Fitrat - istiqlol fidoyisi adib

Fitrat - istiqlol fidoyisi adib

O'quvchilarga / Adabiyot
Fitrat - istiqlol fidoyisi adib - rasmi

Material tavsifi

Fitrat - istiqlol fidoiysi adib Reja: Munozara asarida ma'rifat, ilm-fan, istibdod masalalari. Hind sayyohi bayonoti asarida tub islohot va milliy uyg'onish muammolari. Fitratning jurnalistik faoliyati va publitsistikasi. Har qanday fan ko'p jabhali va qatlamlidir. Bunga adabiyotshunoslik fani ham kiradi. Uning o'rganish manbaiga adabiy jarayon va alohida mashhur qalam ahli ijodi ham kiradi. Badiiy adabiyotda shunday so'z san'atkorlari borki, ularning ijodini o'rganish alohida fan qamroviga ega bo'ladi. Navoiy ijodi navoiyshunoslik, Qodiriy ijodi qodiriyshunoslik kabi. Jumladan, Fitrat adabiy merosi fitratshunoslik fanining paydo bo'lishiga asos bo'ldi. Fitratshunoslik hudud jihatidan ham keng qamrovli fandir. O'zbekiston, Markaziy Osiyo va xorijda fitratshunoslik keng jabhada o'sdi hamda samarali natijalarga erishdi. Fan olamida ayrim masalalar hukmron mafkuraning tazyiq va talabi bilan ikki xil qarashda o'rganishga bois bo'ldi. Bunda davrning mafkurasi mazkur fanni ajrim yoki boshqacha aytganda, kechagi qarash va bugungi qarashga bo'lib o'rganishni taqozo qiladi. Xuddi shuningdek, totalitar siyosat mafkurasi tufayli kechagi Fitrat va bugungi Fitrat tushunchalari paydo bo'ldi. Amerika dunyosida Edvord Olvort, turk olamida Fuod Ko'prulzoda, slavyan filologiyasida Yevgeniy Bertels kabi buyuk olimlar fitratshunoslikning ilk tamal toshini qo'yganlar. O'zbek adabiyoti ilmida Laziz Azizzoda, Hamidulla Boltaboev, Ilhom G'aniev, Anqaboy Quljonovlar tizimli va salmoqli ish olib bordilar. To'g'ri, sho'ro davrida fitratshunoslik anchagacha tanaffus qildi, ammo fitratshunoslik xorijda uzluksiz davom etadi. Shu asnoda Fitrat ijodi va fitratshunoslikni quyidagi bosqichlarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq bo'lar edi: a) ijodini ikki davrga, yani 1900-1917 yillar va 1917-1937 yillarga; fitratshunoslikni esa uch davrga: XX asrning boshidan 1937 yilgacha, 1956 yildan 1990 yilgacha va nihoyat mustaqillik davriga tasniflab, tadqiqu talqin qilish maqulu maqbuldir. Fitratshunoslikning cho'qqi bosqichi mustaqillik davri bo'ldi. Chunki Yurtboshimiz mustaqillik uchun tamal tosh qo'yganlarning xizmatini, tarixdagi mavqei va o'rnini munosib baholab, ularning pok ruhlariga Shahidlar maydonini tashkil etdi. Ayniqsa, Fitrat tavalludining 120 yilligi (2006) uning ijodini o'rganish borasida etarlicha ilmiy xirmon ko'tarishga imkon berdi. Shu-shu, Fitrat istiqlol fidoiysi, mustaqilligimizning kashshoflaridan biri, buyuk adib sifatida baholandi. U bunga sazovor qalam ahli va boshini mustaqillik uchun tikkan milliy ozodlik kurashchisi edi: Mana, men butun borlig'im bilan senga ko'mak qilurga hozirman. Men chin ko'ngul bilan sening yo'lingda o'lurga rozi. Ustiga ilonlar emas, shaytonlar qo'shini kelsa, oyog'iga zanjirlar emas, jahannam ilonlari sorilsa, yana sen sari choparman, men sening uchun tirildim, sening uchun o'lurman. Bu so'zi bilan Fitrat o'z jonu jahonidan istiqlolni afzal va alo ko'rdi. Uning bu so'zi mahovat va maqtanish uchun aytilgan emasligi uning ijodiy hamda ijtimoiy hayotidan malum. Fitrat tarjimai holining o'zi uning fidoiy insonligidan, ilm va tahsilga chanqoq kishiligidan dalolat beradi. U o'ziga to'q ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.48 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.48 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga