Fitratning hayoti va ijodi (1886-1939)

Fitratning hayoti va ijodi (1886-1939)

O'quvchilarga / Adabiyot
Fitratning hayoti va ijodi (1886-1939) - rasmi

Material tavsifi

Fitratning hayoti va ijodi (1886-1939) Reja: 1. Fitrat va jadidchilik harakati. 2. Fitratning ijtimoiy-siyosiy faoliyati. 3. Fitratning adabiy-badiiy merosi. Sayha kitobidagi sherlarining xususiyatlari, O'sh o'zbek shoirlari kollektiv to'plamga kirgan sherlar. 4. Fitrat - nasrnavis. Munozara, O'ind sayyohi, Qiyomat va boshqa hikoya va kissalari. 5. Fitrat - dramaturg. Chin sevish, O'ind ixtilochilari asarlaining romantik xususiyati. Arslon asarining 20-yillar o'zbek dramaturgiyasidagi o'rni. Abulfayzxon tarixiy dramasi Fitrat adabiy-badiiy ijodini cho'kkisi. Fitrat hayoti va ijodining o'rganilishi. Shoir va olim, nosir va dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida salmokli o'rin egallaydi. O'zbek adabiyoti tarixini, ayniqsa 20-yillar adabiyoti tarixini Fitratsiz tasavvur qilish qiyin. Fitrat hayoti va ijodining adabiyotimiz tarixida tutgan o'rni va o'rganilishi masalasi. Fitrat eski usuldagi maktabda, so'ng Buxoro, Istambul madrasalarida, dorilfununlarida tahsil ko'rib, arab, fors, turk tillarini mukammal o'rganadi. Adibning otasi savdo ishlari bilan band bo'lib, asosan, onasi Bibijon tarbiyasida A.Navoiy, Fuzuliy, Badil, Umar Xayyom, Zebuniso, Uvaysiy asarlariga havas ko'yadi. Uning takdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyat kasb etadi. U Turkiyada tashkil etilgan Buxoro ta'lim maorifi uyushmasida faollik ko'rsatadi. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat qiladi. Uning ilk to'plami 1912 yilda Sayha (Faryod) nomi bilan chop etiladi. Sayyohi O'indi, Munozara kabi asarlari ham shu yillarda nashr etiladi. Uning 1913 yilda yaratgan Munozara asarida o'z xalqini zulm botkogidan kukarib najot yo'lini izlaganligi seziladi. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'kiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o'qituvchilarni hayratga soladi. Unga Fitrat, yani donishmand taxallusini beradilar. Turkiyada tahsil olgan yillardan boshlab vatan va xalq taqdiri uchun kuyunish Fitratning butun faoliyati asosini tashkil etadi. 1917 yilga qadar uning qarashlarida, asosan, ma'rifatparvarlik g'oyalari yetakchilik kilgan. Uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga kelsak, Fitrat O'sh buxoroliklar harakatining so'l, radikal kanotiga boshchilik kilgan. 1919-1921 yillarda Chigatoy gurungining rahbari bo'lgan. Moskva sharqshunoslik institutida, O'zbekiston Davlat ilmiy tadqiqot institutida, Samarkand pedakademiyasida, Buxoro va Toshkentdagi o'qituvchilar institutlarida, Fan komiteti koshidagi til va adabiyot institutida ishlagan. Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir kancha asarlar yaratadi. Jumladan, Adabiyot qonunlari, Eski o'zbek adabiyoti namunalari, Aruz haqida kabi ilmiy kuzatishlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil, Ahmad Yassaviy, Mashrab, Turdi, Muqimiy, Furqathaqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat etishi shubhasizdir. Fitrat oktyabr to'ntarishini xursandchilik bilan kutib oladi. Birok fevral inkilobi va oktyabr to'ntarishi natijasida tug'ilgan umid uchkunlari o'zini oklamadi. Ammo, baribir vatanni - Turkistonni milliy mustaqil ko'rmok, xalqimiz jahondagi taraqqiy etgan xalqlar katorida bo'lishini xohlamok uning asosiy orzu armonlari edi. Shuning uchun ham u butun faoliyatini shu niyatlar bilan bogladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 44.34 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 44.34 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga