Ferit O'rxon Pamuq (7.VII.1952 ) Zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha milliy va xalqaro mukofotlar, shu jumladan, 2006 yili Nobel mukofoti laureatiga sazovor bo'lgan yozuvchidir. Uning asarlari dunyoning qirqdan ortiq tillariga tarjima qilingan. Adib 1952 yil 7 iyulda Istanbuldagi badavlat oilalardan biridan tug'ilgan. Uning otasi oliy ma'lumotli injener edi. Shuning uchun o'g'lini dastlab AQSHning Istanbuldagi Robert kollejiga o'qishga berdi. Keyinchalik esa Istanbul texnika universitetida o'qitdi. Chunki Feritning ota-onasi o'g'lini o'sha davr uchun eng yaxshi va daromadli kasblardan biri bo'lgan quruvchi-injener bo'lishini xohlashardi. Ammo, Feritning maqsadi boshqa edi. Uni professional yozuvchilik orzusi o'ziga rom etgandi. Shuning uchun uchinchi kursda Ferit o'qishni tashladi. Yozuvchilik kasbini egallash maqsadida Istanbul universitetining jurnalistika institutiga o'qishga kirdi va uni 1977 yili tamomladi. 1985-1988 yillari Nyu-Yorkdagi Kolubiya universitetida ishladi. So'ng Turkiyaga qaytdi. 1981 yil uylangan, 2001 yildan beri so'qqabosh. Bir nafar qizi bor. 2007 yilgacha Istanbulda yashagan. Keyinchalik turk hukumati bilan arman qirg'ini va kurdlar siyosati masalasida muxolifatga borgani uchun mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'lgan. 2006 yil 12 oktyabrda Ferit O'rxon Pamuqqa ona shahrining dilgir ko'nglini olishga urinish natijasida madaniyatlarning yangi to'qnashuvi va aralashuvining o'ziga xos ramzni topganligi uchun Nobel mukofoti berildi. Yuqoridagi ta'rifdan ko'rinib turibdiki, uning asarlaridagi bosh mavzuni Sharq va G'arb, islom va xristianlik, an'ana va zamoniylik qarama-qarshiligi g'amda konfilikti tashkil etadi. Masalan, 2002 yil elon qilingan Qor nomli romanida hozirgi Turkiyani g'arblashtirish va islomlashtirish maqsadidagi konflikt bosh mavzu bo'lgan. Bu ikki harakat kurashi oqibatida qiynalayotgan turk millatining hayoti tasvirlangan. Bahsli masalalar bo'yicha yozuvchining qatiy fikri borligi uni vatandoshlari o'rtasida o'ta murakkab shaxsga aylantirdi. Bazilar uning fuqarolik pozitsiyasidan faxrlanishadi, bazilar esa uni vatan xoini sifatida bilishadi. 2005 yil fevral oyida Shveytsariyaning bir nashriga bergan intervyusidagi Turkiyada 1915 yillarda million arman va uch yuz ming kurdlar o'ldirilgan. Bu haqdi hech kim gapirmaydi. Men gapirganim uchun meni yomon ko'rishadi degan gaplari uchun turk hukumati uni sudga berdi. Sud jarayoni 15 dekabrda boshlanishi kerak edi. Ayblov chet ellarda uning himoyasi uchun kurash kompaniyasi boshlanishiga olib keldi. Birinchi o'rinda Turkiyada so'z erkinligi bormi, yo'qmi degan masala YevropaIttifoqini o'ylantirib qo'ydi. Chunki, aynan shu yili Turkiya YevropaIttifoqiga azo bo'lib kirishga nomzod edi. 2005 yil 1 dekabrda xalqaro aministiya tashkiloti Turkiya jinoyat kodeksidagi turk millati va Turkiyani haqoratlaganlarni uch yilgacha qamashni nazarda tutuvchi 301 moddani bekor qilishni talab qildi. 13 dekabrda mashhur yozuvchilar Joze Samarago, Gabriel Garsia Markes, Gyunter Grass, Umberto Eko, Karlos Fuentes, Xuan Goytisolo, Jon Apdayk, Mario Vargas Loslar Pamuqni qo'llab turk hukumatiga murojaat qilishdi. Sud 2006 yilning 6 ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
27.14 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
27.14 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: zip, doc