G. G. Markes ijodi va magik realizm

G. G. Markes ijodi va magik realizm

O'quvchilarga / Adabiyot
G. G. Markes ijodi va magik realizm - rasmi

Material tavsifi

G.G.Markes ijodi va magik realizm Reja: Gabriel Garsia Markesning hayot yo'li. Gabriel Garsia Markes - Lotin Amerikasi adabiyotining yirik vakili. Gabriel Garsia Markesning adabiy merosi. Gabriel Garsia Markesning magik romanlariga xos xususiyatlar. Gabriel Garsia Markes -XX asrning so'nggi choragida jahon adabiyoti taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan yozuvchilardan biri. Uning «Yolg'izlikning yuz yili» asari jahonga mashhurdir. Gabriel Garsia Markes (1927) Karib dengizining so'lim qirg'og'ida, Kolumbiyaning shimoli-g'arbida joylashgan Arakataka shaharchasida dunyoga kelgan. Keyinchalik Markesning mashhur asarlarida tasvirlangan qariyb barcha voqealar ana shu shaharchada sodir bo'lgan va bo'lajak yozuvchining bolalik xotiralarida bir umrga nAQSHlangan edi. Lotin Amerikasi adabiyotining yirik vakili, sehrli realizm adabiy oqimining asoschilaridan biri, kolumbiyalik mashhur adib Gabriel Garsia Markes nomi tilga olinganda, zamonaviy kitobxon tasavvurida, avvalo, uning qiyofasi va ijodi gavdalanadi. Ish topish ilinjida katta shaharga yo'l olgan ota-onasi, endigina tug'ilgan Gabrielni bobosi - istefoga chiqqan polkovnik va mehribon buvisi tarbiyasiga qoldirib ketishadi. Bolaligidan erkin o'sgan, atrofdagi olamga ko'zini katta ochib qaragan Gabriel, o'tmish va hozirgi kun haqida tasavvurga yo'g'rilgan sehrli xayollarga cho'mgan bobosi, uyning muhitiga, shoirona qilib aytganda, xuddi donishmand mo'ysafiddek mudrab qolgan eski uyida eshitgan ertak va cho'pchaklar, afsona va qiziqarli hikoyalar olamiga butunlay sho'ng'ib ketgan edi. Tabiiyki, bu muhit yozuvchining ijodiga ta'sir etmasdan qolmadi. Gabriel, ayniqsa, buvisi bilan juda inoq edi. Nevarasini jonu dilidan yaxshi ko'rgan buvisi kichkina Gabrielga juda ko'p qadim afsona va rivoyatlarni so'zlab berardi. Ular esa, o'z o'rnida, bolaning xotirasida muhrlanib, bo'lajak yozuvchining ko'pgina asarlari negizini tashkil etdi. Telegrafda ishlagan kaltabin otasi, uy-ro'zg'or tashvishidan boshini ko'tarolmagan mushtipar onasi bir vaqtning o'zida o'n olti farzandni tarbiyalash bilan ovora edi. 1936 yil kichkintoy Gabrielni Arakatakadan olib ketishgan ota-ona unga jo'yali tarbiya va ta'lim berolmadilar. Dastlab, uni Barrankilya shahridagi San-Xose internatiga topshiradilar, bu yerda u yolg'izlikning nematlarini ko'zyoshlari bilan tatib ko'rdi. So'ngra, uni Sipakira shahridagi kollejga o'qishga berishadi. U yerda Gabriel sheriyatga qiziqib qoladi va kollejda chiqadigan gazetada faol qatnashadi. Baxtli tasodif tufayli do'stining onasi shahar kutubxonasida ishlardi va Gabrielni mutolaa uchun kutubxonaga bepul kiritardi. Makondo obrazi, aynan, kutubxonaning jimjit va chang bosgan muhitida tug'ilgan bo'lsa, ajab emas. 1947 yil yosh Gabriel Kolumbiya poytaxti, osmono'par tog'lar orasida joylashgan, rutubatli ob-havo qoplagan Santa Fe de Bogotaning ko'rkiga ko'rk soluvchi, kolonial uslubda qurilgan va inqilobiy g'oyalar o'chog'i deb atalgan Milliy universitetning huquqshunoslik fakultetiga o'qishga kiradi. Hayot haqida so'zlab berish uchun yashash nomli oxirgi hujjatli romanida Garsia Markes Bogota haqida shunday yozadi: Bogota o'sha paytlari zulmat bosgan, odam qadami etmas benomnishon shahar edi. Shaharga XVI asrda konkistadorlar zulmidan qochgan hindular asos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 155.24 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 155.24 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga