlash; Asar komponentlarining qo'llanilishi va yozuvchi g'oyaviy maqsadini tadqiq etish; Bosh qahramonning xarakterli jihatlari talqinida yozuvchi mahoratini asoslovchi badiiy unsurlarni aniqlashtirish kabilardan iborat. Bunda kompozitsiya va syujet unsurlarining qo'llanilishi, badiiy detal masalasi ham nazarda tutiladi. Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Mazkur bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi shundaki, bu ishda Erkin Azamning adabiyotshunoslar tomonidan to'laqonli baholanmagan romannavislik mahorati atroflicha tahlilga tortilgan. Romanidagi obrazlar talqini ham o'ziga xos yangilik. Chunki bu muammo yuzasidan ham yirik monografik shakldagi tadqiqotlarni uchratmadik. BMIda yozuvchi mahorati masalasi ham asosiy muammo sifatida qo'yilgan va bunda romanining badiiy jihatini o'rganish ham nazarda tutilgan. BMIdan erishiladigan natija asosan romanning obrazlar talqini masalasining to'laqonli ravishda o'rganilishi va badiiy mahorat ifodasi talqiniga etibor qaratilganida. Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur ish shu kungacha Erkin Azam ijodida yozuvchi mahoratini o'rganishdagi boshqa tadqiqotlardan romanida obrazlar talqini yaxlit holda tahlil etilgani bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 102.6 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 102.6 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga