Farhod va Shirin, Layli va Majnun - an'ana va yangilik dostonlarning xususiyatlari

Farhod va Shirin, Layli va Majnun - an'ana va yangilik dostonlarning xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Farhod va Shirin, Layli va Majnun - an'ana va yangilik dostonlarning xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

«Farhod va Shirin» «Layli va Majnun» an'ana va yangilik dostonlarning xususiyatlari Reja: «Xamsa» dagi sujetli dostonlarning birinchisi - «Farhod va Shirin» Farhod, Shirin, Xusrav haqida doston yozish tarixi Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» ning an'anaga munosabati: yangicha qurilma, obrazlarning yangicha talqini; sujeti, asosiy mazmun, g'oya va obrazlari; Farhod va Shirin obrazlarining talqini; Xusrav, Sheruya timsollari. Xulosalar. «Layli va Majnun» mavzusida yozilgan asarlar: Nizomiy «Layli va Majnun», Xusrav Dehlaviy «Majnun va Layli», Abdurahmon Jomiy «Layli va Majnun», Suhayliy «Layli va Majnun». Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonining yozilish tarixi, mazmuni, g'oya va obrazlari. Layli va Majnun obrazlarining talqini Navfal va uning qizi qissasining dostonda tutgan mavqei. Umumiy xulosa. Alisher Navoiy «Xamsa»si , ko'rib o'tilganidek, ikki xil qurilmaga asoslangan dostonlardan iborat. Agar «Hayrat ul -abror» fikriy-nazariy maqolotlar va kichik hikoyalardan tarkib topgan bo'lsa, «Xamsa»ning boshqa to'rtta dostonlari sujetli, yani malum qahramonlarning turli xildagi faoliyatlarining badiiy tasviridan iboratdir. Ana shunday sujetli dostonlarning birinchisi «Farhod va Shirin»dir. Shuni eslatish lozimki, Farhod, Shirin va Xusrav haqidagi qissa, rivoyat va dostonlarning yaratilish tarixi ancha qadimiydir. Ko'pgina sharqshunoslarning tadqiqotlarida qayd qilinganidek, bu qissa aslida tarixiy shaxs bo'lmish Xusrav Parvez bilan bog'lidir. Xusrav Parvez binni Hurmuz sosoniylar sulolasiga mansub shohlardan bo'lib, u 590-628 yillar orasida hukmronlik qilgan. Uning shaxsiy va davlat arbobi sifatidagi fazilatlari zamondoshlari bo'lmish misrlik Simokatta va arman tarixchisi Sebeosdan boshlanib, XV asr tarixchilaridan Mirxond va Xondamirning asarlarida, jumladan Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam»ida ham bayon etilgan. (MAT, 20 tomlik, 16 tom, 215-218-betlar). Tarixiy asarlar, yodnomalarda Xusrav va Shirin muhabbati, hatto Shirin Xusravning jufti haloli ekanligi haqidagi ma'lumotlar bor. Ammo X asrgacha bo'lgan davrdagi manbalarda Farhod eslanmaydi. Faqat X asr tarixchisi Abu Ali Muhammad al-Balamiyning «Tarixi Tabariy»ni fors tiliga o'girgan nusxasida Xusrav va Shirin tarixi bayonida Farhodning tilga olingani kuzatiladi.1 Keyinchalik esa u badiiy tarzda bitilgan dostonlarning asosiy qahramonlaridan biri bo'lib qoladi. Shunday qilib, mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, yani tarixiy shaxslar hayotidagi voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. Natijada bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o'zining ijodiy maromi, dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida bunday asarlarda tarixiylikdan ko'ra badiiy yaratuvchilik me'yori yetakchilik qilib, undagi obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo'nalish va maqsadlarda amalga oshiriladi. Shundan-da, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tavsvirlari, har xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sida Xusrav va Shirin tarixiy nuqtayi nazardan tasvirlanib, unda Shirinni sevuvchi Farhod ko'rinmaydi. Balki unda tilga olingan Farhod Xusrav ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 72.67 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 72.67 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga