Furqatning o'zbek milliy uyg'onish davri adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni

Furqatning o'zbek milliy uyg'onish davri adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni

O'quvchilarga / Adabiyot
Furqatning o'zbek milliy uyg'onish davri adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Furqatning o'zbek milliy uyg'onish davri adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni Reja: O'zbek milliy uyg'onish adabiyotida Zokirjon Furqat Zokirjon Furqat asarlarida O'zbek milliy uyg'onish adabiyotini Zokirjon Furqat ijodiy merosidan ayri tasavvur etish mahol. Binobarin, XIX asr ikkinchi yarmida milliy o'zlikni anglash, istibdodga isyon, erk va ozodlik g'oyalari dastlab uning asarlarida bo'y ko'rsatdi. Shoir yurtning kuffor bandi ichra sonsiz tugunda qolganidan, oxiru-l-amr hukumat gulshani xazon bo'lib, bulbullar o'rnini zog'lar egallagan idan iztirob chekdi, buning boisi siyosati Rus ekanini baralla aytishga jasorat topdi. Vatan va millat boshiga kelgan bu og'ir musibatga muolaja izladi. Hamani emdi ko'z tutgoni bir Sohibqiron bo'ldi, deya umid va najotni istibdod girdobidan olib chiqishga qodir yo'lboshchining tarix sahnasiga chiqishida ko'rdi. Millatning boshiga davlat humosi qaytajagiga ishondi. Faqat bugina emas. Shoir o'zi mansub xalqning zamona ahvolidan ogoh bo'lmog'ini, jaholat uyqusidan uyg'onmog'ini, ma'rifatdan bahra olmog'ini orzuladi. Rusiya gimnaziyasi haqida sher yozar ekan, millat bolalarining shu singari zamonaviy ta'lim maskanlarida o'qishini istadi. Vistavkani, teatrni vasf etar ekan, shunday madaniy hodisalarsiz taraqqiy etish imkonsiz ekanini angladi va anglatmoqqa urindi. Rusiyaning o'sha davrdagi fan-texnika sohasidagi yutuqlarini targ'ib etar ekan, ularga o'z nafimiz uchun mulohaza qilsoq lozim ligiga urg'u berdi. Aniqroq aytganda, har bir ishda Vatan va millat manfaatini ustuvor bildi. Furqat milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining ko'p va xo'b ijod qilgani bilan alohida ajralib turuvchi siymolaridan. Mumtoz sheriyatning deyarli barcha janrlariga mansub qariyb o'n ikki ming misralik nazmiy merosi, Ahvolot, Qavoidi Chin va umuroti siyosiy singari salmoqli nasriy, To'y xususida,Aza xususida, Gap xususida kabi etnografik, aruzga oid Ilmi sherning qoidai avzonini bayoni asarlari, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi publitsistik maqolalari buning dalilidir. Bundan tashqari, O'zbekiston Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan dastxatlari Furqatning mog'ir xattot bo'lganini ko'rsatsa, Zubdatu-l-hukamo (Hakimlarning sarasi) deya shuhrat qozongani uning faoliyati nechog'lik serqirra ekanini, tabobatda ham kamolga erishganini tasdiqlaydi. Shoirning xorijga ketish va yurtga qayta olmaslik sabablari shu paytgacha turlicha talqin etilgan. Bu haqda hech qanday asossiz, hujjat-dalilsiz har xil taxminu gumonlar ham bildirilgan. Arxiv hujjatlari va mavjud manbalar tadqiqi Furqatning chet ellarga ketishining ikki sababi bo'lganini ko'rsatadi: 1) shoirning chor Rossiyasi mustamlaka siyosatini ochiqdan-ochiq qoralab asarlar yozgani; 2) Furqat ma'rifatparvarlik faoliyatining Vatan va millat manfaatlariga asoslangani. Rusiya mustabid siyosati Turkiston xalqlari hayotining barcha siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy jabhalarini birday iskanjaga olgani malum. Tabiiyki, millatparvar ziyolilar, jumladan Furqat ham bunga befarq qaragan emas. G'afur G'ulom nomidagi Qo'qon Adabiyot muzeyi fondida 7050-raqami bilan saqlanayotgan Sharhi risolatu-sh-shamsiya va ayyana fiyhi-l-mantiqiya asari qo'lyozmasining hoshiyasiga bitilgan Munojoti musaddas asari buning yorqin dalilidir. 108 misradan iborat mazkur musaddasning joriy imlodagi to'liq matni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.64 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.64 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga